Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov


 Багиев ГЛ., Тарасевич B.M., Анн X. Маркетинг. Учебник. - М.: «Экономика»



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/200
tarix26.02.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#101538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
Marketing

Багиев ГЛ., Тарасевич B.M., Анн X. Маркетинг. Учебник. - М.: «Экономика»,
2001.


usul va shakllaii paydo bo’lishi natijasida yuz bermoqda.
Tovarning “hayotiy davri” misli ko’rilmagan darajada qisqaradi. 
Hozirgi davrda yetakchi yapon elektron firmalari bozorga o’rtacha har uch 
oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini chiqarmoqda. Mahsulotlar 
assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko’piab ishlab 
chiqarish kamaydi, ya’ni to’p-to’p qilib uyib tashlash tajribasidan voz 
kechilmoqda. Tovar sifatiga ega bo’lgan tovarlar mazmuni o’zgardi. Endi 
yaxshi mahsulot ishlab chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga bardosh 
berish uchun sotuvdan keyingi, firma ko’rsatadigan qo’shimcha xizmatlar 
sifati darajasini tubdan yaxshilash zarur.
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo’llarini o’ylabgina qolmay, 
ayni paytda tovarlami sotish va o’tkazish, daromadlami muttasil ko’paytirish 
sohalariga ko’proq e’tibor berishga majburdirlar. Mahsulot sotishga yangi 
bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot o’ziga jalb etadigan yangi 
xaridorlarniq qidirish lozim. Bu ishlami hozirgi zamon marketingiga 
tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning raqobatga bardosh berishi 
hamda rivojlanishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, konyunktura-tijorat, ijtimoiy 
va boshqa axborotlami o’z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan 
foydalanish natijasida ta’minlanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda to’plangan tajribalar ishlab chiqarishning 
bozor iqtisodiyoti belgilab berilgan vazifalarini yechishda marketing 
yondashuvlaridan foydalanishning samaradorligi yuqori ekanligini isbotlab 
berdi. Shunday bo’lsada, “ayni paytda bozomi o’rganish — marketing 
bo’yicha, xaridorgir tovarlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, zamonaviy 
menejmentni joriy qilish, xaridorlami rag’batlantirish, ya’ni ulaming ish 
haqini oshirish borasida hech qanday harakat yoki intilishni o’zi yo’q
”,1

deb Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tgan edi. Biroq, amaliyot 
O’zbekiston milliy iqtisodiyotida, marketingni xorijiy davlatlar tajribasidan 
ko’r-ko’rona ko’chirish maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatmoqda. Shu 
sababli marketingning tamoyillari va qoidalarini chuqur o’rganish natijalari 
asosida mamlakatimiz iqtisodiyotining muayyan sharoitlariga mos keluvchi 
marketing tizimini yaratish talab qilinadi.

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə