Mustahkamlash uchun mashq:
Lotin tiliga tarjima qiling:
I. umurtqaning tanasi, qovurg‘aning boshchasi, aortaning yoyi, kalla suyagining asosi, burunning bo‘shlig‘i, kurakning bo‘yinchasi, bo‘yinning muskuli, pastki jag‘ningo‘ymasi, egarning orqasi, suyakning tanasi, barmoqning suyagi, tizzaning arteriyasi, qovurg‘a bo‘yinchasining qirrasi, asab tugunining kapsulasi, yuqori jag‘ning do‘mbog‘i.
II. to‘sh suyagining dastasi, yelka suyagining boshchasi, kalla suyagining choki, asabning shoxchasi, tirsak o‘simtasining chuqurchasi, nog‘oraning bo‘shlig‘i, tizza qopqog‘ining asosi, bosh miyaning asabi, bilak suyagining bo‘yinchasi, burunning yo‘li.
Ibratli so‘zlar
1. Scientia potentia est. Bilim kuchdir.
2. Mens sana in corpore sano. Sog‘lom tanda, sog‘aql.
Dostları ilə paylaş: |