|
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
279
Geosiyosiy omillar mazmun-mohiyatiga ko‗ra, doimiy va o‗zgaruvchan omillarga
bo‗linadi. Doimiy geografik omillarga davlat yoki mintaqaning hududiy joylashuvi,
chegarasining shakli va ko‗lami (nisbatan), iqlimi, relyefi, flora va faunasi va shu kabilar
kiradi. O‗zgaruvchan geografik omillar esa mintaqa yoki davlatning aholisi, foydali
qazilmalari, siyosiy madaniyati va ijtimoiy tuzilishlarini nazarda tutadi. Umuman borliqdagi
asosiy geosiyosiy omillar quyidagi ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi:
hududiy omil;
siyosiy omil- davlatning siyosiy tuzilishi, uning o‗ziga xos xususiyatlari,
davlatdagi ijtimoiy qatlamlar, davlatning chegaralari va shu kabilar;
geografik omil- borliqda joylashuv holati, tabiiy resurslari, fauna, flora
dunyosi va shu kabilar;
iqtisodiy omil-aholining turmush darajasi, ishlab chiqaruvchi kuchlar
qudrati, savdo-sotiq, bozorning rivojlanganlik darajasi va shu kabilar;
transport-kommunikativ imkoniyat-strategik o‗rni, temir yo‗l, avtomobil
yo‗llari, daryo-suv tarnsporti va shu kabilar;
tabiiy iqlim sharoiti;
madaniy omil -milliy an‘analar, madaniy qadriyatlar, fan va ta‘lim
taraqqiyoti darajasi va shu kabilar;
demografik omil- aholi tarkibi, joylashuvi, aholi o‗sish darajasi va shu
kabilar;
harbiy omil-qurolli kuchlarining qudrati va harbiy tayyorgarligi, harbiy
mutaxassislarni tayyorlash darajasi va shu kabilar;
ekologik omil aholining davlatlar va mintaqalar tabiiy resurslarining
chegaralanganligiga munosabati, xomashyo zaxiralarining kamayishi va shu kabilar;
Ko‗rinib turibdiki, geosiyosat o‗rganish mavzusiga ko‗ra, o‗z qamrovi
jihatidan juda keng va ko‗pqirralidir. Zamonaviy geosiyosat ko‗lami jahon siyosati,
hokimiyat muammosi va jamiyatdagi ustuvor mafkuralar omillari bilan bilvosita va
bevosita bog‗liq. Bu jihatdan geosiyosatga - geosiyosat jamiyatdagi boshqaruv
muammolarini tadqiq etadigan fan deb ta‘rif berish mumkin. Bundan tashqari,
geosiyosat fan sifatida yuqorida qayd etib o‗tilgan omillarni tadqiq etuvchi bir qator
mustaqil fan va fan sohalarining xususiyatlarini o‗zida mujassamlashtirgan. Bular –
geografiya, siyosatshunoslik, tarix, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, mafkuralar
tarixi, sotsiologiya, harbiy bilimlar nazariyasi va amaliyoti, demografiya va h.
Ko‗rinib turibdiki, geosiyosat shunchaki bir fan emas, balki ko‗plab fanlarga xos
xususiyatlarni o‗zida mujassamlashtirgan, o‗z maqsad-vazifalarini amalga oshuvini
ta‘min etuvchi uslub-vositalarni tahlil etadigan tarmoqlararo fan tizimidir. Qayd
qilingan mulohazalar asosida geosiyosatga quyidagi ta‘rifni berish mumkin:
geosiyosat
- davlatning strategik qudratiga ta‘sir etuvchi, uning ichki va tashqi
|
|
|