Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
278 
holatiga tushgan edi. 1921-yilda sovet davlati o‗zining janubiy qo‗shnilari 
Afg‗oniston, Mongoliya, Eron va Turkiya bilan munosabatlarni yo‗lga qo‗ydi. Tashqi 
intervensiyaga (antantachilarga) qarshi kurashayotgan Turkiyani qo‗llab-quvvatladi. 
Natijada Angliyaning Bosforda mustahkamlanishiga imkon bermadi. Estoniya, Litva, 
Latviya, Finlyandiya bilan savdo bitimlari imzolandi. 1922-yilda Germaniya bilan 
tuzilgan Rapallo bitimi deyarli iqtisodiy qamalni bekor qildi. Ikkinchidan, Komintern 
manfatlari yo‗lida Mongoliyaga, Xitoyga va respublikachilar Ispaniyasiga katta 
miqdorda iqtisodiy, harbiy-texnik yordam ko‗rsatildi. Uchinchidan, II jahon 
urushidan keyin SSSR chegaralarida qizil armiya tomonidan ozod etilgan hududlarda 
ittifoqdosh, mute davlatlar vujudga keltirildi. Ular xalqaro maydonda sovet 
manfaatlarini himoya etishga mahkum etilgan. To‗rtinchidan, tashqi siyosatda sovet 
siyosatini kuch ishlatish yo‗li orqali amalga oshirishni ta‘min etuvchi doktrina 
vujudga keltirildi. 1956-yilda Budapesht voqealari, 1961-yilda Karib inqirozi, ―Berlin 
devori‖ vujudga keltirilishi, 1968-yilgi ―Praga bahori‖ voqealari buning isboti bo‗la 
oladi. Albatta, sobiq ittifoqning bunday xatti-harakatlari xalqaro hamjamiyat 
tomonidan javobsiz, jazosiz qoldirilmadi. Sovet davlati kuchli mafkuraviy tashqi 
bosim ostiga olindi. Iqtisod, fan, ilmiy-texnologik sohalarda hamkorlik to‗xtatib 
qo‗yildi. Tabiiy xomashyoning narxlari keskin tushib ketdi. Milliy va diniy sohada 
olib borilgan siyosatning noinsoniyligi ichki va tashqi norozilikning kuchayib 
borishiga sabab bo‗ldi. Sovet qo‗shinlarining qo‗shni afg‗on hududiga kiritilishi katta 
miqdorda sarf-xarajatlarni talab etardi. Bu holatlar sobiq tizimning inqirozini yanada 
tezlashtirdi. 
Umuman olganda geosiyosat bilan bog‗liq tadqiqotlarni, unga nisbatan 
berilgan ta‘riflarni shartli ravishda quyidagicha tahlil etish mumkin. Bular:
 
1 - yo‗nalish: siyosiy geografiya va siyosat o‗rtasidagi munosabatlarga katta 
e‘tibor beriladi. Bu yo‗nalishdagilar geografiyaga birlamchi omil sifatida qarab
uning siyosatga ko‗proq ta‘sir etishini uqtirishadi;
2 - yo‗nalish: muayyan mintaqa yoki jahonda hokimiyat uchun siyosiy kuch 
markazlarining o‗zaro kurashlariga kengroq e‘tibor beriladi. Bu yo‗nalishdagilar, asosan, 
davlatlararo raqobatga urg‗u berib, fanning umumbashariy xususiyatlaridan bahs etiladi;
3 - yo‗nalish: geosiyosatga kompleks yondashuv, ya‘ni geografik omillardan tashqari 
iqtisodiy, demografik, diniy va boshqa shu kabi omillarga ham keng asosda yondashgan, tadqiq 
qilgan va qilayotgan tadqiqotchilar mavjudligi ilgari suriladi.
Qayd qilingan umumiy qarashlardan ko‗rinib turibdiki, geosiyosat uslubi va o‗z obyekti 
jihatidan siyosiy geografiyadan, yoki qayd etilgan qator fanlardan keskin farq qiladi. Uning 
amaliyoti jamiyatdagi geografik omillar bilangina chegaralanmaydi. Shuningdek, geosiyosat o‗z 
amaliyotida turli ko‗rinishdagi siyosiy, iqtisodiy, diniy, harbiy, geografik omillarni doimiy va 
o‗zgaruvchan jarayon sifatida olib qaraydi. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə