Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati va tarix fakulteti jahon siyosati kafedrasi


Islom dinining siyosiylashuviga doir zamonaviy yondashuvlar



Yüklə 310,27 Kb.
səhifə2/4
tarix01.11.2017
ölçüsü310,27 Kb.
#7623
1   2   3   4

1.2. Islom dinining siyosiylashuviga doir zamonaviy yondashuvlar
Jamiyat tafakkuri tarixida diniylik va dunyoviylik ikki qarama-qarshi, bir-birini inkor qiluvchi tamoyil sifatida anglanib kelindi, ular o’rtasidagi munosabatda ham shunday qarash hal qiluvchi rol o’ynadi. Diniylik haqiqiy, abadiy dunyo deb g’ayri-tabiiy dunyoni tan oladi, insonning tabiiy dunyodagi hayotini abadiy dunyoga o’tish vositasigina deb qaraydi. Dunyoviylik esa reallikdan kelib chiqib, asosiy e’tiborini moddiy olamga qaratadi, insonning moddiy dunyoga moslashishiga, uni o’rganish va o’zgartirish asosida hayot sharoitlarini yaxshilashga undaydi. Diniylik va dunyoviylik qarashlari mohiyatan o’zaro qarama-qarshi bo’lsalar-da, bir-biriga ta’sir qilib, ba’zan bir-birini to’ldirib, bir-birlarining qarashlaridan ma’lum darajada ta’sirlanib kelishgan.1

Bugungi kunda “ikki qutbli mafkura” o’rtasidagi kurash barham topgan bo’lsada, ammo butun dunyoda mafkuraviy kurashlar to’xtagani yo’q.

Aksincha, jahon maydonlarini mafkuraviy bo’lib olishga o’rinishlar turli yo’llar bilan sodir bo’lmoqda. Dunyo har xil darajadagi davlatlardan tashkil topgan. Shu sababli yuksak darajada rivojlangan davlatlar mustaqil taraqqiyot yo’lini tutgan yangi davlatlarga o’z ta’sirini o’tkazishga harakat qiladi. Davlatimiz rahbari IslomKarimov ta’kidlaganidek, “Qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o’z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi bo’lgan mamlakatlarning aholisi ongini o’ziga qaram qilishga intiladi”2. Jahon geosiyosati daxalqlarning ma’naviy-mafkuraviy jihatdan tobe etishga intilishlar davom etmoqda. Buning uchun hozirgi zamon ommaviy axborot vositalaridan hamda har xil markazlar, ayni paytda o’zaro hamkorlikka yo’naltirilgan ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy vositalardan foydalanish orqali dunyoning turli hududlarida o’zigaxos mafkuraviy muhitni shakllantirish maqsadlarni ham ko’zlanmoqda.

Dinning o’ziga hos mafkura sifatida qaror topishi ham jamiyatning ijtimoiy differentsiatsiallashuvi natijasida voqe bo’ladi. Diniy g’oyalar u yoki bu darajada tizimga tushganda, ma’lum maqsad va manfaatlar asosida shakllangandagina diniy mafkura to’g’risida gapirish mumkin. Shundagina u ta’limot (doktrina) sifatida boshqa mafkuraviy tizimlardan farqlanadi va ular bilan munosabatda bo’ladi. Ungacha bo’lgan g’oya, qarashlarni dunyoqarash tushunchasida ifodalash o’rinlidir. 1

Din inson moddiy va ma’naviy hayotining barcha tomonlari muammolari bilan bog’liq holda o’ziga xos dunyoqarash sifatida shakllanadi. Jamiyatning differentsiatsilashuvi, davlatlarning paydo bo’lishi dinning mafkura sifatida mustahkamlashib borishiga imkon tug’diradi. Diniy mafkura ijtimoiy hayot talablariga, muammolariga u yoki bu kuchlar tomonidan berilgan javob, yechimdir. Uning shakllanishida o’z davrining dunyoviy, jumladan, fantastik, falsafiy tasavvurlari muhim rol o’ynagan, dunyoviy bilimlarning yetarli bo’lmaganligi oqibatida din dunyoning tuzilishini, tabiat, jamiyat, inson hayotidagi kechadigan hodisalarning mohiyati, sabablari, ularning inson manfaatlari yo’lida hal qilish usuli, yo’llari masalalari bilan shug’ullangan. Turli guruhlar (sinflar, millatlar, davlatlar) diniy qarashlarining rivojlanishida, uning g’oyalarini talqin qilishda dunyoviy manfaatlaridan kelib chiqqanlar.2

Globalizatsiya jarayoni butun insoniyatga ijobiy hodisalar olib kelishi bilan birga o’zining salbiy qirralarini ham namoyon qilayotgani ko’p ta’kidlanmoqda.Umuman olganda, bu jarayon kecha yoki bundan o’n yil avval boshlangani yo’q, balki insoniyatning uzoq o’tmishiga borib taqaladi. Kunimizda dunyoning turli chetlariga Islom diniga e’tiqod qiluvchi musulmonlarning yoyilib ketishi ham bevosita ushbu jarayon samarasi hisoblanadi. Islom tezlik bilan butun olamga tarqaldi va globalizatsiya jarayoning yorqin namunasiga aylandi. Islomning globalizatsiya jarayoni yordamida din sifatida tarqalishi ko’proq bugingi kunimizga va yillar davomida islom dinini tushunib qabul qilgan shaxslar bilan bog’liq. Islom o’z zuho’rining dastlabki yillarida globalizatsiya jarayonini kutib o’tirmadi, balki hidoyat bayrog’i ostida amalga oshirilgan fath yurishlari bilan harakatlandi. Islomning globalizatsiyasi ko’proq bugunki kunimizga xos. O’rta asr sharoitida durli din, millat, irq vakillarining integratsiyalashuv jarayoni, ishchilar migratsiyasi va axborot almashinuvi bugungiga qaraganda juda past bo’lgan. Yuqoridagi tushunchalar, asosan, kapitalistik munosabatlarni rivojlanishi hamda ularning “chegara bilmas” harakati bilan bog’liq.1

Globaliztsiya jarayonlari o’sib borishi bilan fanga “dinlararo muloqot”, “dinlar to’qnashuvi”, “madaniyatlar kurashi”, “demokratiya eksporti” kabi tushunchalar kirib keldi. Bular ichida ayniqsa “ dinlar to’qnashuvi “ tushunchasi muhim bo’lib, quyida bu mavzuda keltirilgan g’arb olimlarining qarashlari hamda islom ta’limotinig bu borada insoniyatga taqdim etgan haqiqatlarini tahlil qilamiz.

Sivilizattsiyalar to’qnashuvi konseptsiyasi ijodkorlaridan biri bo’lmish mashhur amerikalik siyosatshunos Samuel Hantington o’zining “Sivilizattsiyalar to’qnashuvi” (The clash of sivilizations) asarida mazkur muammoni sotsiologik tahlil qiladi. Uning fikricha insoniyat tarixida bugungacha kechgan urushlarni quyidagicha tasnif qilsa bo’ladi:2

- Vestfaliya sulhidan keyingi barcha urushlar va nizolar podshohlar manfa’ati bilan bog’liq edi. Ularning urushishdan maqsadi o’z yerini kengaytirish, xazinasini boyitish yohud mag’lub mamlakatni o’ziga tobe’ qilishga qaratilgan edi.

- 1893-yilgi Fransuz inqilobidan keyin urushlar millatlar manfa’ati o’rtasida kechadigan bo’ldi. R.R Palmerning ifodasi bilan aytganda “qirollar o’rtasidagi urush tugadi va endi xalqlar o’rtasida urush boshlandi” voqe’asi sodir bo’ldi. Endigi urushlar millat, xalq manfa’ti darajasiga ko’tarildi.

- Yuqoridagi holat 19-asr davomida saqlanib qoldi. Bunga birinchi jahon urushi barham berdi. Keyinchalik, rus inqilobi “Mafkuralar o’rtasidagi kurash” tushunchasi bilan xalqlar o’rtasidagi kurash tushunchasini siqib chiqardi.

- 20-asrning boshlarida bu g’oyaviy kurashlarning asosiy tomonlari kommunizm, fashizm va kapitalizm edi. Ikkinchi jahon urushi o’rtadan fashizmni chiqarib yubordi va natijada kommunizm va kapitalizm frontlari qoldi. Butun 20-asr davomida “ikki qutb” ostida ularning adovati saqlanib keldi va bu qaramaqarshilik faqatgina Sobiq ittifoqning qulashi bilangina barham topdi.

S.Hantingtonning fikricha endigi nizolar hazoralar va ularning asosini tashkil qiluvchi dinlar o’rtasida bo’lishi kutilmoqda. U o’zining bunday qarshalarini quyidagicha isbotlaydi: “Kelajakning eng ahamiyatli nizolari madaniyatar o’rtasidagi bo’linish chiziqlarida ro’y beradi.1

Klassik nizolarda odatda “Kim tomondasan?” degan savol qo’yilardi va inson esa qaysi tomonda ekanligini tanlash va hatto uni o’zgartira ham olar edi. Hazoralar to’qnashuvida esa “Sen kimsan?” degan savol qo’yiladi. Bu yuqoridagi in’om etilgan narsa o’zgarmasligi haqida gap bormoqda. Biz buning javobi Bosniya, Kavkaz va Sudanda qanday “yangraganini” ko’rdik. Din etnik tegishlilikdan ko’ra insonlarni yanada ko’proq bo’lib yuboradi. Inson yarim-fransuz va yarim-arab yohud ikki mamlakat fuqorosi bo’lishi mumkin, lekin yarim-katolik yoki yarim-musulmon bo’lishning imkoni yo’q”2.

Birinchi va ikkinchi jahon urushi oralig’ida hamda urushdan keyingi davrlarda Islom dini musulmon olamida mustamlakachilikka qarshi kurashlarda asosiy o’rinni egallab kelgan bo’lsa, o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab islomdan siyosiy maqsadlarda foydalanish hollari yuz berdi. Bu hol ilk bor 1950-1960 yillarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarni boshidan kechirgan Misr, Suriya va Iroq kabi davlatlarda ko’zga tashlandi. 1980 yillarning oxirlariga kelib esa radikal xarakterga ega bo’lgan islomiy tashkilot va partiyalardan xoli bo’lgan biror bir musulmon davlati qolmadi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Islom dunyosida kechayotgan barcha jarayonlar g’arb siyosatdonlarining diqqat markazida turganligi ham hech kimga sir emas. Islom va musulmon olamini tadqiq qilishda kuzatuvchi va tahlilchilar asosiy urg’u beradigan jihat geosiyosat hisoblanadi. Ayrim musulmon mamlakatlarida kuzatilayotgan qashshoqlik ulardagi tabiiy resurslar yoki ishchi kuchining yetishmayotganidan emas, balki ilmiy-texnologik infratuzilmalarining kuchsizligidandir. Hozirda musulmon davlatlari siyosiy va iqtisodiy rivojlanish borasida g’arbdan orqada qolgan bo’lsa ham, ilgari madaniy-ma’rifiy jihatdan g’arbdan ancha yuksak bo’lgan. Yaqin o’tmishda u o’zining chuqur ildizli madaniyati, urf-odati va an’analari tufayli musulmon olami xalqlari dahriylikka asoslangan kommunistik tuzum tashviqotiga qarshi turishda g’arbliklarga nisbatan zabardastroq bo’lishgan. Bu borada Amerika Qo’shma Shtatlari sobiq prezidenti Richard Nikson: “Bu sinovlarga islom dini har tomonlama nasroniy dinidan ko’ra ko’proq qarshi turgan”1, degan edi.

Islom dinida bir xalq yoki shaxs boshqa xalq yoki shaxsdan nasl-nasabi yoki millati bilan emas, balki dinga bo’lgan qiziqishi, ilmiy saviyasi, ko’rsatgan xizmati, din va ilm yo’lida qilgan say’-harakati bilan ustun sanaladi. Muhammad Payg’ambar: “Bordiyu ilm surayyo yulduzida bo’lganida, uni forslardan bo’lgan kishilar ilib ketgan bo’lardi”2, dedilar.

Islom dini XX asr oxirlariga kelib, o’z nufuzi va mavqeiga ko’ra, yer kurrasida xristianlikdan so’ng ikkinchi o’rinni egalladi. Hozir islom diniga deyarli 1,5 mlrd. kishi e’tiqod qilmoqda. Agar islom dini paydo bo’lgan davrlarda asosan Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan bo’lsa, XX asrning oxirlariga kelib Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikaning qator mamlakatlariga yoyilgan. Buning obyektiv va subyektiv sabablari mavjud.

Obyektiv sababi shundaki, islom dini yahudiylik, xristianlik dinlarining ijobiy jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan, diniy e’tiqod va sig’inishlarni inson hayotining turli holat va vaziyatlariga moslashtira olgan hamda diniy e’tiqod qulayligini ta’minlaydi. Shu bois u Yevropa va Shimoliy Amerikaning muqaddam xristianlik yoki yahudiylik e’tiqodida bo’lgan yoxud diniy e’tiqodi umuman bo’lmagan fuqarolarining aksariyatini o’ziga jalb eta olgan. Ayni vaqtda ham islom diniga kirishYevropa va Shimoliy Amerikada muayyan udumga aylanib bormoqda. Bu hol, tabiiyki, boshqa diniy konfessiyalar rahbariyatini tashvishlantirmoqda. Ular islom e’tiqodini qabul qiluvchilar nufuzining ortib borishi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida islom qadriyatlarining ustuvorligiga olib kelishi boshqa diniy konfessiyalarning mavqeini zaiflashtiradi deb xavotir olmoqdalar. Aslida bunday tashvishlar o’rinsizdir. Haqiqiy islom kishilar o’rtasida mehr-oqibat, poklik, halollik, shafqat, rahmdillik, xayr-saxovat, adolat va insof kabi qadriyatlarni e’zozlaydi, insonni ezgulikka undaydi. Islom dini niqobi ostida ish ko’ruvchilar, g’araz maqsadli siyosiy kuchlar, turli ekstremistik elementlar bundan mustasnodir. Din niqobida ish ko’ruvchi manfur, terrorchi kuchlar islom e’tiqodining millionlab kishilar qalbiga kirib borishi jarayonini aslo to’xtata olmaydi, aksincha, iymonli, diyonatli dindorlar ularni uloqtirib tashlaydilar va islom olamining ifloslanishiga yo’l qo’ymaydilar. Islom dini XXI asrga kelib jahon ijtimoiy-siyosiy sahnasida yirik siyosiy-g’oyaviy omil mavqeiga ega bo’la boshladi. Agar sobiq Ittifoq tuzumi davrida jamiyatda sekulyarizm (lotinchada-dunyoviy degan ma’noni anglatadi) va dahriylik (ateizm) siyosati hukmron bo’lgan bo’lsa, Markaziy Osiyoning mustaqillikka erishgan yosh davlatlari siyosatida sekulyarizm birmuncha yumshatildi, diniy e’tiqodga erkinik berildi. Natijada islom dini siyosiy hayotga aralashish imkoniga ega bo’ldi.

Hozirgi kunda jahon aholisining har beshtasidan bittasi Islomga e’tiqod qiladi. Oxirgi 50 yillikda Yer yuzining musulmon aholisi soni 235% ga o’sdi va hozirgi kunda 1.6 milliardni tashkil etmoqda. Islom e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan hatto, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniyada ham ikkinchi dinga aylandi. Rossiyada esa 16 million musulmon istiqomat qiladi.Boshqa manbalarda Rossiya musulmonlari soni bir qancha ko’pdir. BB ga ko’ra (1999) Rossiyada 26 million musulmon istiqomat qiladi.

Jahon mamlakatlarida musulmonlarning umumiy soni quyidagicha. Hozirgi kunda dunyo aholisining qariyb 5/1 qismi (1.2 milliarddan ko’proq) Islom diniga e’tiqod qiladi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilarning ko’pchiligi Osiyoda, asosan Yaqin Sharq mintaqasida istiqomat qiladi.(2-ilova)

“Islam and Muslims” maqolasida yozilishicha, Islom dunyodagi eng katta ikkinchi din bolib, unga 1.3 milliard odam e’tiqod qiladi. Amerika Qo’shma shtatlarida esa Islom eng tez rivojlanayotgan din bolib, hozirgi kunda u mamlakatda 1200 dan ortiq masjid va islomiy markazlar mavjud. Shuningdek, Islom Yevropada ham SHimoliy afrikalik immigrantlar hisobiga rivojlanmoqda1.

http://www.adherents.com2 saytining ma’lumotlariga ko’ra Xristianlik 2.1 milliard, islom 1.3 milliard, dinsizlar: 1.1 milliard, hindiuizm 900 million Xitoy milliy dinlari 394 million kishini tasghkil qilmoqda

http://www.religioustolerance.org saytining yozishicha hozirga kelib boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar pasaygani holda Islomga e’tiqod qiluvchilar soni osgan.

Xristianlik-2,039 million 32% (pasaygan)

Islom-1,226 million 19% (o’sgan)

Hindiuizm-828 million 13% (stabil)

Dinsizlar-775 million 12% (pasaygan)

Xitoy millliy dinlari-390 million 6%3

Adherents.com saytining ma’lumotlariga ko’raXristianlik-2.1 milliard, Islom-1.3 milliard, Hindiuizm-0.9 milliard, British Broadcasting Corp. ga ko’raXristianlik-2.0 milliard, Islom-1.2 milliard, Hindiuizm-0.75 milliard tashkil qiladi.

Nafaqat Buyuk Britanyada, balki butun dunyoda mashhur bo’lgan Britanya ensiklopediyasining 1966 yilgi nashrida dunyo dinlari tarkibini shunday belgilagan: Xristianlik-1.9 milliard, Islom-1.1 milliard, Hindiuizm-0.78 milliard. 2010 yilgi nashriga ko’ra Xristianlik-2.0 milliard, Islom-1.2 milliard, Hindiuizm-0.8 milliard deb baxolngan.4

International Bulletin of Missionary Researchni ma’lumotiga ko’ra Xristianlik-2.0 milliard, Islom-1.2 milliard, Wikipedia Encyclopediada Xristianlik-2.1 milliard, Islom-1.3 milliard, Hindiuizm-0.9 milliardni tashkil etadi.

Oxirgi o’n yilliklar davomida, musulmon davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot, islom va siyosat, islom va demokratiya, zamonaviy davlatlarning siyosiy tizimida islomning o’rni va boshqa masalalar chuqur o’rganilishini talab etadigan hozirgi kunning dolzarb muammolari qatoriga chiqdi. Shuningdek, qadimdan bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy dini bo’lib kelgan islom mintaqa ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Islom dini nafaqat bizning mintaqa, balki dunyodagi millionlab kishilar hayotining turli sohalariga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Shuning uchun islom tarixi, islomdagi mazhab va oqimlar tarixi, islomning musulmon mamlakatlari tarixidagi o’rni va roli, islom ilmlarining rivojlanish bosqichlari, islom huquqining huquqiy va siyosiy tizimlarning shakllanishiga ta’siri ilmiy va amaliy nuqtai nazardan o’rganilishi nihoyatda katta ahamiyat kasb etmoqda.1

XX asrda dunyoning ikki tizimga bo’linishi tufayli yuqoridagi muammo vaqtinchalik ortga surildi. XX asrning oxirida kommunistik tuzum va mafkuraning mag’lubiyati sababli oldingi muammolar yana qalqib chiqa boshladi. Shulardan biri industrial davlatlar bilan rivojlanayotgan va qoloq davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlardir. Mazkur muammo turli ko’rinishlarda, xususan din sohasida ham o’ta keskin tus oldi.

XX asrning oxirlarida diniy ekstremizm diniy-siyosiy harakat sifatida avj oldi. Shuning uchun ekstremistik ruhdagi diniy oqimlar o’ta janggarilik, murosasizlik g’oyalari bilan qurollangan, dunyoviy g’oyalar va dindagi modernistik yo’nalish tarafdorlarini ta’qib etuvchi, hatto terrorchilik vositasida jismonan yo’q qilishgacha boruvchi ashaddiy aqidaparastlar harakati sifatida baholanadi.




2-BOB. YEVROPA DAVLATLARIDA ISLOM DINI SIYOSIYLASHUVINING ASOSIY TENDENTSIYALARI.
2.1. Yevropa davlatlarida islom dini tarqalishining jamiyat hayoti va taraqqiyotiga ta’siri.
Hozirgi kunda islom dini taraqqiyot jihatdan dunyoda eng tez tarqalayotgan din hisoblanadi. Rasmiy hisobot va statistika bilan shug’ullanuvchi va Islom dini tarqalishi borasidagi ma’lumotlarni jamlovchi markazlarni aylanganimizda biz bir holatga duch kelamiz. Bu holat o’z-o’zidan bizni islom dini doimiy himoyada va unga hech qanday zarar yetmaydi, uning ansorlari kamaymaydi va unga ergashganlar yo’q bo’lib ketmaydi degan fikrga va hotirjamlikka yetaklaydi. BMTning hisobotlariga ko’ra dunyodagi musulmonlarning yillik ko’payish nisbati bir yilda 6.4 foizni tashkil etadi.1 Shu vaqtning o’zida xristianlarning yillik ko’payish nisbati atigi 1 foizni tashkil etadi. Bu ba’zi tushkinlikka tushganlarning fikridan farqli o’laroq islom dinining keng ko’lamda tarqalib borayotganligiga katta dalildir.2

Hisobotlarga ko’ra islom dini jamiki e’tiqodlar orasida eng tez tarqalib borayotgan dindir.

1999 yilgi hisobotga ko’ra muslmonlar soni 1 miliard 200 milionga yetgan. Shuningdek islom dini hozirgi kunda jahonning barcha qit’alarida tarqalgan bo’lib 1997 yilgi hisobotlarga ko’ra muslmonlar adadi quyidagicha: Osiyoda 780 milion, Afrikada 308 milion,Yevropada 32 milion, Amerikada 7 milion, Avstraliyada 385 ming3

Bu hisobotlarni ko’zdan kechir ekanmiz Islomni tarqatishga xizmat qilayotgan xolisona da’vat harakatlari sababi ila Islom ahli ortib borayotganligi va bu dinga insonlar yakka tartibda va to’p-to’p bo’lib kirayotganligi ayon bo’ladi.

Islom dini Britaniya, Fransiya va Ispaniyada ikkinchi dinga aylandi. Islom markazlarining ma’lumotlariga ko’ra bir yilda 20 ming Amerikalik va 23 ming Yevropalik va 25 ming Britaniyalik Islom dinini qabul qiladi.1

Faqatgina Xitoyning o’zida 25 mingdan ortiq masjid bor. Shuningdek Yevropada ham 25 ming masjid bo’lib, musulmonlar doimiy ravishda masjidga ibodatga kelishadi. Nasroniylar esa aksincha so’nggi davrlarda cherkovlarga kam borishmoqda. Ushbu holat shu darajaga yetib bordiki, ba’zi Yevropa davlatlaridagi cherkovlardan biri ibodatga insonlarni chaqirish maqsadida musobaqa uyushtirib sovringa avtomobil qo’yishga majbur bo’ldi.

Bu holatga yorqin dalillardan biri bu Britaniyaning “Deli telegraf” gazetasi 2008 yil mart oyidagi sonida olib borilgan statistik ma’lumotlarga ko’ra masjidlarga borayotgan Britaniyaliklar soni Angliya va Uelsda cherkovga borayotgan Britaniyaliklar sonidan ko’p ekanligini e’lon qilishidir. Shuningdek mazkur gazeta agar ahvol shu ko’rinishda davom etsa 2020 yilga borib yakshanba ibodatiga keluvchi xristianlar soni 678 mingga kamayishligidan ogohlantirgan va bu yil jum’a namoziga tashrif buyurgan musulmonlar soni 683 mingga yetganligini aytib o’tgan2.

Germaniyada ham musulmonlar soni ko’paymoqda. Germaniyaning “De filt” kunlik gazetasining ma’lumotiga ko’ra Germaniyada 120 dona qo’shimcha masjid qurilishi loyihalari mavjud. “Der shpigel” gazetasining Svist shahridagi Islomiy meros markazi bayoniga asosan keltirgan ma’lumotiga ko’ra 2004 yil iyul oyidan 2005 yilning iyun oyigacha 4 ming nafar Germaniyalik Islomga kirgan. Bu ko’rsatgich 2003 yilgi ko’rsatgichdan 4 marotaba ko’pdir. “Bild” gazetasining Islomiy arxivlar markazi instituti bahsiga tayanib keltirgan ma’lumotlariga ko’ra 2004 yilda Germaniyadagi minora va qubbalarga ega bo’lgan masjidlar soni 141 donadan 159 donaga ko’paygan va yana 128 dona qo’shimcha masjid qurib bitkazilmoqda. Boshqa tarafdan “Bank Drezden” keltirgan ma’lumotga ko’ra kelasi yillarda Germaniyadagi 350 dona cherkovlarning 96 donasi o’z faoliyatini to’xtatadi va cherkov binolaridan boshqa g’arazda foydalaniladi. Bunga holga cherkovga keluvchilar soni kamayishligi sabab bo’ladi.

Kelajakni o’rganuvchi tashkilotlar hisobotiga ko’ra o’n yildan so’ng Niderlandiya aholisining uchdan biri musulmonlarni tashkil etadi.

Fransiyada esa 2004 yilda 50 ming Fransiyalik musulmon bo’lgan shu sababli bu yil islom yili deb nomlangan. Hozirgi kunda diniy marosimlarni ado etish uchun cherkovga boryotgan Fransiyaliklar soni atigi 7 foizni tashkil etmoqda. Ustiga ustak yil sayin Yevropa davlatlarida tobora kohinlarning Islomga kirish holatlari ko’payib bormoqda.1

Fransiya ichki ishlari vazirligining bayonotiga ko’ra bir yilda Fransiyada 3600 nafar shaxs islomga kiradi. Bayonotda musulmon fransuzlar islomga ko’proq rioya qiluvchi bo’lib ularning orasida jinoyatlar sodir bo’lishi kam bo’lishi keltirilgan. Hozirgi kunda Fransiyada 2300 dan ortiq masjid bo’lib musulmonlar soni 7 milionga yetdi va shu sababli Islom ikkinchi dinga aylandi. Ba’zi ehtimollarga ko’ra 2025 yilda Fransiya aholisining to’rtdan bir qismi musulmonlarni tashkil etadi va 2050 yilga kelib musulmonlar Yevropa aholisining 20 foizini tashkil etadi. Lekin ba’zi hisobotlarga ko’ra 2040 yilga kelib Yevropada musulmonlar ko’pchilikni tashkil etishi mumkin. Fransiyadagi “Jon Afrik”jurnalining keltirgan xabariga ko’ra imom Navaviyning “Qirq hadis” kitobi va uning fransuz tilidagi tarjimasi keng tarqalmoqda. Fransiyaning musulmon va musulmon bo’lmagan aholisi tarafidan islom dinidagi muqaddas hadislarga qiziqishlari sababli ushbu kitob sotilishi jihatidan Fransiya kutubxonalarida yuqori natijalar ko’rsatgan.

Germaniya g’arbidagi Hesn viloyatidagi Yashil partiyasi hukumat tarafidan viloyat maktablarida yo’lga qo’yilayotgan islom dinini o’rgatuvchi darsliklar o’qitilishini qo’llamoqda. “Der SHpigel” gazetasining xabariga ko’ra ushbu qaror hukumat va viloyat boshqarmalarining 15ta vakili va islomiy tashkilotlarning 14ta vakili o’rtasida olib borilgan muzokaralardan so’ng qabul qilingan.

Hattoki Shvetsiyada ham islom dini hukumat maktablarida o’qitila boshlagan. Stokgolmdagi islom markazi tayyorlagan bayonga muvofiq Islom dini Shvetsiyada ikkinchi dinga aylangan. Shu sababli hukumat ushbu dinni e’tirof etishga majbur bo’lgan va masihiylik dini bilan yonma-yon hukumat maktablarida o’qitilishiga ruxsat bergan. Shuningdek kelajakda Shvetsiyada Islom sohasiga xos universitetlar va institutlar ochilishi kutilmoqda.

2011 yilning 22 iyul kuni Norvegiyada mudhish hodisa yuz berdi: Breyvik degan kimsa mamlakatda islomga e’tiqod qi­luv­chi­lar­ning yashashiga norozilik bildirib, begunoh 77 ki­shini otib tashladi. Buni qarangki, uni nari borsa 21 yillik qamoq jazosi ku­tarkan.

Voqelik shuki, bugungi kun­da islom dinining nufuzi Yevropa mamlakatlarida ham ortib bormoqda. Masalan, Norvegiyaning 1,8 fo­iz, Shvesiyaning 5 foiz, Buyuk Britaniyaning 4,6 fo­iz, Fransiyaning 8 foiz, Ispaniyaning 3 foiz, Finlyandiyaning 0,8 foiz, Gollandiyaning 6 foiz, Belgiyaning 6 foiz, Avstriyaning 5,7 foiz, Germaniyaning 5,2 foiz aholisini1 islom diniga e’tiqod qiluvchilar tashkil etadi. Demak, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasini butun dunyoda targ‘ib etish insoniyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.

Isroil matbuotining xabar berishicha, Yevropa qit’asi shu asrning oxirida Islom diyoriga aylanadi.Isroilda chiqadigan “Ediot axranot” gazetasi. Xulio Miotining (Juliyo Mioti) “Islom dinining Yevropadagi istiqboli” deb nomlangan maqolasini o’z internet saytida nashr qildi. Unga ko’ra, Yevropashu asrning oxirida Islom diyoriga aylanadi. Muallif Yevropa aholisi tarkibida musulmonlarning ulushi ortib borayotganiga asoslanib, quyidagicha fikr bildiradi: “Hozirda musulmonlar Yevropa aholisining to’rtdan birini tashkil etadi. Agar bu holat shu tarzda davom etaversa, nasroniylar o’z dinlaridan sovishda va diniy mazhablariga nisbatan g’ayratsizlikda bardavom bo’lsa, tez orada nasroniy dini vakillari qolmaydi.Peshqadamlik esa musulmonlar qo’liga o’tadi”. Janob Mioti o’z maqolasida Islom dini Yevropa hamjamiyatining ko’plab mamlakatlarida, xususan, Golandiya, Belgiyada tarqalayotganiga ishora qildi.2

Bunday yuqori o’sish sur’atining sababi shuki, musulmonlar Islom dinining arkonlariga g’ayrat bilan amal qilishda boshqa din vakillaridan ajralib turadilar. Muallif maqolada Islom markazlari va masjidlarning tobora ko’payib borayotganini va ayni paytda nasroniylar jamiyat va muassasalar miqyosida tanazzulga yuz tutayotganini ham eslatib o’tgan, deb xabar beradi.

Polsha aholisi ko’pchiligi katoliklar.Polshaning musulmonlar bilan birinchi to’qnashuvi tatarlarning XIII asrda qilgan hujumi paytida yuz bergan. Polyaklarning tatar musulmonlaridan nemis bosqinining bostirilishiga yordam so’rashlari natijasida ular o’rtasidagi xusumat sulhga aylandi. Tatarlarning ko’pchiligi o’z diniy marosimlarini ado qilishga hurriyatlarini saqlab qolishsharti bilan polyak armiyasiga qo’shiladilar. Shu orqali Polshada birinchi musulmon jamoasi vujudga kelgan. XV asrda Polsha hududlari 2 islom davlati bilan: qrim-tatar musulmonlari davlati (poytaxti Bog’chasaroy, ruslar uni hozirda Stavropol deb ataydilar) va Usmoniylar davlati bilan chegaralangan. Ular va Polsha o’rta-sida ko’plab urushlar bo’lib turgan. Shunga qaramay musulmon jamoalari Polsha knyazlari tomonidan hurmatda bo’lganlar. Hozirgi kunda Polsha sharqidagi Lyublin shahrida masjidlar va madrasalar qurilgan.

Hijriy 10-asr (milodiy 16-asr)da salib yurishlari natijasida musulmonlar tazyiq to’lqinlariga yuz tutadilar va ularning ko’pchiligi Polshadan ko’chib ketadilar. Bu vaziyat Polsha va uning qo’shnisi bo’lgan mo’g’ul-tatar davlati o’rtasida aloqalarning keskinlashuviga olib keladi va milodiy 1640 yilda bu ikki davlat o’rtasida urush alanga oladi.1

Bunday urushlar Sulton Islom Jaroy III zamonida (1644-54 m.y.) takrorlanib turdi. O’zaro aloqalar Sulton Muhammad 4 Al-Tatariy davrida yaxshilandi. Polsha Litva bilan birlashgandan so’ng mo’g’ullarning ko’pchiligi Litva armiyasiga qo’shila boshlaydi va yurtdagi musulmonlar soni ortadi. Germaniya, Avstriya, Rossiya 18-asr oxirlarida Polshani bo’lib olganlarida, musulmonlar taqsim qilingan mintaqalarda tarqoq holda qolib ketadilar va ularning ko’pchilik qismi Rossiya imperiyasi ulushiga to’g’ri keladi. Birinchi jahon urushidan keyin Polsha yana davlat sifatida namoyon bo’ldi. Musulmon aholi soni o’sha paytda 100,000 kishini tashkil qilar edi. Ularning ahvollari yaxshilanib, masjid va madrasalar qura boshlaydilar. Mamlakatning shimoli sharqidagi Vilnyus shahri muftiylik markazi va Polshadagi Islom jamiyatining qarorgohi edi. Musulmonlar Varshavada masjid qurishga qo’l uradilar. Lekin bunga boshlangan ikkinchi jahon urushi to’sqinlik qiladi. Ikkinchi jahon urushidan chiqishi bilan Polshaning siyosiy ahvoli o’zgaradi. Mamlakat maydoni torayib, aholi soni kamayadi.1 Bu vaziyat Polsha musulmonlariga ham ta’sir qildi. Bu davrga kelib (1963 m.y.)ularning soni 11 ming kishi bo’lib, ulardan o’n minggi asli polshalik musulmonlar edi. 1971 yilda Polsha musulmonlari soni 15 mingga yetadi, so’ng bu miqdor ko’payib 20 ming kishini tashkil etgan.

Xalifalik va Vizantiya imperiyasi (Sharqiy Rim imperiyasi) davrida islomni kuch, zo’ravonlik bilan tarqatilgani mavzusi asosiy o’rinni egallaydi. An’anaviy maqolalar mualliflari yangi dinning tez yoyilishi sababini albatta mazkur da’vo bilan tushuntirmoqchi bo’ladilar. Bu Mavzu sobiq Rim papasi Benedikt XVI ning 2006 yil Regensburgdagi ma’ruzasida ham aytib o’tildi. Bunday fikrlar hech qanday ilmiy-tarixiy asosga ega emas. Bunga ishonch hosil qilish uchun o’rta asr musulmon tarixchilari hujjatlariga qo’shimcha ravishda Rossiya va Yevropa olimlarining ilmiy tadqiqot ishlariga murojat qilish mumkin.2

Vizantiya bilan musulmonlar o’rtasidagi birinchi qurolli to’qnashuvga G’assonilarning amiri Shurahbil tomonidan Muhammad savning elchilarini (629 yil) o’ldirilishi sabab bo’ldi. “Xalifalik tarixi” deb ataluvchi ko’p jildlik asar muallifi O.G. Bolshakov shunday yozadi: “Muhammad payg’ambar Busraga elchi yubordilar, yo’lda Mu’tada uni Shurahbil qo’lga olib o’ldirdi. Bundan xabar topgan Muhammad payg’ambar 3000 kishilik qo’shin to’plab o’zlari yaxshi ko’rgan Zayd ibn Sobitni qo’mondon qilib yubordilar. Zayd Ma’anga yetib kelganda yo’lni ko’p sonli dushman qo’shini to’sib turgani ma’lum bo’ldi. Shurahbil Irakliydan yordam so’ragan edi, imperator 100000 Vizantiya askarlarini yubordi. Bu tengsiz jang Muhammad payg’ambarning ko’plab sahobalarining halok bo’lishi va musulmonlarning ortga chekinishlari bilan tugadi. Shunday qilib Vizantiya fuqarolarining qo’qqisdan hujumlari Xalifalik bilan Vizantiya o’rtasidagi urushning boshlanishiga sabab bo’ldi. Birinchi jang Mu’ta g’azoti bo’ldi”.

Vizantiya boshlagan urush uning butkul mag’lubiyati va Rum imperiyasi Janubiy O’rtayer dengizidan ajrashi bilan tugadi. Musulmonlarning muvaffaqiyatiga ko’pgina narsalar sabab bo’ldi. Mashhur avstriyalik islomshunos G.E. fon Gryunbaum bu borada shunday yozadi: “Bu ichki hududlarda jangchi guruhlarning harakatchanligi, tuyalardan foydalanish arablarga qo’shinni kerakli joyga tez yetib borishini ta’minlardi.”

Shu bilan birga musulmonlar muvaffaqiyatini harbiy taktik sabablarning o’zi bilan tushuntirib bo’lmaydi. Bu paytgacha tarixda o’zlarini biror narsa bilan ko’rsata olmagan arablar ikkita butun jahon davlatlari-Eron va Vizantiya bilan tengsiz jang olib borar edi. Jangchi guruhlari qurollanishda va son jihatidan dushmanlaridan ortda bulganlariga qaramasdan ular har ikki urushda muvaffaqiyatga erishdilar. Shuning uchun fon Gryunbaum odillik bilan ta’kidlaydi: “Tan olish kerak musulmon qo’shinlarining yengilmasligi manbai sifatida dinni to’g’ri baholamaslik mumkin emas.”

Diniy va dunyoviy asosdagi bir qadar avtonomiya oqibatda dunyoviy xokimiyat va cherkov o’rtasida kurashni keltirib chiqardi. Yevropada butun o’rtaasrda davom etgan bu kurash Reformatsiyani vujudga keltirdi. Reformatsiya jarayonida (XVI asr) Yevropada ruxoniylar guruhisiz (iloxiyat xizmatchilari) yangi cherkovlar vujudga keldi.1 Dindorlar o’z oralaridan va’zchilarini belgilaydilar, xashamatli an’analardan voz kechadilar va o’z ibodatlarida to’g’ridan-to’g’ri xudoga murojaat kiladilar. Isloxiy cherkovlar dunyoviy alomatlarga ega bo’lib siyosiy xokimiyat izmida buladilar.2 Reformatsiya Yevropaxalqlarining milliy madaniyatlar rivojiga, milliy tillarni qaror topishiga sharoit yaratdi, jumladan, Martin Metor Injilni lotinchadan nemischaga tarjima kildi. Islom siyosiy madaniyati “maslaxatli demokratiya”shaklini yaratdi, Xalifalik tamoyili Qur’ondagi uchta koidaga binoan yaratildi. Ulardan birinchisi xukmdorni o’z fuqorolari bilan “maslaxatlashishini” va umumning fikrini inobatga olib qarorqabul qilishni talab qiladi, boshqasi boshqarishni va munozaralarni adolat bilan xal qilishga chaqiradi, uchinchi qoida esa “Alloxning elchisiga” dindorning bo’ysunishini talab kiladi. Xalifa monarx xam, despot xam emas, uning boshqa musulmonlardan farqi, faqate’tiqodni avaylash va shariat me’yorlarini bajarish uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olgan shaxs.1

Xalifa xokimiyatni meros tarzda olishi va qoldirishi mumkin emas. Xaliflikka da’vogar va jamoat o’rtasida kelishuv-mubayi asosida xalifa xokimiyatni olishi mumkin. U barcha musulmonlar jamoasidan yoki ularning taniqli vakillari bo’lgan-mujaxitlar tomonidan saylanadi. xar bir musulmon singari xalifa xam musulmon huquqi me’yorlariga to’la bo’ysunushi va har qanday nojo’ya xatti-xarakati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Islom tadqiqotchilari ta’kidlashicha, xalifa xaqidagi shartnoma-mubayi ko’p asrlar davomida “jamiyat shartnomasi” (J.J. Russo) g’oyasini ifoda etib keldi.2

Xalifalikning tezlik bilan g’alaba qozonishining yana bir sababi-musulmon qo’shinlarini Vizantiya hukumatiga qarshi o’laroq mahalliy nasroniy aholining qo’llashidir. Bu haqda fon Gryunbaum yozadi: “Vizantiyada arablarga Yunon aholisining… sohil bo’yi shaharlarining Yunon madaniyati bilan ichki qishloq tumanlarida sharqqa moyil, boshqalarga qaramlikka ko’nikib qolgan erksiz aholining eski hokim sinfga befarqligi buni yanada chuqurlashtirdi.” Bu asarning ruscha tarjimasini sharhlashda mashhur rus sharqshunosi V.V.Naumkin qo’shimcha qiladi:Gap befarqlikda emas, balki Vizantiya aholisining feodallar zulmidan noroziligidadir. Unga nisbatan musulmonlar hokimligi ancha yengil edi.”


Yüklə 310,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə