Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

Birinchisi. 
Kompetentli yondashuv ta‘lim natijasiga urg‗u beradigan 
yondashuv. Bunda ta‘lim natijasi o‗zlashtirilgan axborotlar yig‗indisi emas, balki 
shaxsni turli muammoli vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatidan iborat bo‗ladi. 
Ikkinchisi. 
Kasbiy bilimlilik hozirgi kunda innovatsiyalarni tadbiq etish 
uchun kreativlikka bog‗liq bo‗lgan zamonaviy ta‘lim texnologiyalariga asoslangan. 
kasbiy kreativlik (kasb sohasidagi ijodkorlik) kasbiy bilimga ega o‗qituvchi 
faoliyatidagi ijodiy qobiliyatdir. Kasbiy kreativlik zamonaviy o‗qitish muhitini 
belgilab, kasbiy bilimlarni rivojlantirishga olib keladi. 
Uchinchisi.
Kasbiy bilimlarni ―Umumiy pedagogika‖ fani va maxsus kursi 
asosida rivojlantirish jarayoni olib boriladi. 
―Pedagoglarning kasbiy ko‗nikmalari‖ deyilgan dastlabki tushuncha zamirida, 
aniq vaziyatlarda amalga oshiriladigan kasbiy ko‗nikma ishlarining psixologik 
asoslarini rivojlantirishga yo‗naltirilgan muayyan tartibdagi turkum ta‘lim ishlarini 
nazarda tutamiz. 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
133 
Mazkur metod, biz nazarda tutgan tushunchaning muhim fazilatlarini qamrab 
olishga hamda yo‗nalishlarimizni yanada oydinlashtirga imkon berdi. 
O‗rganilgan maxsus va psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili, shuningdek, 
umumta‘lim maktablari pedagoglari tajribasini, metodist va pedagogik amaliyotga 
mutasaddi rahbarlarning faoliyatini kuzatish, o‗rganish va samimiy suhbatlardan 
ma‘lum bo‗lishicha, kasbiy ko‗nikmalar – pedagoglar, tarbiyachi va 
tashkilotchilarning aniq maqsad bilan o‗quvchilarga pedagogik ta‘sir ko‗rsatishning 
murakkab tizimi ekanligi ma‘lum bo‗ldi. Ta‘kidlash joizki, ta‘sir ko‗rsatish tizimi 
murakkab tavsifga egadir, zero ―har qanday subyektning obyektga ta‘siri, o‗zaro 
hamkorlik jarayonida ta‘sirlanayotgan obyekt ruhiyatining sifat jihatidan o‗zgacha 
ko‗rinishidir‖ 
Ma‘lum bo‗lishicha, lozim deb topilgan yoki zarur bo‗lgan tushunchaning 
muhim sifatlari bo‗lmish: umumta‘lim maktablari faoliyatining muhim negizini 
tashkil etuvchi kasbiy ko‗nikmalarning tuzilishini, mazmuni va tamoyillarini nazariy 
jihatdan bilish tashkil etadi. 
Shu tamoyillar asosida biz lozim yoki zarur bo‗lgan tushunchaga quyidagicha 
ta‘rif berdik: 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə