Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə78/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

Shmoller Gustav (1838-1917) - nemis iqtisodchisi, yangi tarixiy maktabning asoschisi, siyosiy iqtisodni xalq xo‘jaligi tarixi bilan bir deb qaradi, tarixiy formatsiyaga qarshi chiqdi, unga empirizm xos edi. Iqtisodiyotda odob-huquq omilini birinchi o‘ringa qo‘ygan.
Brentano Lui (1844-1931) - yangi tarixiy maktab vakili, kapitalizmni madh etgan, «Ijtimoiy inoqlik» tarafdori, «davlat sotsializmi» g‘oyalarini ilgari surgan.
Verner Zombart (1863-1941) - yangi tarixiy maktabga yaqin turgan nemis iqtisodchisi, antagonistik ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlarning muqarrarligini inkor etgan, kapitalizm tartibga solingan va rejali rivojlanib boradigan xo‘jalik tarzi deb tasvirlanadi. Turli tizimlarni plyuralizm asosida yaqinlashtirish mumkin, deydi. V.Z. shovinizm pozitsiyalarida turgan va fashizm mafkurasining shakllanishiga ko‘maklashgan.
Menger Karl (1840-1921), Byom-Baverk Yevgeniy (1851-1914), Vizer Fridrix (1851-1926) - Avstriya maktabi vakillari, iste’mol ishlab chiqarishdan ustun qo‘yilgan, tadqiqotning Robinzonada usuli keng qo‘llanilgan, qadriyatlar (yuqori foydalilik) nazariyasi ilgari surilgan. Qiymat iste’mol qiymati bilan aynan bir xil deb talqin qilingan.
Lenin (Ulyanov) Vladimir Ilich (1870-1924) - marksizmni rivojlantirgan, imperializm to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi, Sovet davlatining asoschisi va rahbari, «Harbiy kommunizm», «Yangi iqtisodiy siyosat» muallifi, umrining oxirida sotsializmga yangicha qarash tarafdori bo‘ldi. L. ning asosiy g‘oyalari (umumxalq mulki, qat’iy rejalashtirish, sho‘rolar tizimi) inqirozga uchradi.
Ma’muriy-buyruqbozlik (rejalashtirilgan bozor) - sobiq SSSR va «sotsialistik» deb atalgan davlatlarda amalga oshirilgan bozor turi, unda davlat mulki ustun va xususiy mulk deyarli yo‘q, imperativ qat’iy reja hukmron, erkin raqobat inkor etiladi; qat’iy baholar qo‘llanadi. Hayot bozorning bu turini inkor etmoqda.
«Harbiy kommunizm» siyosati (1918-1920) - Sovet davlatida qo‘llanilgan, tovar-pul munosabatlari inkor etilgan, qat’iy taqsimot va to‘la milliylashtirish hamda oziq-ovqat razverstkasi amalga oshirilgan, bir qancha sotsial sohalar tekin bo‘lgan (transport, elektr energiyasi, kommunal xizmatlar). X.k. davrida mamlakat og‘ir inqirozga uchradi.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə