TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
70
Binobarin, pedagogik madaniyat va iqtisodiy madaniyat bir umumiy
xususiyatga ega. ―Pedagogik madaniyat‖ tushunchasi mazmunan ―o‗qituvchining
kasbiy madaniyati‖ tushunchasiga qaraganda kengroq bo‗lganidek, u nafaqat kasbiy
pedagogik faoliyatning, balki har qanday faoliyatning madaniyatini tavsiflaydi.
Shuning uchun iqtisodchining faoliyati ham o‗z ichiga har qanday iqtisodiy faoliyatni
olmaydi. Jamiyatda sodir bo‗layotgan iqtisodiy faoliyatning butun majmuasi,
nafaqat
iqtisodchilar bilan shug‗ullanadilar, balki jamiyatning deyarli barcha a‘zolari bilan
ham
shug‗ullanadilar.
Bunday holda, ―iqtisodiy madaniyat‖ tushunchasi
―iqtisodchining kasbiy madaniyati‖ tushunchasiga qaraganda mazmunan ham
kengroqdir,
chunki u nafaqat professional, balki har qanday iqtisodiy faoliyat
madaniyatini tavsiflaydi.
Bu borada M.V.Vladika shaxsning iqtisodiy madaniyati umuminsoniy
madaniyatning tarkibiy qismi deb qaraydi. U shaxs bilim saviyasining yaxlitligini,
iqtisodiy bilim va ko‗nikmalarni yuqori darajada egallash
bilan tavsiflanadi deb
tasavvur qiladi [4].
Yuqorida ta‘kidlanganidek, madaniyat – oldingi avlodlarning o‗zlashtirilgan
va moddiylashtirilgan tajribasi; har qanday inson uchun me‘yoriy talablar. Bu
faoliyatning asosiy tarkibiy qisimlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi faoliyatdir. Butun
insoniyat madaniyatining moddiy asosi bo‗lgan iqtisodiyotning o‗zi ushbu madaniyat
tarkibiga kiradi, uning tarkibiy qisimlaridan biriga aylanadi [5].
Bugungi fan va texnika, axborot texnologiyalari rivojlangan,
dunyo
miqyosida bir zumda axborotlar internet orqali tarqaladigan sharoitda yuqori
pedagogik madaniyatni jiddiy iqtisodiy tayyorgarliksiz amalga oshirish mumkin
emas. Negaki, talabalar asosiy pedagoglar berishi lozim bo‗lgan axborotlarni internet
orqali olib, dars jarayonida o‗qituvchi tomonidan berilayotgan ma‘lumotlarga
qoniqmaslik holatlari uchramoqda. Iqtisodchi pedagog bozor iqtisodiyotida ham
murabbiy, ham davlat ishlab chiqarish tizimi infratuzilmasining
agenti sifatida
ishlashga tayyor bo‗lishi kerak. Lekin muammo nafaqat bunda emas. Bozor
iqtisodiyoti tizimi maktabgacha ta‘lim muassasani, o‗rta ta‘lim maktabini va oliy
o‗quv yurtini o‗zining yangi iqtisodiy sharoitga moslashtiradi. Noan‘anaviy muqobil
ta‘lim muassasalari, shu jumladan, xususiy bolalar bog‗chalari, xususiy maktablar va
xususiy oliygohlar paydo bo‗lmoqda. An‘anaviy
maktabda turli pullik klublar,
to‗garaklar va qo‗shimcha fanlar soni ko‗paymoqda. Bularning barchasi o‗qituvchini
ijtimoiy ishlab chiqarish tizimining infratuzilmasi agenti sifatida uning to‗liq ishlashi
uchun tegishli iqtisodiy tayyorgarlikka ega bo‗lishga majbur qiladi.
Pedagogika oliy yurti tegishli me‘yoriy-huquqiy bazani va uni qo‗llash
amaliyotini o‗rganishni o‗z ichiga olgan xalq ta‘limi tizimi iqtisodiyoti va maktab
iqtisodiyoti kursini va uni qo‗llash amaliyotini o‗rgatish zarur. Afsuski, pedagogika
oliygohlarida ishlayotgan iqtisodiy fanlar o‗qituvchilari bozor iqtisodiyoti talablariga