|
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
68
J.T.Toshchenko iqtisodiy madaniyatni bilim, ishonch va ijodiy amaliyot
faoliyatining, shuningdek, jamiyat taraqqiyoti jarayonida odamlar tomonidan
yaratilgan ushbu faoliyat natijalarining uzviy birligida sifatida belgilaydi [7].
Rivojlangan shaxs iqtisodiy madaniyati – murakkab, kompleks, tizimli,
barqaror va rivojlanuvchi hodisa, shaxsning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish esa,
shaxsni madaniyati vujudga kelishiga va rivojlanib borishiga tizimli ta‘sir
o‗tkazishini talab qiluvchi yaxlit bir jarayon. [8].
Iqtisodiy madaniyatning tarkibiy qismi talabaning egallangan iqtisodiy
bilimlarini, iqtisodiy tafakkurini va iqtisodiy yo‗nalishini o‗z ichiga oladi:
Iqtisodiy bilim – bu tovarlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va
iste‘mol qilish jarayoni va xizmat ko‗rsatish, jamiyatning turli elementlari o‗rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari haqidagi bilimlar
majmuasiga ega bo‗lishdir. Iqtisodiy bilimlarni esa, bizni o‗rab turgan muhitdagi
o‗zaro iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari shakllantiradi. Ular
asosida iqtisodiy tafakkur, amaliy ko‗nikmaga ega ma‘naviy barkamol, har qanday
iqtisodiy sharoitda to‗g‗ri yo‗l tuta oladigan va iqtisodiy fazilatlarga ega shaxs
rivojlanadi. Iqtisodiy bilimlarga ega bo‗lish talabalarga zamonaviy sharoitda o‗zini
ishonchli va erkin his qilish imkonini beradi.
Iqtisodiy tafakkur - muayyan ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlarda iqtisodiy xatti
-harakatlarni ongli ravishda namoyon qilish; tahlil qilish, iqtisodiy vaziyatni baholay
olish, to‗g‗ri iqtisodiy qarorlar qabul qilishdir.
Iqtisodiy tafakkur - insonlar o‗z xo‗jaliklarini yuritishlarida bevosita o‗zlari
rahbarlik qiladigan yangi iqtisodiy qarashlar, g‗oyalar, hodisalarni baholash va qaror
qaror qabul qilish yo‗larini egallash va ifodalash jarayonidir. Iqtisodiy tafakkur
amaliyotda bevosita iqtisodiy bilimlardan foydalanishni o‗z ichiga oladi. Bu iqtisodiy
hodisa va jarayonlarni mohiyatini tushunishga, o‗rganilgan iqtisodiy tushunchalarni
to‗g‗ri talqin qilishga va turli xil iqtisodiy vaziyatlarning tahlilini taqdim etishga
yordam beradi. Iqtisodiy fikrlash insonlarning iqtisodiy manfaatlari bilan
chambarchas bog‗liq bo‗lib, u iqtisodiy rivojlanishning obyektiv omillari,
jamiyatdagi iqtisodiy ongning holati va iqtisodiy o‗zgarishlarda ishchilarning
ishtiroki ta‘siri ostida shakllanadi.
Iqtisodiy yo‗naltirilganlik – insoning xo‗jalik yuritish sohasida iqtisodiy xulq-
atvorni shakllantiradigan, iqtisodiy faoliyat sabablari, ijtimoiy me‘yorlari va
shaxsning psixologik fazilatlarini belgilaydigan ijtimoiy ehtiyojlar, qadriyatlar va
iqtisodiy munosabatlar tizimi. Shaxs iqtisodiy yo‗nalishining elementlari – bu
insonning iqtisodiy sohadagi ehtiyojlari, manfaatlari va qiziqishi. Shuningdek,
shaxsning iqtisodiy yo‗nalishi ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy ahamiyatga ega
qadriyatlarni o‗z ichiga oladi.
|
|
|