Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
52 
ishlashga yo‗naltiradigan har xil usullar va o‗qitish vositalaridan samarali foydalanish 
muhimdir [2]. 
O‗qitishning noan‘anaviy metodlarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin:
- hamkorlikda o‗rganish metodi; 
- talabalarning guruhlarda o‗zaro ishlashi asosida ta‘lim olishini ko‗zda 
tutadigan metod;
- modellashtirish – real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va 
jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‗rinishini (modelini) 
auditoriyada yaratish va ularda talabalarning shaxsan qatnashishi va faoliyati asosida 
ta‘lim olishini ko‗zda tutuvchi metod; 
- o‗rganishning tadqiqot modeli – talabalarni muayyan muammoni yechishga 
yo‗naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‗zda tutuvchi metod.
O‗quv materialini chizmalar va modellar ishorasi asosida o‗qitishni 
jadallashtirish tizimi (V.F.Shatalov) Viktor Fedorovich Shatalov Rossiya va 
Ukrainada xizmat ko‗rsatgan innovator o‗qituvchi, Ukraina pedagogika fanlari 
akademiyasining faxriy doktori. Donetsk ochiq universiteti professori. V.F.Shatalov 
o‗qitishni jadallashtirish tizimini ishlab chiqdi va amaliyotga tatbiq etib an‘anaviy 
sinf-dars o‗qitish usulining ochilmagan qirralarini ko‗rsatib berdi. Bu tizimda: Ta‘lim 
maqsadlari bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirish. Har qanday individual 
qobiliyatli bolalarning barchasini o‗qitish. Tezlashgan o‗qitish (umumiy o‗rta ta‘lim 
hajmini 9 yilda o‗qitish).
Prinsiplari:
- ko‗p marta takrorlash, majburiy bosqichli nazorat, yirik bloklar bilan 
o‗rganish;
- faoliyatning dinamik yaxlitligi, tayanch signallar, harakatlarning mo‗ljalli 
asoslari; - shaxsga yo‗naltirilgan yondashuv; 
- insonparvarlik (barcha bolalar iqtidorli);
- o‗quv vaziyatlarining tafovutsizligi, tuzatish uchun istiqbollarning ochiqligi, 
muvaffaqiyatning o‗sib borishi;
- ta‘lim va tarbiyaning uzviyligi. 
Mazmunning o‗ziga xos jihatlari: O‗quv materiali yirik hajmda kiritiladi. 
Material bloklar bo‗yicha joylashtiriladi. O‗quv materiali tayanch sxema-konspekt 
ko‗rinishida rasmiylashtiriladi.
V.F.Shatalov tizimining asosiy g‗oyasi: darsda ta‘lim oluvchilarning yalpi 
faolligini ta‘minlaydigan o‗quv faoliyati tizimi yaratiladi.
O‗quv faoliyatining andozasi asosida tayanch konspektlari (signallari) – o‗quv 
materialining kodlashtirilgan ko‗rsatmali chizmalari yotadi.
Tayanch – mo‗ljalli harakatlar asosi, bolaning ichki aqliy faoliyatini tashqi 
ko‗rinishida tashkil etish usuli. Tayanch signal – assotsiativ ramz (belgi, so‗z, rasm, 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə