Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati va tarix fakulteti jahon siyosati kafedrasi



Yüklə 310,27 Kb.
səhifə1/4
tarix01.11.2017
ölçüsü310,27 Kb.
#7623
  1   2   3   4


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
JAHON SIYOSATI VA TARIX FAKULTETI

JAHON SIYOSATI KAFEDRASI




Azamjonov Rasuljon Hakimjon o’g’li

YEVROPADA ISLOM DININING SIYOSIYLASHUVI

5310100 – Siyosatshunoslik
BITIRUV MALAKAVIY IShI

ilmiy rahbar: s.f.d., prof. Yovqochev Sh.A.

toshkent-2013
MUNDARIJA


KIRISh…………………………………………………………………

3

1–BOB. ISLOM DINI SIYOSIYLASHUVINING NAZARIY ASOSLARI ……………………………………………………………….....

9


1.1. Islom dini siyosiylashuvining tarixiy, iqtisodiy va ijtimoiy sabablari............................................................................................................

9

1.2. Islom dinining siyosiylashuviga doir zamonaviy yondashuvlar........

18

2–BOB. YEVROPA DAVLATLARIDA ISLOM DINI SIYOSIYLASHUVINING ASOSIY TENDENSIYALARI……................

27


2.1. Yevropa davlatlarida islom dini tarqalishining jamiyat hayoti va taraqqiyotiga ta’siri…………………………………………………………...

27


2.2. Yevropa jamiyatida islom va xristian dinlarining o’zgarishdinamikasi…………………………………………………………..

35

2.3. Islom dinining Yevropa davlatlarida siyosiylashuvining istiqbollar……………………………………………………………………..

45

XULOSA…………………………………………………...……………

53

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………

55

ILOVA …………………………………………………………………

60

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Din - jamiyatning ajralmas qismidir. Jamiyat hayotida din asosiy boshqaruv asoslaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda dinlar ichida judayam keng yoyilib borayotgan din-Islom dinidir.

Istiqlol yillarida vijdon erkinligi borasida ham katta yutuqlarga erishdik. Yurtboshimiz mustaqillikka erishilgandan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay bunday degan edi: «Bugun ana shu din orqali vujudimizga musaffolik, dilimizga, inshoolloh, poklik kirib kelmoqda. Axloq-odob, ma’­rifat yana xonadonimiz fayziga, odamlar xislatiga aylanishida islomning o‘rni benihoya bo‘lmoqda. Biz kelgusida din ol­di­dagi to‘siqlarni olib tashlaymiz.

Yaxshilik nur keltiradi, yomonlik zulmat deydilar. O‘zbekistonning kelajagi yaxshilik poydevoriga qurilmog‘i shart. Chunki faqat yaxshilik boqiy yashaydi. Odamlarning odamlarga yaxshiligi! Yurt­doshlarning yurtdoshlarga yax­shiligi! Millatdoshlarning millatdoshlarga yaxshi­ligi! Bu O‘zbekistonning shiorigina emas, da’vatiga, chaqirig‘iga, xislatiga aylansin. Yaxshilik qilgan millatni hurmatlash, yaxshi­lik qilgan avlodni e’zozlash tafakkur olamining quyo­shiga aylansin. Mening orzum ham, istagim ham, tutar yo‘lim, asosiy qayg‘u-tashvishim, quvonchu sevinchimning boisi ham shu»1.

Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning xayrixoh va tarafdorlari ko’payib borayotgani hech kimga sir emas. Buning asosiy sababi muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag’rikengligi, odamzotni doimo ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o’zini oqlagan qadriyat va an’analarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o’rni va ahamiyati bilan bog’liq. Va xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Olloh marhamat qilgan bu hayotda to’g’ri yo’l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo’lmaydi, deb o’ylayman2

Aytish mumkinki, Yevropada islomninig siyosiylashuvi o’ziga xos jihatlarga ega:

Birinchidan, Yevropa davlatlarining deyarli barchasida xristianlik dini davlat dini hisoblanadi ammo Yevropa jamiyatida islom dinining roli va mavqeyi kuchayib borayotgani, unga e’tiqod qiluvchilardi soni jihatdan ikkinchi o’ringa chiqib olganligi sabablari haqidato’xtalib o’tilgan;

Ikkinchidan, Yevropada Islom dinining kengayib borishi mintaqa davlatlarining iqtisodiy va siyosiy hayotiga ta’siri, diniy va etnik omilning davlatlar ichki siyosatidagi ta’sir va ahamiyatini oshib borayotganligi jamiyat hayotida din ta’sirining mavjudligi;

Uchinchidan, Islom dini nafaqat Yevropa qit’asida balki butun dunyoda juda tez kengayib xalqlarning mentalitetiga ta’sirini ortib borayotgani va ushbu holatlar davlatlar ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotida o’rniyuqoriligi.

Yevropa mintaqasida Islom dini rivojlanishiga G’arb davlatlarining Ikkinchi jahon urushidan so’ng “Sovuq urush” kuchli ta’sir ko’rsatgan. “Ikki qutbli dunyo” nihoyasiga yetgandan so’ng islom dini judayam shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Shu jihatdan nafaqat Yevropa balki butun dunyoda islom dinining yoyilishi judayam ahamiyatli.

Bundan tashqari Yevropa jamiyatiga juda katta ta’sir o’tkazmoqda. Hozirgi Yevropa jamiyatining madaniy-axloqiy hayotiga, xususan eng asosiy muammosi bo’lmish oila masalasiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Islom dini bundan tashqari jamiyatni turush-turmushi ayrim kamchilik va yetishmovchiliklar, shaxsning ruhiy holatiga katta ta’sir ko’rsatmoqda

Ta’kidlash joizki, Yevropa davlatlari bunga indamasdan qarab turgani yo’q. Ular islom dini tarqalishiga katta qarshilik ko’rsatishga harakat qilishmoqda.

Qudratli davlatlar, xususan, Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya rahbarlari bu kurash aslo islom davlatlariga, islom diniga, Afg'oniston xalqi yoki"Tolibon" harakatiga qarshi qaratilmaganini, uning asl maqsadi mudhish terrormashinasini butun dunyoda yo'q qilishdan iborat ekanini alohida ta'kidlamoqda.Ular bizning maqsadimiz millionlab begunoh insonlarning boshiga kulfat solayotgan terror balosini jamiyat hayotidan, dunyo xalqlari hayotidan o'chirib tashlashdan iborat, deb takror-takror aytmoqda.

Buning xavfli tomoni shundan iboratki, inson qiyofasini yo'qotgan, qo'li qon terrorchilar va ularning "dohiy"lari mo'min-musulmonlarning soddaligidan, diniy hissiyotlaridan foydalanib, o'z jinoyat korona qilmishlarini islom dini nomidan xaspo'shlashga intilmoqda. Bunday kuchlarning makkor targ'ibotchilari nafaqat Afg'oniston, balki boshqa ko'plab davlatlarda ham joylashib olib, bugungi kunda terrorizm markazlariga berilayotgan zarbalarni barcha musulmonlarga qarshi, islom dinini butunlay yo'qqilishga qaratilgan urush, deb jar solmoqda1.

Taassufki, ba'zan islom dini va diniy aqida parastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g'arazli maqsadda ularni teng qo'yish kabi holatlar ham ko'zga tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g'o'r yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirib, bosh-ko'zini aylantirib, ulardan o'zining nopok maqsadlari yo'lida foydalanmoqda. Bunday nojo'ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha'niga dog' bo'lishini, oxir-oqibatda esa ma'naviy hayotimizga salbiy ta'sir ko'rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur.2

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda, avvalo, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning davlatimiz ma’naviyatining asosiy yo’nalishlari, O’zbeekistonda diniy erkinliok haqidagi qonunga tayanildi3.

Yevropa davlatlarida Islom dinining siyosiylashuvi ilmiy tahliliy asosda o’rganishda mamlakatimizdagi va Yevropa mamlakatlaridagidiniy konsepsiyalarga asoslandi.

Islom dinining rivojlanishi, tarqalishi, uning jamiyat hayotida tutgan o’rni, dindagi turli oqim va mazhablari shakllanish bosqichlari Sh.A.Yovqochev, N.Ibragimov. M.M.Muhamadsidiqov, A.Abdulg’afforxon, A.Qodirov, A.A.Abdisattotov1, A.V.Narbekov, Jo‘rayev U., Saidjonov Y, Muhammad Iqbol kabi mahalliy olimlarning ilmiy risola va maqolalarida ochib berilgan.

Jumladan olim Sh.A.Yovqochev2 Misrda din va davlat munosabatlari, davlat boshqaruvning shakllanishida diniy omilning ta’siri va bugungi kundagi mamlakatdagi siyosiy voqeliklar tadqiq etgan.

Mening o'ylashimcha, madaniyat yengilliklari, yangi fan-texnika kashfiyotlari va asbob-uskunalar bilan islom madaniyatiga xos go'zallik, oddiylik, jiddiylik, poklik va ozodalikka e'tibor berish, isrofchilik va tashqi ko'rinishga qattiq berilishdan chetlanish orasini jamlash juda ham oson. Basharti, hukumatlar va islomiy jamiyatlar ko'r-ko'rona taqlidchilik, o'ylamasdan ish tutish va umidsizliklarni yengib chiqib, mustaqil madaniyatli reja tuzishning uddasidan chiqa olsalar. SHuningdek Islomiy hukumat va jamiyatlarda zakovat, irodalik hamda Islom madaniyatining kelib chiqishi, barpo bo'lishi va Islom madaniyati deb atalishi Islom ta'limotining sharofatidir, deb imon keltirish yetarli darajada bo'lishi kerak.3

Tadqiqotchilar M.M.Muhamadsidiqov, Taxa Fargali Abdel Xakim tomonidan islom dinining jamiyat hayotiga ta’sirini o’rganishgan.



Shuningdek, bitiruv malakaviy ishni yoritishda internet manbalaridan keng foydalanilgan.

Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Bitiruv malakaviy ishining manbalarida, avvalo, metodogik asos hisoblangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mavzu yuzasidan bildirgan asarlari, ma’ruza va nutqlari, shuningdek mahalliy hamda Yevropa mintaqasida faoliyat yuritayotgan olimlar va xorijlik mutaxassis-olimlarining asarlari, chop etttirgan risola va ilmiy maqolalari tashqil etadi. Internet manbalarini shular jumlasidandir.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Bitiruv malakaviy ishida Yevropadaislom dinining siyosiylashuvining tarixiy va hozirgi holatini ilmiy tahlil qilish va istiqbolini aniqlash maqsad qilib olindi.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Yuqorida ko’zlangan maqsadni amalga oshirish uchun quydagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi:

  • Islom dini siyosiylashuvining tarixiy, iqtisodiy va ijtimoiy sabablariahamyatini ilmiy taхlil qilish;

  • Islom dinining siyosiylashuviga doir zamonaviy yondashuvlar va bosqichlarini tadqiq etish;

  • Yevropa davlatlarida islom dini tarqalishining jamiyat hayoti va taraqqiyotiga ta’sirini o’rganish;

  • Yevropada islom va xristianlik dinlarini o’zgarish dinamikasini qiyoslash;

  • Islom dinining Yevropa davlatlarida siyosiylashuvining istiqbollari ni bayon etish.

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Hozirgi davrda islom dinining siyosiylashuvi va zamonaviy tendensiyalari bitiruv malakaviy ish ob’ekti sifatida belgilandi.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Yevropada Islom dinining rivojalanish bosqichlari, uning sitosiylashuvi hususiyatlari va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil etadi.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi.Yevropa islom dining siyosiylashuvining tarixiy bosqichlari va zamonaviy holati, uning asosiy tendensiyalari ochib berilganligi ishning ilmiy yangiligini ko’rsatadi. Shuningdek, ushbu malakaviy ishda Yevropadagi islom va xristianlik dinlarining o'zgarish tendentsiyalari izchil, tizimli va va qiyosiy tarzda tahlil etilgan.

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishda tahlil etilgan siyosiy jarayonlar va faktlar, xulosalar va boshqa bir qator masalalarga oid materiallar “Dinshunoslik”, “Siyosatshunoslik”, “Jahon siyosati” va boshqa gumanitar yo’nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun ilmiy-amaliy qo’llanma sifatida qo’llanilishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishikirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.


1-BOB. ISLOM DINI SIYOSIYLASHUVINING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Islom dini siyosiylashuvining tarixiy, iqtisodiy va ijtimoiy sabablari
Diniy e’tiqod insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ma’naviy-madaniy xayotning muxim bo’lagi sifatida barcha mamlakatlar va jamiyatlarning ma’naviy-madaniy va xatto, iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita yoki bilvosita o’z ta’sirini ko’rsatib kelgan. Shu bois insonning dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik xuquqini e’tirof etgan xolda siyosat, din va mafkuraning o’zaro aloqadorligini, xozirgi jamiyatda dinning o’rni va rolini, dinning siyosiylashuvi va siyosatning diniylashuvidagi asosiy tendentsiyalarni, siyosiy mafkura moxiyati va xozirgi zamonning asosiy mafkuraviy oqimlarini taxlili o’ta dolzarbdir.

Din o’z tabiatiga ko’ra o’ta murakkab ijtimoiy xodisa bo’lib, u g’ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga nisbatan ishonchning xosilasidir. „Din” atamasi arab tilidan tarjimada „ishonch”, „ishonmoq” degan ma’nolarni anglatadi.1

Sayyoramiz aholisi juda ko’p turli-tuman dinlarga e’tiqod qiladilar. Xozirgi payitda Afrikaning tropik o’rmonlarida, Amazonka xavzasida yashovchi ba’zi xalqlarda alloqachon tugalib ketgan ibtidoiy din formalari xamon saqlanib qolgan. Shuningdek, ba’zi xalqar e’tiqod qiladigan mahalliy va milliy ahamiyatga ega bo’lgan dinlar ham mavjud.

Yer shari aholisining ko’pchilik qismi asosan quyidagi dinlarga e’tiqod qiladi: xristian, islom, budda. Odatda bu dinlar “dunyo dinlari” deb ataladi. Jahon dinlaridan eng keng tarqalgani xristian dini bo’lib, unga asosan Yevropa, Amerika va Avstraliyada yashovchi taxminan 1 mlrd kishi e’tiqod qiladi.2 E’tiqod qiluvchilar soniga ko’ra Islom dini ikkinchi o’rinda turadi. Asosan Afrika va Osiyoda joylashgan deyarli 30 ga yaqin mamlakatda Islom davlat dini deb e’lon qilingan. Markaziy va sharqiy Osiyoda tarqalgan budda dini davlat dini deb e’lon qilingan. U jahon dinlari orasida uchinchi o’rinda turadi

Insoniyatning ko’p ming yillik tajribasi davomida siyosat va din o’rtasida murakkab, lekin barqaror aloqadorlik vujudga kelgan. Siyosat va din o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning uzoq yillik tarixi siyosatning diniylashuv yoki aksincha, dinning siyosiylashuv davrlari ko’p marta ro’y berganligidan dalolat beradi. Bunday jarayonlar muayyan ma’noda xozirgi zamonda, xususan Yevropa mintaqasidagi davlatlarda xam ko’zga tashlanmoqda.

Aslida, tarixga murojaat qilinsa, antik zamonlardayoq siyosatchilar Yevropada ommaga ta’sir ko’rsatishning eng faol vositasi sifatida xristianlik aqidalaridan foydalanib cherkovni siyosat quroliga aylantirganliklari ma’lum bo’ladi. Insoniyat sivilizatsiyasining keyingi bosqichi-o’rta asrlarda jahonning ikki yirik dini-islom va xristianlik siyosat va siyosatchilarga shu darajada kuchli ta’sir etdiki, natijada bu dinlar G’arbda va Sharqda barcha davlatlar ustidagi „davlat”ga aylandilar.1 Biroq, Yevropadagi reformatsiya, monarxiya rejimlari siyosiy extiyojlarini qondirish borasida cherkov mavqeining asta-sekin so’nib borishi mutlaq siyosiy xokimiyatning mustahkamlanishiga, oxir-oqibatda esa xristian cherkovining siyosatga nisbatan ta’sirining sinishiga olib keldi. Feodal tartiblarga qarshi inqiloblar va undan keyingi siyosiy jarayonlarda diniy aqidalar yakka xukmronligidan uzoqlashgan Yevropa tafakkuri bozor munosabatlari erkinligi, dunyoviy ta’lim va texnik taraqqiyot sari jadal yuzlandi. Jamiyat mutlaq xukmronlik boshqaruvini rad etib, antik demokratiyaning ayrim shakllaridan ijodiy ravishda foydalanishga kirishdi. Yangi davr Yevropasida xokimiyatning cherkovdan uzoqlashuvi individning insoniy qadr-qimmati xaqidagi masalani kun tartibiga qo’ydi. Bu esa xukmdor suverenitetidan xalq suverenitetiga o’tishni tezlashtirib, turli dunyoviy mafkuralar, jumladan, liberalizm xamda liberal siyosiy tizimlarni yaratdi2.

Dinning ham salbiy ta’siri bor. Turli xalqlar va millatlarni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo’yishi, diniy xurofotlar va diniy qarama-qarshilik natijasida hatto qonuniyatlar to’kishlar, urishlar kelib chiqishi mumkin. Masalan, Falastin va Isroil munosabatlarida, Afg’oniston va Chechenistondagi voqealarda ko’rish mumkin.

Protestant mazxabidagi xalqlar yashaydigan mamlakatlarda odatda nikoh yoshi hammdan kech va ajralish esa unchalik murakkab emas. Ba’zi bir katolik mazhabiga mansub mamlakatlarda erkaklarga 14 yoshda, ayollarga 12 yoshda nikohga kirish qonun bilan ruxsat etilgan. Katolik uchun nikohni buzish ham 20-30 yil oldingiga nisbatan hozir ancha oson. Ilgari amalda bu man etilgan edi. Musulmon mamlakatlarida nikohga kirish yoshi juda kichik. Bu mamlakatlarda din erta va majburiy nikohni ko’p bolalikni ko’p xotinlikni qo’llaydi va ko’p hollarda demografik siyosatga salbiy munosabatda bo’ladi. Hindiuizm ham erta va majburiy nikohni hamda ko’kat o’g’itlar bolalikni qo’llaydi. Lekin musulmonchilikdan farq qilib ajralishni va ikkinchi nikohni man etadi. Ilgari Hindistondagi 14 yoshgacha bo’lgan qizlar va o’spirinlarning yarmi oila qurgan bo’lardi.1

Diniy qarama-qarshiliklar ko’pincha irqiy va milliy ziddiyatlar bilan bog’lanib, uzoq davom etadigan “qaynoq nuqtalarni” vujudga keltiradi.

Jahon dinlaridan eng keng tarqalgani xristian dini bo’lib, unga asosan Yevropa, Amerika va Avstraliyada yashovchi taxminan 2 mlrd kishi e’tiqod qiladi. E’tiqod qiluvchilar soniga ko’ra Islom dini ikkinchi o’rinda turadi. Asosan Afrika va Osiyoda joylashgan mamlakatlarda Islom davlat dini deb e’lon qilingan. Sharqiy Osiyoda tarqalgan budda dini davlat dini deb e’lon qilingan. U jahon dinlari orasida uchinchi o’rinda turadi.2

Jahon dinlari qatoriga kiruvchi eng yosh din islom bo’lib, milodning VII asrida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan. Bu dinning asoschisi-Muxammad payg’ambar tarixiy shaxs bo’lib, 570-632 yillarda yashab o’tgan. Xozirgi paytda islomga e’tiqod qiluvchi 1,2 milliard axoli dunyoning 120 mamlakatida istiqomat qiladi. Osiyo va Afrikaning 52 mamlakatida islom dini davlatning mafkuraviy asosi deb e’lon qilingan.1

Islomda uch yo’nalish-sunniylik, xorijiylik va shialik shakllangan bo’lib, 92 foizni tashkil etuvchi sunniylar to’rt mazxabga bo’lingandir. Jumladan, xanafiylar 47 foiz bo’lib, Indoneziyadan, janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridan to Turkiyagacha; shofeiylar 27 foiz bo’lib, shimoli-sharqiy Afrikada; molikiylar 17 foiz bo’lib, shimoli-g’arbiy Afrikada; xanbaliylar 1,5 foiz bo’lib, Saudiya Arabistonida istiqomat qilishadi.2

Islomdinida shariat muhim o’rintutadi. Shariat axloqiy, xuquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qonun-qoidalar majmui bo’lib, uning asosiy manbai Qur’ondir.

Sharqda esa IX-XII asrlarda o’z mavqeini yanada mustahkamlashga muvaffaq bo’lgan islom dini siyosatni o’ziga tob’e etibgina qolmay, u bilan uyg’unlashib xam ketdiki, bu xol bu yerdagi siyosiy rejimlarni zaiflashtirish u yoqda tursin, aksincha, ularning sezilarli darajada mustahkamlanishiga, jamiyatning jipslashuviga, fan va madaniyatning gullab-yashnashiga yordam berdi va shu bilan birga Sharq Uyg’onishining tamal toshi qo’yilishiga imkon tug’dirdi. Islom vujudga kelgan davrda din siyosatdan, xuquqdan, falsafadan ajralmagan xolda edi.3

Tarixda, shu jumladan, g’arblik tarixchilarning guvohliklari bilan avvalgi musulmonlar yer yuzida tarqalib, xalqlarga Islom da’vatini yetkazganlar. Shu bilan bir vaqtda o’sha yerdagi o’zlari uchratgan ilm-fan, madaniyat va san’atni o’rganganlar. Ularning ilmga bo’lgan qiziqishi shu narsalar yozib qoldirilgan manbalardan o’rganishga undagan. Professor Sedilat o’zining “Arablar tarixi” kitobida shunday deydi: “Musulmonlar o’rta asarlarda ilm, fan va falsafada yagona edilar. Ular bu narsalarni qadamlari qayerga yetsa, shu yerga tarqatdilar. Bu narsalar ular orqali Ovrupoda ham tarqaldi. Ovruponing uyg’onishi va taraqqiyotining asosiy sababchilari ham musulmonlardir”4.

Valfrad Kantvel bunday yozadi: "Musulmonlar g‘alabasi dinlari hisobiga bo‘lgan ichki g‘alaba edi. Chunki musulmonlar birgina urush maydonida g‘alaba qozongan yoki hayot tarmoqlarini hammasida ta’sir qilibgina qolmadilar, balki umumiy suratda hayot yo‘lini yangicha tuzishda va bu yo‘nalish yoxud madaniyatga o‘ziga xos ko‘rinish berishda ham g‘alaba qozongan edilar. Islomiy madaniyatning paydo bo‘lishida arab, yunon, o‘rta sharqdagi somiylar madaniyati, erondagi sosoniylar va hindiylar unsurlariga o‘xshash bir qancha omillar katta hissa qo‘shgan. Musulmonlarning o‘tkirligi ana shu turli omillarni -ular o‘zi xususiyatini yo‘qotmasdan turib - tartiblash, yangi qolipga solish va hayotga mos yo‘lga solishda namoyon bo‘ldi. Bu omillarni rivojlantirgan, takomillashtirgan va unda boqiylik kuchini yaratgan Islomdir. Islom asli va tarkibiy tuzilishidan qatiiy nazar hayotning barcha tarmog‘iga Islomiy ko‘rinish berishga muvaffaq bo‘ldi. Islomiy yo‘l hayotga, jamiyatga birlik va kuch yaratdi. Bu birlashgan kuchning paydo bo‘lishida Islom qonunining o‘rni katta edi. Islom qonuni ibodatdan tortib to mulkchilik va hukmgacha bo‘lgan hayot bo‘laklarining hammasini, o‘ziga xos keskin harakati ila tartibga soldi. Chunki Islom qonuni Kortovadan Maltangacha cho‘zilgan Islomiy jamiyatni bir-birga bog‘lagan birlashgan kuch edi. Islom qonuni Islomiy jamiyatdagi shaxslar uchun birlik yaratdi. Islom qonuni dunyoviy ishlarni manfaatli ishlarga aylantirdi. Jamiyat taraqqiyoti uzoq cho‘zilishi uchun Islom qonuni birlikni har zamon davom etadigan qildi. Islom tarixi ko‘plab podshoh va sultonlarni ko‘rdi. Qanchadan qancha hukumat tuzilib, qancha hukumatlar quladi. Biroq hukumatlarning turishi yoki qulashi yer yuzidagi ijtimoiy hayotning Ilohiy ta’limotlarga ko‘ra yurishiga ta’sir qilmasdi." 1

Musulmonlar o’zlari kirib borgan yurtlardagi ilmiy kitoblarni boshqalarga o’xshab yo’q qilib kuydirib yubormanglar, balki ularni to’plab, katta-katta ilmiy markazlar qurganlar. Shu kitoblar yozilgan tillarni biluvchi kishilarni yordamga chaqirib, ularni tarjima qildirganlar. Tarjimonlarga esa, qilgan ishlari uchun juda katta miqdorda mol-dunyo berganlar. So’ngra esa, o’sha kitoblarni o’qib o’rganishga va hayotga tatbiq qilishga bel bog’laganlar. Bu ulkan ishlarga ularga musulmon podshohlar, amirlar va davlatmandlar yaqindan yordam berganlar. Shunday qilib, grek va rimliklardan so’ng, ilm sultoni musulmonlar qo’liga o’tgan. Ularning oliy o’quv yurtlari barcha xalqlarning foyda va ilm oladigan markaziga aylangan. (1- ilova)

Niyu-York dorilfununining professori Driber o’zining “Ilm va din o’rtasidagi tortishuv” nomli kitobida shunday deydi: “Musulmonlarning ilm bilan shug’ullanishlari 638 yili Iskandariya shahrini qo’lga olishlaridan so’ng boshlangan. Ya’ni, Muhammad payg’ambarning vafotidan 6 yil o’tgandan so’ng. Shu vaqtdan boshlab ikki asr o’tmay greklarning barcha ilmiy kitoblarini chuqur o’rgandilar va to’g’ri baholadilar. 813 yili Ma’mun xalifa bo’lganidan so’ng, Bag’dod shahri yer yuzidagi ilm poytaxtiga aylandi. Bu xalifa Bag’dodga behisob kitoblar to’pladi, ulamolarni yig’di va ularga zo’r hurmat ko’rsatdi”.Bu ma’lumotdan shunisi malumki islom dini jamiyat hayotida ilk o’rta asrlardan beri ta’sir ko’rsatib kelmoqda.

Soiolog professor Gustav Lugon o’zining “Arab sivilizatsiyasi” kitobida islom dini va arablarning dunyo tarixida olib borgan o’zgarishlari haqida o’z qarashlarini namayon etgan: “Sharq ko’pgina xalqlarga bo’ysungan-fors, rim va boshqalarga. Bu xalqlarning siyosiy ta’siri kuchli bo’lsa ham madaniy ta’siri bo’lmagan. Fors, Rim va boshqa xalqlarning Sharqda qila olmagan ishlarini arablar tezda va hech bir majbur qilmasdan amalga oshirdilar. Ular Misrda nimani amalga oshirgan bo’lsalar, bayroqlari ustida hilpirab turgan Afrika, Suriya, Fors kabi boshqa yurtlarda ham amalga oshirdilar.1 Ular yo’l-yo’lakay kirib o’tgan Hindistonda ham ulkan ta’sirlarini qoldirdilar. Hatto, faqat savdo uchun qadamlari yetgan Xitoyda ham ulkan ta’sir ko’rsatdilar. Tarixda bunday zo’r ta’sirga ega bo’lgan arablardan boshqa hech bir xalq yo’q. Arablar bilan aloqada bo’lgan xalqlar ularning madaniyatini qabul qilganlar. Arablarning Sharqqa ko’rsatgan ta’siri faqat diyonat, til va san’at bilan chegaralanib qolmay, balki ularning ilmiy, madaniy ta’sirlari ham ulkan bo’lgan. Arablar Hindiston va Xitoy bilan bo’lgan aloqalari davomida ko’pgina ilmiy-ma’rifat ta’sirini qoldirganlar1.

Darhaqiqat, bu yanglig‘ benazir birlik qadriga yetgan ba’zi g‘arblik qalamkash va mutafakkirlar, bu birlikni o‘ta olqishlaganlar. Jumladan Himaltan Gab bunday deydi:

"Islom siyosiy, ijtimoiy va diniy birlik shaklida namoyon bo‘lgan intizomli tasavvurdir. Bu tasavvur keng vaqt va keng joyni qamrab oladi. Uning turli xususiyatlari hamma joy va hamma vaqtlarda ijtimoiy va mahalliy siyosat bilan aralashishiga qarab ko‘rinish berdi. Misol uchun: Shimoliy g‘arbiy afrikadagi Ispaniya, g‘arbiy Osiyodagi Islom markaziga bog‘liq edi. Ispaniya madaniyati Islom markazi madaniyatining bir qismi edi. Shu bilan birga Ispaniya turli maydonlardagi o‘ziga xos xususiyatlari orqali g‘arbiy Osiyoga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shuningdek, hindiston qit’asi, Indonesiya, Rusiya janubidan to Xitoy hududigacha cho‘zilgan dasht mintaqalariga o‘xshash avtonom mintaqalar ham o‘z muhitiga xos xususiyatlarga ega edi. Biroq bu mintaqalarning barisi bir qarashdayoq Islomiy jamiyatligi ko‘zga tashlanardi". 2

Arablarning Sharqqa bo’lgan ta’siri ulug’ bo’lganidek, G’arbga ham ta’sirlari ulug’dir. Ovrupo sivilizatsiyasi arablar oldida qarzdordir. Arablarning G’arbga bo’lgan ahamiyatini bilish uchun arablar o’z sivilizatsiyasini Ovrupoga kiritishdan avval, u yerda ahvol qanday ekanligini anglamasdan oldin baholash qiyin. Agar IX milodiy asrga qaytadigan bo’lsak, bu vaqtda arablarning Andalusiyadagi (Ispaniya) madaniyati o’z cho’qqisiga chiqqan edi. Shu vaqtda G’arbdagi madaniyat o’choqlari vahshiy feodal pomeshchiklarning qarorgohi bo’lib, ular o’zlarining savodsizligini his qilgunicha ko’p vaqt o’tdi. FaqatXI-XII asrlardagina ilmga rag’bat paydo bo’ldi. Ovrupoda jaholat kafanini ustidan olib tashlashni xohlovchi odamlar paydo bo’lganda, arablarga qarab yuzlandilar”.

Davlat va jamiyat xayotida taraqqiyot talablariga to’la javob bera olmayotgan islomiy mafkuraga muqobil dunyoviy mafkuraga extiyoj asta-sekinlik bilan shakllana boshlagan. Bunda birinchidan, musulmon ruxoniylarni inkor etib, ularni ijtimoiy xayotdan asta-sekin siqib chiqarish, ikkinchidan ularning moddiy-iqtisodiy zaminini yemirishni ko’zlagan vaqf mulklarini qisqartirishga qaratilgan tadbirlardan iborat usullardan foydalanildi1.

Islom dini siyosiylashuvi diniy tashkilotlarni ham o’rni mavjud. Bu tashkilotlar islom dinini rivojlanishida o’z xissasini qo’shib borishmoqda.

Islom konferensasi tashkiloti (IKT)-hukumatlararo xalqaro Islom tashkiloti hisoblanadi. Unga 1969 yili, Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining Rabot (Marokash) shahrida bo’lgan birinchi uchrashuvida asos solingan.

Islom mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining 1972 yili Jidda (Saudiya Arabistoni) shahridagi uchinchi anjumanida ta’sis etilgan va Nizomi qabul qilingan.

Hozirgi paytda IKT 56 ta musulmon mamlakatni, shu jumladan, Falastin Ozodlik tashkilotini birlashtirgan. O’zbekiston Respublikasi ham 1996 yildan boshlab IKTga a’zo. Tashkilot 1975 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida kuzatuvchi maqomiga ega.2

IKTning rahbariy organlari-har uch yilda bir marta chaqiriladigan davlat va hukumat boshliqlari konferansasi, har yili yoki zarur hollarda favqulodda chaqiriladigan tashqi ishlar vazirlari konferensasi hamda Bosh kotib rahbarligida faoliyat olib boradigan kotibiyatdir.

Islom konferensasi tashkilotning faoliyati musulmon mamlakatlariga iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotda, ilmiy-texnikaviy ishlarda yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan. Tashkilot kotibiyati tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy, fan va texnika, xalqaro munosabatlar, axborot, inson huquqlari va boshqa bo’limlar ishlab turibdi. Shuningdek, u Islom dinini targ’ib qilish, masjidlar qurish, maktab va shifoxonalarga yordam ko’rsatish kabi xayriya ishlari bilan ham shug’ullanadi.

Tashkilot hududi, iqtisodiy salohiyati, to’plagan boyliklari, xalqaro doiralardagi obro’yi, siyosiy tuzilmasi va boshqaruv tizimidan qat’i nazar, deyarli barcha musulmon mamlakatlarini birlashtirgan. U asosiy yo’nalishni Islom birdamligini va o’zaro hamkorligini mustahkamlashga, ayni paytda har bir davlat BMT doirasida, jahon hamjamiyati bilan birgalikda o’zining milliy manfaatlariga javob beradigan mustaqil siyosat yuritishini ta’minlashga qaratmoqda.

IKT qoshida bir necha mustaqil tashkilotlar ishlab turibdi. 1974 yili tashkil etilgan Islom Taraqqiyot banki shular jumlasidandir. Qarorgohi Jidda shahrida bo’lgan bankning asosiy maqsadi musulmon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida yordam ko’rsatishdir. Islomda foiz, ribo harom bo’lganidan bank ham, mijozlar ham foizsiz ishtirok etishadi. Bankning yiliga beradigan o’n milyardlab dollarli qarzlari a’zo mamlakatlarda infratuzilmalar tuzish va kengaytirish, aralash korxonalarni va tashqi savdo bitimlarini sarmoyalash, ularga texnikaviy yordam ko’rsatish kabi maqsadlarga yo’naltiriladi. Bank O’zbekistonda ham turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy dasturlarni amalga oshirishga mablag’ ajratmoqda. Saudiya Arabistoni, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt kabi mamlakatlar bankning eng yirik iqtisodiy ta’minotchilari hisoblanishadi.

Islom olami uyushmasi (ligasi)-”Robitai Olami Islomiyya” jahondagi nufuzli, obro’li xalqaro Islom tashkilotlaridan biri. U dunyoning turli mintaqalari va mamlakatlaridagi taniqli yirik Islom uyushmalari va din arboblarini birlashtirgan. Uyushmaga 1962 yil may oyida Saudiya Arabistonining Makka shahrida bo’lgan Islom dini arboblarining xalqaro konferensasida asos solingan. Qarorgohi Makka shahrida.1

Uyushmaning oliy organi- “Ta’sis kengashi” bo’lib, unga jahonning turli mamlakatlaridan oltmishdan ziyod mashhur diniy arbob kirgan. Ta’sis kengashi ishini ko’pincha Saudiya Arabistonidan saylanadigan Bosh kotib rahbarligidagi kotibiyat boshqarib, muvofiqlashtirib turadi.

Uyushma qarorlari odatda tavsiya xarakterida bo’ladi. Uning majlislari yiliga bir marta chaqiriladi. Uyushma nizomiga ko’ra, uning asosiy maqsadi “Islom ta’limotini butun dunyoga tarqatish”dir.2 Uyushmaning asosiy e’tibori Islomni targ’ib qilish, musulmonlar birdamligini mustahkamlash, masjid-madrasalar qurishga ko’maklashish, haj ziyoratini tashkil etishga qaratiladi.

Saudiya Arabistonining uch yirik shahri-Fayoz, Madina va Jiddada uyushmaning bo’limlari ishlab turibdi. YAna jahonning o’n uch joyida-Ammon (O’rdun), Jakarta (Indoneziya), Kuala Lumpur (Malayziya), Nuakshot (Mavritiya), Dakar (Senegal), Parij (Fransiya), Nuy-York (AQSH) va boshqa yerlarda uning vakolatxonalari mavjud. Bundan tashqari dunyodagi barcha musulmon mamlakatlarida uyushmaning maxsus vakillari bor.

Islom Olami uyushmasi BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi hamda YUNESKO huzurida maslahat berish huquqini olgan. U BMTning Bolalar jamg’armasi (fondi)ga badal o’tkazib turadi.1

Uyushmaning tashabbusi bilan chaqirilgan Jahon Islom tashkilotlarining Xalqaro konferensasi (Makka, 1974 yil) yer kurasidagi Islom tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish Oliy Kengashini ta’sis etdi. Islom ommaviy axborot vositalari jahon konferensasi esa (Jakarta, 1980) Islom OAVi Oliy Kengashini tashkil qildi. Islom Olami uyushmasi rahbarlari har ikki tashkilotda ham yetakchi mavqeni egallashgan.

Uyushma arab tilida “Axbor ul-olam al-Islam” (Islom olami axboroti) haftalik gazetini hamda arab va ingliz tillarida “Robita ul-olam al-Islom” jurnalini muntazam nashr etadi. Bundan tashqari uyushma keng miqyosda targ’ibot va xayriya ishlarini olib boradi.

Xulosa qilib aytgandanda islom dini vujudga kelishi va yoyilishi vaqt va jamiyat hayoti uchun kerakli davr edi. Chunki islom dini vujudga kelgan payt yer yuzidagi ko’p xalqlarda yangi ishonchli dinga extiyoj nmavjud bo’lgan.



Yüklə 310,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə