Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
277 
Ko‗plab tadqiqotchilar geosiyosatga davlatning geostrategik qudratiga ta‘sir 
o‗tkazuvchi geografik, tarixiy, siyosiy, madaniy va boshqa omillarni o‗rganuvchi fan 
sifatida qarashadi. Rus geosiyosatchisi V.Dergachev geosiyosat va siyosiy 
geografiyani o‗zaro taqqoslar ekan, siyosiy geografiya atrof-muhit, makondagi 
imkoniyatlar, xususiyatlarni siyosiy jarayonlar rivojiga ta‘sirini o‗rganuvchi fan 
sifatida olib qaraydi. Y.Tixonravov fikricha, geosiyosatni geografik muhit tomonidan 
yaratilgan – hudud, atrof-makon, iqlim, landshaft, foydali qazilmalar, ekologiya, 
demografiya va sh.k siyosiy bo‗lmagan tizim o‗zaro ta‘siri qonuniyatlarini 
o‗rganuvchi fan sohasi sifatida olib qaraydi. Ba‘zilari esa geosiyosatning jamiyatdagi, 
ma‘lum bir mintaqa yoki davlatlardagi harbiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy omillarni 
tadqiq etuvchi fan ekanligini isbotlashga urinishadi. N.Starikov mazkur fan nimani 
o‗rganishini ushbu formula asosida tushuntirishga harakat qiladi:
geosiyosat= siyosat+tarix+geografiya (6, 8). 
Yuqorida qayd etib o‗tilganidek, sobiq ittifoqda 1980-yillarning oxirlarigacha 
geosiyosatga reaksion, g‗ayriilmiy, imperalistik davlatlarning mustamlakchilik 
siyosatini oqlaydigan, ularning turli geografik makonlar ustidan hukmronligini ta‘min 
etishga xizmat qiladigan uslub va vositalarni tahlil qiladigan, nazariy jihatdan 
asoslaydigan fan sifatida qaralgan. Sovet hukumatining ushbu fanga bunday 
munosabatda bo‗lish sabablari nimada: birinchidan, geosiyosatning asosiy g‗oyalari, 
nazariyalari, qoidalari amaldagi hukmron marksizm-leninizm g‗oyalariga, jamiyat 
rivojiga sinfiylik nuqtayi nazaridan qarash kabi nazariyalarga mutlaqo zid edi
ikkinchidan, fashistlar agreyessiyasi natijasida jahonda million-million insonlar 
qirilib ketdi. ―Buyuk Germaniya‖, ―oliy irq‖, ―fashistlar uchun hududiy kenglik‖ kabi 
g‗oyalarni da‘vo qilgan fashizm mafkurasini oqlagan nemis geosiyosati badnom 
etilgan edi; uchinchidan, Sovet davlatining ichki va tashqi maydondagi zo‗ravonlik 
siyosatining mohiyati fosh bo‗lib qolish ehtimolining yuqoriligi; to‗rtinchidan, Sovet 
davlati tashqi siyosat olib borishda har bir mintaqadagi tub iqtisodiy, geografik, 
demografik omillardan, manfaatlardan kelib chiqib emas, balki mafkuraviy 
omillardan kelib chiqib yondashgan edi. Ushbu holatlar ayniqsa ―sovuq urush‖ 
davrida geosiyosatga, uning obyektiga xolisona murojat etish imkonini bermadi. 
Lekin bu degani sobiq ittifoq mutaxassislari bu fanga, uning qator imkoniyatlariga, 
amaliy ahamiyatiga umuman e‘tibor berishmadi degani emas. Sovet davlatining 
amaliyotida, maxsus ilmiy tekshirish institutlarida geosiyosat bilan bog‗liq jarayonlar 
bilan bog‗liq keng ko‗lamli kuzatishlar, tadqiqotlar olib borildi. Sovet davlati hukm 
surgan butun davrda geosiyosiy jarayonlar tahlili uning ajralmas atributi bo‗lib keldi. 
Aytish mumkinki, I.Stalin tarixga XX asrning eng yirik geosiyosatchilaridan biri 
bo‗lib kirdi. Sovet davlatining turli davrlardagi tashqi siyosatida quyidagi xatti-
harakatlar geosiyosiy nuqtayi nazardan turib amalga oshirilgan: Birinchidan, birinchi 
jahon urushidan keyin bir qator sabablar bois sovet davlati tashqi iqtisodiy qamal 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə