Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
276 
asarlarida ishlatmasa-da, geosiyosat fanining ―otasi‖ deb nemis olimi Fridrix Ratselni 
(1844-1940) aytish mumkin. Ratsel o‗z davrida sotsiologiya, geografiya fanlari bilan 
keng shug‗ullanadi. 1897-yilda chop etilgan asosiy ishini ham ―Siyosiy geografiya‖ 
(―Politische Geographie‖) deb nomlagan. Garchi F.Ratsel siyosiy geografiya haqida 
subyektiv fikrlarini o‗rtaga tashlasa-da, uning mulohazalari bevosita geosiyosiy 
ahamiyatga molik edi. Jumladan, olim davlat faoliyatida geografik omillarning 
ustuvorligini va ularning o‗zgarmasligi borasidagi fikrlarni yoqlamaydi. Uningcha
davlat doimo jo‗shqinlikda hayot kechiruvchi ―tirik organizmdir‖(3, 35). F.Ratsel 
fikricha, geosiyosat siyosiy geografiyadan farqli tarzda, davlatning joylashishi, uning 
iqlimi va shakllari bilan birlamchi darajada qiziqmaydi. 
Ilmiy doirada birinchi bo‗lib ―geosiyosat‖ atamasini shved olimi Rudolf 
Chellen (1864-1922) o‗zining ―Davlat hayotning bir shakli sifatida‖ (―Der Staat als 
Lebensform‖, 1916 yil) nomli asarida qo‗llagan. Olim geosiyosatga quyidagicha 
ta‘rif beradi, ya‘ni ―geosiyosat – bu borliqdagi davlatlarni geografik organizm, yoki 
makondagi fenomen sifatida o‗rganuvchi fandir‖. Shuningdek, geosiyosat ―... 
makonni fundamental asosda tadqiq qilish bo‗lib, tadqiqot Yer va undagi foydali 
qazilmalar bilan bog‗liq. Bu esa o‗z navbatida imperiyalarning tashkil topishini
mamlakatlarning yuzaga kelishini va davlatlar hududlarini o‗rganish demakdir‖ (4, 
17). 
Geosiyosatga o‗ziga xos ta‘rif o‗z vaqtida ―Zeitschrift feur Geopolitik‖ nomli 
nemischa jurnalda berilgan: geosiyosat yer va siyosiy jarayonlar o‗rtasidagi 
munosabatlarni o‗rganuvchi fandir. Bu joyda qayd etish lozim bo‗lardi, siyosiy 
jarayonning subyektlari noma‘lum. Geosiyosat geografik fundamentga ega. 
Shuningdek, geosiyosat borliqdagi siyosiy organizmlar va ularning tuzilishini 
o‗rganuvchi fan – siyosiy geografiyaga asoslanadi. Geosiyosatning maqsadi siyosiy 
harakatlarni kerakli vositalar bilan ta‘minlash va umuman siyosiy hayotga 
yo‗naltirishni ko‗rsatadi. Bu jihatdan geosiyosatni amaliy siyosatni boshqarish 
haqidagi fan deyish mumkin. Geosiyosat – davlatning geografik aqlidir (5, 9). Rus 
geosiyosatchisi N.Nartov fikricha geosiyosat oraliq fan bo‗lib, maxsus o‗ziga xos 
tadqiqot maydoniga ega emas. Siyosatga, siyosiy hodisalarga ko‗proq o‗z e‘tiborini 
qaratsa-da, ularni geografik omillar, aspektlar asosida umumlashtiradi. O‗z navbatida, 
geosiyosat davlatning ichki, tashqi siyosatini tushuntirishda, asoslab berishda bir 
qator geografik omillardan keng foydalanadi: chegara tavsifi, tabiiy qazilmalar va 
resurslarga boyligi, u joylashgan orol yoki quruqlikning qulayligi, iqlimi, relyefi va 
boshqalar. Uzoq yillar davomida geosiyosatga hal etuvchi omil sifatida 
metropoliyaning geografik makonda kengayib borishi asosiy ahamiyat kasb etib 
kelgan edi. Vaqt o‗tishi bilan bu omil o‗z ahamiyatini davlatlar o‗rtasidagi tinchlikka, 
tenglikka asoslangan o‗zaro hamkorlik munosabatlariga bo‗shatib bera boshladi. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə