Toshkent davlat pedagogika universiteti


Katta maktab yoshidagi bolalarda vaqtni his qilishni rivojlanishi



Yüklə 176 Kb.
səhifə6/7
tarix05.05.2023
ölçüsü176 Kb.
#108558
1   2   3   4   5   6   7
22-raqam

2.2 Katta maktab yoshidagi bolalarda vaqtni his qilishni rivojlanishi

Insonnig kundalik ish faoliyatida vaqt juda muhim o`rin tutadi. Vaqtiga qarab o`z ish faoliyatini boshlaydi., harakatlarini tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi, vaqtga moslashishni talab qiladi. Vaqtni sezish insonni vaqtini tejashga, undan unumli foydalanishga harakat qilishga undaydi.


Vaqt o’quvchining o’quv hayotida boshqaruvchanlik rolini o`taydi. B.G.Anan'eva rahbarligida psixologo - pedagogik tekshirishlar o`tkazilib, unda bolalarning aqliy taraqqiyoti o’quv yili protsessida kuzatiladi. Bu tekshirish shuni ko`rsatadiki, bolalarning hech birida vaqtga moslashish, bilimlarining o`zlashtirishning bog’liqligi, qobiliyatlarining rivojlanishi ko`rinadi.
Maktabga kelgan ko`pchilik bolalarda vaqtni o`zlashtirmaganligi bir qancha qo`shimcha qiyinchiliklarni tug’diradi. Birinchi sinf o’quvchilari darsga kechikmasliklari, o`z vaqtida uyiga berilgan topshiriqlarni bajarib borishlari kerak, bularning hammasiga ulgurushlari kerak.
Bu talablarning hammasiga to`liq javob berish uchun bolalarni bog’cha yoshidan tarbiyalangan va tayyorlangan bo`lishi kerak.
Kuzatuvlar shuni ko`rsatadiki, katta maktab yoshidagi bolalar vaqt intervallari, vaqt qismlarini, o`z harakatlari bilan bog’liq holda olib bora oladilar. Ular o`zlari mustaqil vaqt oraliqlarini baholay oladilar. O`z harakatlarini ma`lum harakatda boshlab, ma`lum vaqtda tugata oladilar.
Vaqtni bilishning eng muhim faktorlari:
1. Bola qaysi vaqt haqida gap bor ketayotganini, mustaqil vaqt oraliqini bilishi,vaqt haqida, soatdan foydalanishni bilishi kerak.
2. Bolalarning turli harakatlarida ularga ma`lum vaqt bo`laklari haqida, berilgan topshiriqni ma`lum vaqtda bajarishga ulgurish mumkinligini tushuntirish.
Bolalarga soatga qaramasdan o`z sezgilariga qarab vaqtni sezishni, rivojlantirish. Kattalar bu malakalarning o`zlashtirishda yordam berishlari kerak.
Katta va tayyorlov gruppa bolalari bilan vaqtni sezishni 1,3,5,10 minut oraliqlari bilan tanishtirishdan boshlaymiz, 1 minut bu birinchi vaqt boshlanish haqidagi birlik hisoblanadi.
Hayotda ko`pincha "bir minutga", "bir minutdan so`ng", "bir minut kutib turing" kabi iboralar tez-tez ishlatilib turiladi. Bunda ishni uyushtirish va metodika ishlari quyidagicha bo`ladi:
1. Bolalarni 1,3,5 va 10 minut o`tishi bilan tanishtirish bunda sekundamer, qum soatlardan foydalaniladi.
2. Bu vaqtlarning o`tishini turli harakatlarga bog’liq holda o`tkazish.
3. Bolalarni ko`rsatilgan, belgilangan vaqtgacha berilgan topshiriqlarni bajarishga o`rgatish.
Ishlar bir necha bosqichda o`tkaziladi:
1-bosqichda belgilangan vaqt ichida berilgan topshiriqni bajarish, bunda qum soatlarda bajariladi. Tarbiyachi doimo bolalarga ba?o berib boradi, ularning o`zlashtirishlariga qarab, baholanadi.
2- bosqichda vaqtni o`tish oraliqlarini baholash, tarbiyachi bunda ham baholab boradi.
3- bosqichda oldindan vaqt oraliqlarini, uning o`tishlarini rejalashtirish. Bunda ham qum soatlaridan foydalaniladi.
4- bosqichda esa vaqtni baholash, uning davomiyligini hayot bilan bog’liq holda olib borishni o`rgatish.
Programma materiali quyidagi mashg’ulotni o`z ichiga olib, quyidagi topshiriqlar qo`yiladi.
1. Bolalarni 1 minut o`tish davomi bilan tanishtirish.
2. Turli ish faoliyatlari davomida qum soati bilan vaqt o`tishini kontrol qilish.
3. Berilgan topshiriqni o`z vaqtida bajarish ko`nikmasini hosil qilish.
Xulosa.
Tayyorlov guruhida o’tkaziladigan matematik mashg’ulotda didaktik ko’rsatma materiallaridan keng foydalanilishi maqsadga muvofiqdir. Amaliy ishlar, ko’rgazma tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar ham namuna sifatida qaralishi mumkin. Pedagog – tarbiyachi ularga o’zida bo’lgan ko’rsatma-qo’llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. Ko’pchilik hollarda tavsiya etilayotgan og’zaki mashqlar materialini pedagog-tarbiyachi turli usullarda berishi, ba’zan esa guruhning tayyorgarligiga qarab almashtirishi mumkin. Pedagog-tarbiyachi tavsiya etilayotgan didaktik o’yinlarga ham ijodiy yaqinlashishi kerak, bunda o’yinlarni o’tkazishda foydalaniladigan qo’llamalarni imkoni boricha hisobga olib, o’zi topgan o’yinlarni sinash maqsadida mashg’ulotlarda o’yinlar tashkil qilishi mumkin.
Mashg’ulotlarda didaktik o’yinlar va ko’rgazmali materiallardan keng foydalaniladi.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun olib boriladigan mashg’ulotlar aqliy zo’riqishni talab etiladi. Shu sababli tarbiyachilar ayniqsa, katta va tayyorlov guruhi bolalariga matematika mashg’ulotlarini o’tkazayotganda turli jismoniy daqiqalarda foydalanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mashg’ulotda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bo’lishi tavsiya etiladi. Agar o’rtog’ining javobi to’g’ri bo’lsa qizil kartochka, o’rtog’ining javobi uni qoniqtirmasa, ko’k kartochka ko’tarilishi lozim.
Bunda hamma bolalar o’rtoqlarining javoblarini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan birga, bolalarning test sinovlariga tayyorgarliklari ham hisobga olinishi lozim.
Maktabga tayyorlov guruhida lug’at ustida ishlash alohida muhim ahamiyatga ega. Bo’lajak birinchi sinf o’quvchilari atamalarning umumlashgan ma’nosining ahamiyatini egallab, ulardan o’z nutqida mustaqil foydalana oladigan bo’lishlari kerak.
Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichida ta’limiy tarbiyaviy jihatidan quyidagi xususiyatlar kuzatildi. Tajriba-sinov boshida jalb etilgan bolalarning qiziqishlarini o’rganildi. Kuzatuvlar jarayonining tahlilidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, ko’pchilik tarbiyachilarning pedagogik va psixoligik bilimlari hamda uslubiy malakalari yetarli darajada emasmish, mashg’ulotlarga ko’proq o’yin elementlarini qo’shish, bolalarda ro’y bergan ijobiy holatlarni o’z vaqtida rag’batlantirish va tanlash, qulay sharoitlardan oqilona va maqsadga muvofiq holda foydalanish borasida yo’l qo’yilgan kamchiliklari ijobiy siljishlarining sur’atiga nisbatan yuqori emasligiga sabab bo’ldi.



Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə