Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

 
alohida
 
fan
 
sifatida
 
XIX asr oxirlari -XX asr boshlarida vujudga 
keldi. Uning vujudga kelishi yirik mustamlakachi davlatlarning vujudga kelishi
dunyoni bo‗lib olishga intilishning ro‗y berishi, jahon savdosining yuksalishi, sanoat 
inqilobining tugallanishi, sanoat va moliya kapitalining rivojlanishi, jahon bozori 
uchun kurashning avjiga chiqishi, yangi bozorlarga, mustamlakalarga ega bo‗lishga 
intilish va uning ustiga qurilgan siyosatning hosilasi sifatida kechdi. Uning obyekti, 
predmeti, tadqiqot doirasi, hal etishi lozim bo‗lgan muammolar ko‗lami bilan uzoq 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
275 
yillar davomida izlanishlar olib borilgan bo‗lsa-da, bugungacha uning shakl-u 
shamoyiliga, tadqiqot doirasiga, obyektiga aniq bir ta‘rif berilmadi. Bu bir tomondan, 
yangidan shakllangan har bir fan uchun o‗ziga xos xususiyat bo‗lsa, ikkinchi 
tomondan, geosiyosiy jarayonlarning naqadar murakkabligi va dinimik xarakterda 
ekani bilan izohlanadi. Fransuz olimi Iv Lakostning e‘tirof etishicha, ―geosiyosat‖ 
atamasi 1980-yillardan boshlab, ayniqsa ―sovuq urush‖ davri tugaganidan keyin 
nihoyatda keng qo‗llanila boshlandi. Ba‘zan esa bu atama turli hodisalarga, jumladan, 
geosiyosiy jarayonlarga hech qanday aloqasi yo‗q hodisalarga nisbatan ham 
ishlatilmoqda. ―The Economist‖ jurnalida e‘tirof etilishicha, geosiyosat atamasi 
fundamental hodisa hisoblansa-da, uni shunday bir yorliqqa qiyoslash mumkinki, bu 
yorliqni istalgan hodisaga ilib qo‗yish mumkin (2, 3). 
1945-yilda jahon urushi yakuniga yetgach u keltirgan barcha yo‗qotishlarga 
bir tomondan geosiyosat fani ham aybdordek hisoblandi. II jahon urushi va uning 
asoratlarini tugatish davrida geosiyosat doirasidagi izlanishlar bir oz susaysa-da, 
butunlay to‗xtab qolmadi va mumkin ham emas edi. Negaki davlatlar bor ekan, ular 
o‗rtasida munosabatlar bor ekan, ularning manfaatlari mavjud ekan, geosiyosat ham 
mavjud bo‗ladi. Mustamlakachilik tizimi, jahon urushlari va undan keyingi ―sovuq 
urush‖ davri salbiy jihatlariga ba‘zan geosiyosiy jarayonlar sabab qilib ko‗rsatildi. 
XX asr oxiri – XXI asr boshlariga kelib geosiyosat o‗tib ketgan ―patologiya‖ dan 
xalos bo‗ldi. O‗z navbatida tabiiy savol tug‗iladi: siyosatshunoslik, xalqaro 
munosabatlar, tarix, iqtisodiyot, dinshunoslik va geografiya singari fanlar o‗rtasida 
siqilib qolgan geosiyosat yashash huquqiga ega bo‗ladimi?
Geosiyosat fan sifatida yangi davrda paydo bo‗lgan bo‗lsada, geosiyosiy 
manfaatlar, geosiyosiy harakatlar uzoq tarixga borib taqaladi. Negaki dastlabki 
geosiyosatchilar sifatida turli davrlarda turli hukmdorlar maydonga chiqishgan. 
Geosiyosatni tasavvur sifatida shu ma‘noda e‘tirof etiladiki, qator geosiyosiy 
maktablar ilgari surgan nazariy muhokamalar dunyo haqidagi tasavvurlarni in‘ikos 
ettirgan, u yoki bu davlatning olib borayotgan siyosatini belgilab bergan. Geosiyosat 
metod sifatida ilmiy, pedagogik ahamiyatga ega bo‗lgan bilimlar mohiyatini ifoda 
etgan. 
To‗g‗ri, XX asrning 90-yillarigacha kommunistik mafkura geosiyosatni 
imperialistik ekspansiyani asoslash uchun geografik dalil va omillardan 
(mamlakatning hududi, joylashuvi va b.) foydalanuvchi siyosiy konsepsiya deb, 
uning asosini irqchilik, maltuschilik, sotsial-darvinizm bilan bog‗lab ta‘riflash orqali 
salbiy baholab kelgan. Biroq, keyingi o‗n yil ichidagi o‗zgarishlar geosiyosatga 
nisbatan yangicha yondashuvlarni yuzaga chiqardi va geosiyosat sobiq sovet fani 
uqtirib kelgan g‗oyalarning batamom aksi ekanligini ko‗rsatdi. 
Geosiyosat davlatga turg‗un, statik holdagi hodisa sifatida emas, balki 
dinamik – o‗zgaruvchan ijtimoiy hodisa sifatida qaraydi. ―Geosiyosat‖ so‗zini o‗z 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə