Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


RELEVANCE AND COMPLEXITY OF TEACHING THE SUBJECT



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

RELEVANCE AND COMPLEXITY OF TEACHING THE SUBJECT 
MODERN WEB DESIGN 
 
Rakhmankulov F.P. - teacher of the Jizzakh State Pedagogical Institute 
 
Annotation.
In a world where digital technologies are rapidly developing, on 
the Internet we are faced with a huge amount of information concerning and affecting 
all spheres of human activity. This has led to a sharp increase in demand for web 
design specialists capable of providing convenient access to Internet resources for 
Internet users. The quality and complexity of training specialists in this field are 
among the most pressing issues today. In this regard, this article analyzed the process 
of teaching the discipline of web design, developed solutions to existing problems. 
Keywords:
web design, graphic design, web space, graphic information 
space, web competence, project culture, web technologies. 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
282 
Hozirgi kunda ayrim yo‗nalish mutahassislariga ularning informatsion 
intelluktual faolligi va zamonaviy bilim, ko‗nikma va malakalariga yuqori talablar 
qo‗ymoqda. Tashkilot va muassasalarning samarali ishlashi mutaxassislar, jamoaning 
muvaffaqiyatli tadqiqotchilari va foydalanuvchilarining zamonaviy kompyuter va 
web-texnologiya uslublari va uskunaviy vositalarini qanday darajada o‗zlashtirib 
olganliklariga ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun ham hozirgi kunda 
ko‗pchilik mutaxasislar raqamli texnologiyalarning yangi va samarali yo‗nalishlarini 
o‗rganish, hususan web-texnologiya va global internet tarmog‗ining ishlash asoslari, 
web-sahifa va saytlarni yaratish va rivojlantirishni, ularni internetga reklama 
qilishning ahamiyati beqiyos katta ekanligi to‗g‗risida tasavvurga egalar.
Hozirgi paytda har qanday tashkilot qaysi sohada ish olib bormasin, dunyo 
bozoriga chiqish uchun o‗z faoliyatida web-texnologiyalardan foydalanish zarurligiga 
katta e‘tibor qaratmoqda. Internet tarmog‗iga ma‘lumotni joylashtirish uchun uning 
ko‗rinishi qulay bo‗lishi, ya‘ni web-dizaynga katta e‘tibor berish zarur. Mohirlik 
bilan yaratilgan sayt, qoida bo‗yicha informatsion butun bo‗lishi va joylashtirilgan 
axborotning ahamiyatiga qarab, ma‘lum standartga ega bo‗lishi kerak [2, 5]. 
Web-dizayn – ta‘lim sohasida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish 
va kasbiy vazifalarni mustaqil hal etishga va o‗z vaqtini to‗g‗ri tashkil etishga qodir 
bo‗lgan malakali mutaxassisni shakllantirishga qaratilgan fandir. Ushbu maqsadlar 
oliy ta‘lim muassasalarida kasbiy yo‗nalishdagi fanlar doirasida nazariy o‗quv 
kurslarida, amaliy ko‗nikmalarni qayta ishlash va mustahkamlash bo‗yicha 
laboratoriya ishlarini bajarish, shuningdek, kurs va diplom ishlarini bajarish 
jarayonida erishiladi. Web-dizaynerlarni tayyorlash masalasi turli olimlar va bevosita 
amaliyotchilar tomonidan faol ravishda o‗rganilmoqda. Ilmiy tadqiqotlarda 
mamlakatimiz oliy o‗quv yurtlarida o‗qitiladigan web-dizayn fani bo‗yicha bir 
qancha olimlarning izlanishlari, tadqiqotlari natijalari aks ettirilgan adabiyotlarni 
o‗rganib chiqib web-texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanayotganligini hisobga 
olgan holda web-dizayn bo‗yicha zamonaviy mutaxassis tayyorlash uchun o‗zbek 
tilidagi yangi adabiyotlarning kamligi, shunga qaramay ko‗plab talabalar ushbu soha 
bo‗yicha zamonaviy texnologiyalar va bilimlarga asoslangan ta‘lim olish fikrini 
bildirganlar [10, 72]. 
Global Internet tarmog‗ining jadal rivojlanishi natijasida Web-dizayn fani eng 
jadal rivojlanayotgan axborot texnologiyalaridan biri bo‗lib, u grafik axborot muhitini 
yaratishga, yoki boshqacha aytganda, Web-saytlar va internet-sahifalarni yaratishga 
qaratilgan yangi fan paydo bo‗ldi.
Bo‗lajak web-dizayn bo‗yicha mutaxassislarni kasbga yo‗naltirish va 
tayyorlash, web-sayt ishlab chiqishning umumiy tamoyillari, dizayn yechimlari, 
Web-dizaynning grafik dizayn bilan farqlari va o‗xshashligi bilan bog‗liq ko‗plab 
savollarning ushbu soha mutaxassislari doirasida muntazam ravishda yechimlari 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə