Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə76/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

Ekonometrika (Ekonometriya) - iqtisodiy jarayonlarga matematik usullarni qo‘llash bilan bog‘liq iqtisodiy matematik yo‘nalish. XIX asrning boshlarida vujudga keldi va hozirgi kunda nazariya va amaliyotda keng qo‘llaniladi.
Kurno Antuan Ogyusten (1801-1877) - fransiyalik matematik, birinchilardan bo‘lib matematikani iqtisodiy jarayonlarga keng qo‘llash uslubini ishlab chiqdi. Ekonometrika yo‘nalishining asoschilaridan biri, «talablarning elastikligi» funksiyasi va grafigini yaratdi.
Iogann Genrix fon Tyunen (1783-1850) - nemis olimi, ekonometrikada matematik modellashtirish bo‘yicha yirik mutaxassis.
Iqtisodiy ta’limot, nazariya, qonun, kategoriya - merkantilizm, fiziokratizm, klassik iqtisodiy maktab, marjinalizm - bu iqtisodiy ta’limotlardir; «nufus», «so‘nggi soat», «uchinchi shaxslar», yuqori foydalilik, umumiy bandlik, qiymatning mehnat nazariyasi; qiymat, qo‘shimcha qiymat, talab va taklif qonunlari; tovar, mehnat taqsimoti, pul, narx, ish haqi, renta va boshqalar iqtisodiy kategoriyalardir.
Konsepsiya (lotincha tushuncha, tizim degani) - ma’lum predmet, hodisa va jarayonlarni tushuntirish uslubi, predmet va boshqalarga qaratilgan asosiy ko‘zqarash; ularni sistematik yoritib berish uchun bosh g‘oya; bu matn ilmiy va boshqa faoliyatdagi asosiy fikrni, konstruktiv tamoyilni belgilash uchun ham qo‘llaniladi. Masalan, tabiiy tartib konsepsiyasi va boshqalar.
Tarixiy maktab - Germaniyada (vakillari:F.List, V.Rosher, B.Gildebrand, K.Knis) vujudga kelgan siyosiy iqtisod. Unda foydalilik va yuqori naf birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Iqtisodiy qonunlar inkor etilib, iqtisodiy tarix bilan almashtiriladi.
Fridrix List (1789-1846) - nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab asoschilaridan biri, uning ta’limotiga ko‘ra, qiymat «millatning ruhi» tomonidan yaratiladi; F.L. taraqqiyotni besh bosqichga bo‘ladi: badaviylik, cho‘ponlik, dehqonchilik - manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo; urush va bosqinchiliklarning tarafdori bo‘lgan, F.L. fashizmning iqtisodiy nazariyotchisidir.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə