Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə83/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

«Xalq kapitalizmi» nazariyasi - kapitalizm transformatsiyasi (o‘zgarishi) bilan bog‘liq, go‘yoki hozirgi kapitalizm «eski kapitalizm»dan keskin farqqiladi, ilgarigi illatlar yo‘qolgan. X.k.ning vakillari: Berli, Nidler, Cheyz, Klark, Gelbreyt... «Kapitalning demokratizatsiyalashuvi» («Mulk diffuziyasi») yo‘li bilan aholining barcha qismi mulkka egalik qiladi (aksionerlik jamiyatlari).
Konvergensiya nazariyasi - bu nazariyaning asosida kapitalistik ijtimoiy sistemalar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy tafovutlar go‘yo asta-sekin bartaraf etiladi, degan g‘oya yotadi. Asosiy vakillari: U.Rostou, J.Gelbreyt (1908), Ya.Tinbergen (1903).
Ekonometrika konsepsiyalari - iqtisodiyotda matematika metodlaridan keng foydalanishga asoslangan konsepsiyalar. Asosiy vakillari L.Valras, V.Pareto (Lozanna universiteti), fon Neyman, U.Mitchell, E.Barone, M.Panteleoni. 1910 yilda polshalik iqtisodchi P.Chompa «Ekonometriya» («Ekonomterika») matnini qo‘llagan. Ilmiy muomalaga (1926) norvegiyalik R.Frish kiritgan. AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda keng rivoj topmoqda. Turli iqtisodiy ta’limot yo‘nalishlarida qo‘llaniladi, ilmiy va amaliy ahamiyatga molik. V.Leontev ham bu konsepsiyalardan (1906) o‘zining «chiqim - chiqarish» uslubida foydalangan (U 1973 yilda Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi). 60-70-yillarda bu yo‘nalish sobiq SSSR, xususan O‘zbekistonda rivoj topdi. Respublikamizning olim va mutaxassislari tomonidan iqtisodiy modellashtirish va algoritmlash bo‘yicha muhim tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Jahon xo‘jaligi - qadimdan vujudga kelgan, ammo XVI asrdagi buyuk geografik kashfiyotlar tufayli rivoj topgan, ayniqsa II Jahon urushidan keyin avj olgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. Xalqaro mehnat taqsimoti bu xo‘jalikning moddiy asosini tashkil etadi. Xalqaro integratsiyada baynalmilallik xos.
Xalqaro mehnat taqsimoti - butun jahon xo‘jaligining tashkil topish va rivojlanishining hal qiluvchi omili. Birinchi bo‘lib uning zarurligini D.Rikardo aytgan. Ayrim ishlab chiqarish korxonalaridagi kabi (A.Smit), jahon xo‘jaligida ham mehnat taqsimoti nisbiy chiqimlar ustunligini beradi, ya’ni ayrim mamlakatlarning ma’lum sohada ixtisoslashuvi yuqori samara beradi.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə