Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va tarixi fakulteti moxt va e kafedrasi Xitoy-ingliz 1-guruhi 3-kurs talabasi Baxtiboyev Saidakbarning Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi fanidan tayyorlagan



Yüklə 2,36 Mb.
tarix18.05.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#111107
Mustaqil ish rivojlanish psixologiya Sherqulov Jahongir

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakulteti Koreya tarixi yo’nalishi 3-bosqich talabasi Sherqulov Jahongirning Rivojlanish psixologiyasi fanidan tayyorlagan

Taqdimot ishi


Mavzu: Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi
Kichik maktab yoshi davriga 7-11 yoshli boshlang‘ich (1-4) sinflarning o‘quvchilari kiradi. Bola maktab ta’limiga bog‘chada tarbiyalanayotganda tayyorlanadi. Bunda u maktabda o‘quvchilarga qo‘yiladigan har xil talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning obyektiv va subek’tiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi.
Bola maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetali darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, aniqligi o‘zining qiziquvchanligi, dilkashligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. 
Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbat uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi.
Bola diqqatining xususiyatlari roli va syujetligi o‘yinlarda, rasm chizish va qurish-yasash mashg‘ulotlarida,
loy hamda plastindan o‘yinchoqlar tayyorlashda, o‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda,
matematik amallarni bajarishda, hikoya tinglash va tuzishda ko‘rinadi.
Bu davrda o‘z diqqatini muayyan obyektga yo‘naltirish, to‘plash, taqsimlash bo‘yicha ma’lum darajada ko‘nikmaga ega bo‘lib, o‘z diqqatini boshqarish va kerakli paytda to‘plashga intiladi.
Uning xotirasi qiziqarli, ajoyib-g‘aroyib, kishini taajjubga soladigan ma’lumot va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xoxish-irodasi bilan zarur ma’lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi.
Bolaning shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganini bildiradi. She’r, hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun ko‘p takrorlash, ijod olishning eng qulay yo‘l va usullaridan foydalanishi ta’lim jarayonida juda qo‘l keladi.
Tajribadan ma’lumki, bolaning nutqi maktab ta’limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqotga kirishish, kishilarning fikrini uqib olish va to‘g‘ri idrok qilish daraasida, nutqining tuzilishi esa grammatika qoidalariga mos, mantiqiy izchil, ifodali, miqdor va ko‘lam jihatidan fikr almashishga yetarli bo‘ladi. U eshitgan va ko‘rganlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tushuna oladi. O‘zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila biladi, aqly faoliyat operatsiyalaridan o‘rinli foydalanadi.
Bola maktab ta’limiga psixologik tayyorlanishining subyektiv tomoni ham mavjuddir. Uning maktabda o‘qish xohishi, intilishi, katta katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy bog‘liqdir. Bolada shu davrga kelib, o‘qish, bilim olish haqida to‘g‘ri tasavur shakllanadi. U maktab jamoasi a’zolarining mas’uliyatli vazifalarini anglaydi va ularga itoat qilish, ularning ko‘rsatmalarini bajarishga moyil bo‘ladi.
Lekin bolalar hammasi bir xil emasligi sababli ular o‘rtasida muhim farqlar vujudga keladi. Ba’zi bolalar maktabga butun vujudi bilan talpinadi, o‘qishga qancha vaqt qolganini uzluksiz sanaydi, o‘quv ashyolarini oldinroq tayyorlab qo‘yishga harakat qiladi.
Boshqa bir bolalar esa maktabdan voz kechishgacha borib yetadi. O‘qishga salbiy munosabatdagi bolar ta’lim muhitiga kurashishga qiynaladilar, qator ruhiy musiqaarda duch keladilar.
Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatomik-fiziologik xususiyatlari, jismoniy kamolot darajasini hisobga olish muvaffaqiyat garovidir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi biologik jihatdan nisbatan uyg‘un o‘sadi, uning bo‘yi va og‘irligi, o‘pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi.
Biroq, bolaning umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasining suyaklari qotib yetmagan bo‘ladi. Bu esa uning suyak tuzilishi takomillashib bo‘lmaganini ko‘rsatadi.
Yurak muskullari tez o‘sadi, qon tomilarining diametri sal kattaroq bo‘ladi miyaning og‘irligi boshlang‘ich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi.
Miya po‘stining analitik-sitetik faoliyati takomillashadi, qo‘zg‘alish bilan tormozlanish o‘rtasidagi munosabat o‘zgaradi, lekin nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi.
Shuning uchun bolaning to‘g‘ri o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilish kerak, toliqishn oldini olish, o‘qish va dam olish rejimiga qat’iy rioya etish zarur.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə