|
![](/i/favi32.png) Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
287
Web-dizaynerning web-kompetentligini rivojlantirishga yordam beradigan
zamonaviy grafik dizayn dasturlaridan foydalanishni o‗rganishga e'tibor berib, web-
saytlar yaratishni uslubiy jihatdan ishlab chiqish va web-loyihani yaratish jarayonida
badiiy didni shakllantirish muhim omil hisoblanadi. Pirovard natijada, vizual
kommunikatsiyalar sifatini oshirish imkoniyatlari paydo bo‗ladi. Pedagogika oliy
ta‘lim muassasalarida tahsil oluvchi bo‗lajak mutaxassislarda web-dizayn sohasida
bunday maxsus kompetensiyani shakllantirish, kasbga yo‗naltirilgan fanlar tarkibiy
qismlarining mantiqiy aloqalarini o‗rnatish imkonini beradi, bu pedagogik jarayonni
qurishning yaxlitligiga ta'sir qiladi.
Bo‗lajak informatika
o‗qituvchilarining web-dizayn bo‗yicha bilim berishdagi
qiyinchiliklari o‗quv jarayonini texnik jihozlashga ham bog‗liq. Kompyuter
xonalarida moddiy-texnika bazaning ma‘naviy eskirganlik holatlari, shuningdek,
internetga kirish imkoniyati tufayli ushbu fan bo‗yicha kerakli muhitni yaratish,
bo‗lajak mutaxassislarni faqat dars jarayonida fanga jalb qilmasdan, darsdan tashqari
mustaqil o‗rganishga imkoniyat yaratib berish va aniq manbalar bilan qurollantirish
muhim hisoblanadi. O‗quv jarayonida web-loyihalar ishlab chiqishda juda ko‗p
dasturiy ta'minotdan (grafik va web muharrirlar) foydalaniladi. Axborot
texnologiyalari dasturiy ta'minotning tez-tez o‗zgarishi bilan ajralib turadigan
dinamik rivojlanayotgan maydon. Ba‘zi hollarda ularning yangi avlodlarida tubdan
yangilanishlar sodir bo‗ladi. Ushbu fan sohasidagi yangiliklar kun sayin ko‗payib
borayotgan bir paytda talabaning ta‘lim jarayonida belgilangan dastur bo‗yicha
berilayotgan bilim, ko‗nikma va malakalar tezda ma‘naviy eskirishiga olib kelishi
mumkin, bu esa hozirgi vaqtda zamonaviy web-kompetenlikni o‗zida mujassam
qilishni maqsad qilgan mutaxassisga ushbu soha bo‗yicha sodir bo‗layotgan barcha
voqea-hodisalardan xabardor bo‗lib, zamon bilan hamnafas harakat qilishga undaydi.
Shunday qilib, bo‗lajak mutaxassis o‗z qobiliyatlarini oshirish uchun ushbu fan
sohasida bo‗layotgan yangiliklarni izchil kuzatib borishi kerak.
Pedagogika oliy ta‘lim muassasalari informatika o‗qitish metodikasi
yo‗nalishi talabalari uchun o‗qitiladigan web-dizayn fanining dasturi mazmunida
nafaqat web muharrirlarni o‗rganishga yo‗naltirilgan bo‗lishi, balki quyida keltirilgan
bilim, ko‗nikma va malakalarni bo‗lajak mutaxassisga o‗rgatish kerak. Har bir
muharrir qanday ishlashini bilish yetarli emas. Web-sayt yaratish bo‗yicha bilimlar
bilan darhol web-saytni ishlab chiqish bo‗yicha amaliy ishlarni boshlash nojoiz. Web-
dizayn nima ekanligini, web-dizaynerning ishi qanday tashkil qilinishi, mijozlar
nimani kutishlarini va g‗oyalarni qanday izlash kerakligini tushunish muhimdir.
Web-sayt yaratishda modulli ko‗rinishda ishlash va o‗z modulini yaratish, rang va
shrift kompozitsiyasi xususiyatlarini bilish; UX (Foydalanuvchi tajribasi) va UI
(Foydalanuvchi interfeysi) bilan ishlash, mobil va web-dizayn o‗rtasidagi farqni
bilish va boshqalar. Buning uchun esa ushbu fanni o‗rganishga tegishli soatlar
|
|
|