|
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
285
Bizning fikrimizcha, kasbiy manfaatlarning bu kombinatsiyasi saytni ishlab
chiqish jarayoni uchun dizayn kontsepsiyasini yaratishdan saytning yakuniy tartibiga
qadar eng samarali yo‗l hisoblanadi, chunki har bir mutaxassis o‗z ishi bilan
shug‗ullanadi, har bir jamoa faoliyat jarayonida muayyan vazifani hal qiladi.
Navbatdagi muammolardan biri, pedagogika oliy o‗quv yurtlari talabalari
uchun Web-dizaynni o‗qitishning mazmuni va metodikasi bo‗yicha maxsus
tadqiqotlarning kamligidir. Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar asosan Web-dizaynga yaqin
bo‗lgan multimediali o‗quv vositalariga va masofaviy ta‘limda internet
imkoniyatlariga bag‗ishlangan.
Mavjud elektron qo‗llanmalar va adabiyotlarni o‗rganib chiqib, shuni
aytishimiz mumkinki, asosiy e‘tibor texnik tayyorgarlikka, kompyuter grafikasi
dasturlarini o‗rganishga qaratilgan. Darslik, maqolalar, web-saytlar kompyuter
grafikasidan grafik dizaynerlar ishi uchun vosita sifatida samarali foydalanish
muammosiga bag‗ishlangan bo‗lsa, loyiha madaniyati va grafik til, web-dizayndagi
ishning ijodiy jarayonlarini tushunish va xususan, yaratishda muammolarga
bag‗ishlangan adabiyotlar juda kam uchraydi.
Web-dizaynerlik kasbi World Wide Web (WWW) global internet
tarmog‗ining paydo bo‗lishi bilan bog‗liq, unda reklama maqsadida Web-saytlar
yaratish maqsad qilingan (1980-yillarning oxiri - 90-yillarning boshlari). Web-
dizaynerning vazifasi - bu Internetning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
loyiha uchun uslublar dizaynini ishlab chiqish. Ya‘ni, shunchaki zamonaviy
ko‗rinishga ega bo‗lish uchun saytni loyihalashdan tashqari, u tarmoqning standart
talablariga javob berishi kerak: grafik elementlar (logotiplar, bannerlar, chizmalar va
boshqalar) optimallashtirilgan bo‗lishi kerak, rang va shriftni tanlashda zamon talabi
hisobga olinishi kerak. Foydalanuvchi qog‗ozda emas, balki monitorda loyihaning
grafik timsolini ko‗radi. Web-dizayner web-saytning qanday ko‗rinishi va qanday
qabul qilinishi uchun javobgardir. U logotiplar, bannerlar va grafikaning boshqa
elementlari bilan tanishadi, saytning navigatsiyasini o‗ylaydi, matnni qayerga
joylashtirishni aniqlaydi. Web-sayt yaratish uchun web-dizayner HTML, CSS va
Javascript dasturlash tilini mukammal bilishi va badiiy sezgirlikka ega bo‗lishi kerak
[9, 9230].
Pedagogika oliy ta‘lim muassasalarida ―web-dizayn‖ fanini o‗qitishning bosh
maqsadlaridan biri sifatida ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga ushbu
fanning kasbga yo‗naltirilgan va amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy
dasturiy ta‘minotlari, shu jumladan, turli ko‗rinishdagi web-sayt dizayni loyihasini
ishlab chiqish orqali ularning web-dizayn kompetentligini rivojlantirish, shu bilan bir
qatorda web-saytlar targ‗ib qilishning usullari va vositalaridan foydalanish
ko‗nikmasini shakllantirish, zamonaviy web-texnologiyalar haqida umumiy
ma‘lumot berishdan iborat.
|
|
|