Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə73/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

Fermer, fermer xo‘jaligi - xususiy yoki ijaraga (lendlordan) olingan yerda olib boriladigan sohibkorlik tipidagi xo‘jalik. Kapitalistik fermerchilikda yollanma mehnatni jalb etish, oilaviy shakli esa aksariyat xo‘jalik egasining (fermer va uning oilasi) kuchi bilan olib boriladi. Dastlab Angliyada XVII asrda vujudga keldi. Hozir deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Fiziokratlar qo‘llab-quvvatlagan xo‘jalik turi. Erkin savdo, xususiy mulk va mavjud tuzum tabiiy deb baholanadi.
Tyurgo Ann Rober Jak (1727-1781) - fransiyalik, fiziokratizm g‘oyasini rivojlantirdi. Sof bozor iqtisodiyoti tarafdori. Minimal ish haqini qo‘llagan, jamiyatda (kapitalist va ishchilarni qo‘shgan holda) beshta sinf (Keneda esa uchta) borligini aytdi.
Smit Adam (1723-1790) - Angliya klassik iqtisodiy maktabining buyuk nazariyotchisi, manufaktura davrining iqtisodchisi. Asosiy asari «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot» (1776) bo‘lib, unda hozirgi til bilan aytganda erkin bozor munosabatlari o‘z aksini topgan. Unda kapitalistik iqtisodiyot, xususiy mulk ideal deb hisoblanadi. Mehnat taqsimoti (vaqtdan, malaka oshishidan, mashina qo‘llashga imkon yaratishdan) uch yutuq berishini isbotlagan. Davlatning iqtisodga aralashuvi imkoni boricha kam bo‘lishi kerak, deydi. Egoizm xususiyati jamiyat manfaatlariga qarama-qarshi emas, degan xulosa chiqaradi. Xalq boyligi ishlayotgan odamlarning soniga va ularning mehnat unumdorligi darajasiga bog‘liq deb o‘ylagan. Manufakturani sanoatning eng yuksak cho‘qqisi deb bilgan (bu fikr xato edi, chunki fabrika ustunroq). «Smit dogmasi» deb ataladigan xatoga yo‘l qo‘ygan.
Gersog Baklyu - Adam Smit tarbiyachilik qilgan oila.
Sanoat to‘ntarilishi (inqilobi) - Angliyada birinchi bor XVIII asr o‘rtalarida qo‘l kuchiga asoslangan manufakturadan (ikkinchi bosqichdan) mashinalashgan zavod-fabrikaga (uchinchi bosqichga) o‘tish jarayoni (XIX asrning o‘rtalarida yakunlangan). Iqtisodiy rivojlanishda muhim o‘rinni egallaydi, ijtimoiy-siyosiy sohalarda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan.
Rikardo David (1772-1823) - A.Smit ta’limotining buyuk davomchisi, sanoat to‘ntarishi davrining iqtisodchisi. Mehnat taqsimotini korxona doirasidan mamlakatlarga ham joriy etishni taklif etgan, nisbiy ustunlik, nisbiy chiqimlar ustunligi nazariyalariga asos solgan. Fabrika davrini to‘g‘ri tushungan, fritreyderlikni (erkin savdo) qo‘llab-quvvatlagan.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə