Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov


Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/200
tarix26.02.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#101538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
Marketing

1.3. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi
Marketing konsepsiyasi — bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish 
sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish
1
Каримов И.A. Ислоҳотлар стратегияси — мамлакатимиз иқгисодий салоҳиятини 
юксалтиришдир.// «Халқсўзи». 2003 йил 18 феврал.


yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi yoki korxonaning yakuniy 
maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun 
foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va g’oyalari 
tizimidir.
Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma 
faoliyatining strategik tahlili asosida islilab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini 
ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlami qamrab oladi:
• ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;
• marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;
• marketing strategiyasini aniqlash;
• rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing
faoliyati elementlarini tanlash.
Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga 
bo’lgan talabni rivojlanish darajasiga bog’liqligi jihatidan evolyutsion 
taraqqiyot bosqichini kechdi.
Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing 
evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalami asosladi va tavsiya etdi
:1
• ishlab chiqarish kontseptsiyasi;
• tovar konsepsiyasi;
• sotish konsepsiyasi;
• an’anaviy marketing konsepsiyasi;
• ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi;
• o’zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi.
Bular haqida 2-jadvalda ma’lumotlar berilgan.
Ko’rsatib o’tilgan marketing konsepsiyalari har bir mamlakat uchun 
standart yoki norma sifatida ko’rilmasligi kerak. Marketing konsepsiyasi 
evolyutsiyasi har qaysi mamlakatda o ’zini xususiyatlari va bozor 
munosabatlarini rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Biroq marketingni 
paydo bo’lishi bilan bog’liq jahon tajribasi hamda bozor munosabatlarini 
rivojlanishi ayrim mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq etish va bozor 
munosabatlarini shakllantirishga marketing konsepsiyasini ishlatilishi foydali 
hisoblanadi. Bundan tashqari marketingni rivojlanishida mashhur umumiy 
tendensiya - e’tibomi tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning xohish 
va ehtiyojlariga qaratish talab etiladi.

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə