Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/200
tarix26.02.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#101538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
Marketing

K IR IS H
Fanni o'rganishning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining ravnaq 
topishida, erkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta'minlashda 
marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Marketing — bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlami 
faollashtirish uslublarini, tovarlami ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish 
muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini bozorda vujudga 
keladigan o'zgarishlarga tezda moslashish, iste'molchilarga tabaqali 
yondoshish, raqobatdosh yangi tovarlami vujudga keltirish va ulami ishlab 
chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o'rganish va bashorat qilish hamda 
ta'sirchan rekiamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o'z oldiga maqsad 
qilib qo'ygan. Marketing fani xo'jalik yurituvchi subyektlami bozorda iqtisodiy 
maqsadlarga erishish quroli (ya’ni foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) 
sifatida qarashga alohida e'tibor beradi. Ushbu fan raqobatni, iste'molchi 
xulq-atvorini, tovami sifati, uning raqobatbardoshligi, ragЪatlantirishni, 
rekiamani va bozomi chuqur o’rganadi.
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur 
yo'nalishi, balki ayrim firma, kompaniya va butun iqtisodiyot bo’yicha 
amaliyot faoliyati hamdir.
Amerika va boshqa barcha xorijiy davlatlar adabiyotlarida keltirilgan 
marketing ta’rifida, uning konsepsiyasi bosh tamoyili — iste'molchiga, 
ya’ni "ayrim shaxslar va tashkilotlar ehtiyojini qondirishga” qaratilgandir.
Qisqacha aytganda, marketingning ijtimoiy asosini insonlar ehtiyojini 
qondirishdan iborat desa bo’ladi.
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo'yicha tayyorlanayotgan 
mutaxassisliklar uchun marketing kursi, bozor faoliyatini metodologik 
asoslarini, korxonalaming bozordagi harakati va holatini, faol assortiment 
siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste'molchilami o'rganish, tomonlar 
bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini o'rganadigan fandir.
Marketing fani keng qirradagi oliy ma'lumotli iqtisodchilarni 
shakllantiradigan asosiy mutaxassislik fanlardan biri hisoblanadi. 
Marketingning bosh vazifasi talabalaiga marketingni asosiy uslublarini hamda 
tamoyillarini o’rgatishdan iboratdir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida so’nggi


yillarda iqtisodiy islohotlaming eng muhim ustuvor masalasi etib bozor 
islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishdan iborat 
deb belgilangan1.
Fan bo'yicha o’quv adabiyotlaming qiyosiy tahlili. Marketing fanidan 
G.L.Bagiyev, F.Kotler, L.A.Danchenok, E.P.Golubkovlar tomonidan 
darsliklar, o’quv qo'llanmalar, o’quv-uslubiy qo'llanmalar yaratilgan. Ularda 
marketing elementlarini to'liq jarayonlari, tovar, narx, sotish, 
kommunikatsiya siyosatlari keng yoritib berilgan. Mamlakatimizda JJalolov, 
A.Soliyev, P.Nosirov, Sh.Abdullayeva, G.Axunova, A.Sh.Bekmuradov, 
M.Qosimova, M.YusupovIar tomonidan marketing faniga taalluqli o'quv 
qo'llanma va darsliklar chop etilgan.
A.P.Pankruxin tomonidan tayyorlangan "Marketing" nomli darslikda 
uning qanday paydo bo'lishi, uning asosiy rivojlanish bosqichlari, marketing 
evolyutsiyasi, marketing bo’yicha axborot, iste'molchilar xulq-atvori, 
strategik marketing, marketingni tashkil etish, rejalashtirish, byudjeti, tovar, 
narx, sotish, kommunikatsiya siyosatlari, tovar harakati va savdo, internet
- marketing, ishlab chiqarish tovarlari uchun marketing, intelliktual kapital 
marketingi, hududlar marketingi masalalari atroflicha yoritib berilgan. 
Bundan tashqari, darslikda bugungi kunda marketing faoliyati bilan bog'liq 
bo'lgan masalalar berilgan.
G.L.Bagiyev, V.M.Tarasevich, X.Annlar tomonidan tayyorlangan 
"Marketing” darsligida uni tashkil etishni nazariy va uslubiy asoslari biznes 
falsafasi va tadbirkorlik quroli sifatida bayon qilingan. Unda marketing 
tadqiqotlari va benchmarketing, marketingda o'zaro ta'sin integratsiya va 
kooperatsiya, tovar, narx siyosatlari, taqsimlash va logistika tizimida 
marketing qarorlarini qabul qilish asoslari, kommunikativ siyosatlar, 
shuningdek xalqaro marketingni tashkil etish asoslari yoritilgan. Bundan 
tashqari darslikda izohli lug'atlar ham berilgan.
Danchenok L.A. tomonidan 2004 yilda tayyorlangan "Marketing" nomli 
o’quv - uslubiy qo'llanmada marketing tushunchasi va uni tashkil etish, 
firmaning marketing muhiti, talab marketing ob’yekti sifatida ekanligi
strategik marketing, tovar, narx, taqsimot marketingi, marketing 
kommunikatsiyasi, marketing tadqiqotlari kabi masalalar ko'rsatilgan. O'quv 
uslubiy qo'llanmada har bir bob bo'yicha masalalar, testlar, atamalar izohi 
berilgan.
Mualliflar tomonidan tayyorlangan darslik O'zbekiston Respublikasining

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə