Toshkent davlat moliya universiteti



Yüklə 145,02 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü145,02 Kb.
#146691
1   2   3   4   5   6
Soliq nazoratini qilish va ularni takomillashtirish yo’nalishlari must

uchinchidan, soliqqa oid huquqiy munosabatlarning ahvoli va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, soliq siyosatining o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish, soliq solishning dolzarb muammolarini tadqiq etish, shuningdek byudjetga soliq tushumlarini ishonchli prognozlashtirish faoliyati takomillashtirishni talab qilmoqda;

to‘rtinchidan, soliq nazoratini tashkil qilish mexanizmlarining mukammal emasligi, shu jumladan soliq tekshiruvi obyektlarining zarur tahlilsiz belgilanishi soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni barvaqt profilaktika qilish samaradorligini pasaytirmoqda;

beshinchidan, soliq nizolarini sudgacha hal etish – soliq apellatsiyasi instituti imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi soliq to‘lovchilarning sud organlariga murojaatlari ko‘payishiga olib kelmoqda;

oltinchidan, soliq solish tizimining murakkabligi va bir xil soliq solish bazasiga ega soliqlarning yetarli darajada unifikatsiya qilinmaganligi, soliq qonunchiligining o‘zgaruvchanligi soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z soliq majburiyatlarini to‘liq bajarish imkonini bermayapti;

ettinchidan, soliq organlarining Davlat byudjetiga tushumlar to‘liqligini ta’minlash faoliyati ustidan tashqi nazorat mexanizmlarining mavjud emasligi soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish va soliq to‘lovchilarni hisobga olish imkonini bermayapti;

sakkizinchidan, soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lash bo‘yicha o‘z konstitutsiyaviy burchini ixtiyoriy bajarishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan, ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni takomillashtirish talab etiladi;

to‘qqizinchidan, bozorlar va savdo komplekslari faoliyati ustidan samarali soliq nazorati o‘rnatilmaganligi mahalliy byudjetlarni to‘ldirish uchun mavjud rezervlarni to‘liq safarbar qilish, shuningdek naqd pul mablag‘larining kafolatli qaytishini ta’minlamayapti;

o‘ninchidan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, korrupsiya ko‘rinishlarini profilaktika qilish, shuningdek soliq organlarida xizmat qilishga halol va yuqori malakali kadrlarni jalb etish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish maqsadida:


Yüklə 145,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə