|
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
280
siyosatdagi ustuvor manfaatlarini ta‘min etadigan geografik, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy
va boshqa o‗zaro bog‗liq bo‗lgan omillarni birgalikda ko‗ruvchi va tadqiq etuvchi
fandir. O‗zida siyosiy, tarixiy, iqtisodiy, huquqiy va geografik jarayonlarni
umumlashtirgan geosiyosat harbiy yoki diplomatik tarixga shunchaki qo‗shilgan
oddiy hodisa emas. Geosiyosat ularni o‗zlashtirgan holda, milliy manfaatlarni amalga
oshirishda ularni uyg‗unlashtirishda namoyon bo‗ladi. Alohida tadqiqot, mashg‗ulot
sohasi sifatida, dunyoga nazar tashlash uslubi sifatida geociyosatning prespektivlari
quyidagi holatlar bilan o‗z dolzarbligini namoyon qiladi:
Birinchidan, jamiyatning demokratik siyosiy madaniyatini shakllantirishda,
aholi tafakkurini imperiyaga xos tafakkur tarzidan xalos bo‗lishlarida, radikal
geosiyosiy xatti-harakatlar mohiyatini anglab yetishda geosiyosiy jarayonlarni
o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi;
Ikkinchidan, geosiyosiy paradigmalar, alohida faoliyat turi sifatidagi yangicha
geosiyosiy jarayonlar shakllanayotgan ko‗p qutbli dunyoda, jahon hamjamiyatida
munosib o‗rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi;
Uchinchidan, endigina shakllanayotgan geosiyosat asoslari fani oldida G‗arb
geosiyosati erishgan yutuqlarni o‗zlashtirish, uning asosiy tendensiyalarini aniqlash,
hozirgi zamon geosiyosiy jarayonlarining rivojlanish xusiyatlarini o‗rganish kabi
masalalar turibdiki, ularning yechimi O‗zbekistonning Markaziy Osiyoda, jahon
hamjamiyatida tutgan maqomini belgilab olishda o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‗taramiz. – Toshkent: ―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017.
2. Желтов В.В. Желтов М.В. Геополитика: история и теория. – М.: 2009.
3. Jumaniyozov X.S. Geosiyosat asoslari. – T., 2021.
4. Геополитическиe тетради // Элементы – 1993. №3.
5. Нартов Н.А. Геополитика (учебник). ЮНИТИ. М.
6. Стариков Н. Геополитика: как это делаeтся. СПб. 2014.
Dostları ilə paylaş: |
|
|