Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
53 
chizma, shakl va boshqa) bo‗lib, ma‘lum fikriy ma‘noni bildiradi. V.F.Shatalov 
bo‗yicha o‗qitishni tashkil etish tizimi sinfda (doska yonida) o‗qitish va uyda 
mustaqil ishlash. jarayonlarini qamrab oladi.
Sinfda nazorat o‗qituvchining mavzuni tushuntirishi o‗qituvchining tayanch 
konspekt orqali mavzuni takrorlashi o‗quvchining konspekt ustida ishlashi inobatga 
olinadi. Mavzuni darslikdan o‗qish, mavzuni konspekt yordamida o‗qish tashqi 
nazorat va o‗z-o‗zini nazorat qilishga asoslangan.
Tayanch konspekt – qisqacha shartli matn ko‗rinishidagi tayanchli signallar 
tizimi bo‗lib, yaxlit o‗quv materialining o‗zaro bog‗liq elementlari sifatida 
tushunchalar, faktlar, g‗oyalar tizimining ko‗rsatmali konstruksiyasini o‗zida aks 
ettiradi. Ushbu tizimda o‗qituvchi mehnati asosiy mavqeni egallaydi va bu mehnatga 
ta‘lim oluvchilar ayrim hollardagina (nazorat, maslahat, yordam) jalb etiladi. 
Tayanch signallar yordamida o‗qitish jarayoni qator bosqichlardan iborat:
1. Auditoriyada o‗qitish: mavzu o‗qituvchi tomonidan odatdagidek sinf 
doskasi yonida tushuntiriladi, keyin esa tayanch konspektlar asosida mavzuni 
tushuntirish takrorlanadi. Ta‘lim oluvchilarning o‗z konspektlari ustida mustaqil 
ishlashi ta‘minlanadi va frontal tarzda bilimlar mustahkamlanadi.
2. Uyda mustaqil ishlash: tayanch konspektdagi kodlashtirilgan o‗quv 
materiallarini ta‘lim oluvchi darslik yordamida oydinlashtiradi.
3. Nazorat va baholash: mavzu bo‗yicha ta‘lim oluvchining bilim, ko‗nikma 
va malakalari tashqi nazorat va o‗z-o‗zini nazorat qilish yordamida tekshiriladi. 
Nazorat shakli: tayanch konspekti bo‗yicha yozma, mustaqil ish, og‗zaki so‗rov; juftli 
o‗zaro nazorat, guruhli o‗zaro nazorat.
Muallifning boy tajribasi - ―Tayanch signallari varaqasi‖ asosida tashkil 
etilgan o‗quv-bilish faoliyati ta‘lim oluvchilarning yuqori ko‗rsatkichga erishishini 
shubhasiz ta‘minlaydi. O‗quvchi olgan baho bilimlarni hisobga olish varaqasida qayd 
etiladi va u xohlagan vaqtda qayta tayyorlanib o‗z bahosini tuzatishi mumkin. 
Demak, bu texnologiya ochiq istiqbolli prinsipni ta‘minlagan holda o‗qituvchi va 
ta‘lim oluvchi o‗rtasida nizo tug‗dirmaydi. V.F.Shatalov metodikasi oliy o‗quv 
yurtlarida ham muvaffaqiyatli qo‗llanmoqda.
Bugungi kunga qadar V.F.Shatalov o‗zining qimmatli tajribalari, o‗ziga xos 
metodikalari bilan o‗rtoqlashib kelmoqda va bu borada mahsuldor faoliyat 
ko‗rsatmoqda. Shunday qilib, olimlarning ta‘lim texnologiyalarini ishlab chiqish 
jarayoni, shubhasiz, kelajakda yana davom etadi va yangi pedagogik texnologiyalar 
zamon talabiga hamohang tarzda yaratilaveradi [3]. 
Organik bikmalar ularning tarkibiga ko‗ra quyidagi sinflarga bo‗linadi: 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə