Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo


Yangi klassik (neoklassik) yo‘nalish



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə82/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

Yangi klassik (neoklassik) yo‘nalish - Farb iqtisodiy adabiyotida «Yangi klassik ekonomiks» deb ataladi va bu yo‘nalish asosida marjinalizm g‘oyalari yotadi. Buyuk ingliz iqtisodchisi A.Marshall (1842-1894) nomi bilan bog‘liq. Shu davrda «Siyosiy iqtisod» o‘rniga mafkurasiz «Ekonomiks» matni paydo bo‘ldi. Unda sof erkin bozor iqtisodiyoti targ‘ib etiladi, davlatning roli imkoni boricha kam bo‘lmog‘i kerak. Bu yo‘nalishda liberalizm va neoliberalizm oqimlari mavjud. Amerika monetarizmi - M.Fridman (1912, AQSH) o‘zining «Kapitalizm va erkinlik» (1960) kitobida «erkin ishbilarmonlik»ni himoyaqiladi. «Ozodlik yo‘lida qurbon berish»ni va «tabiiy ishsizlik»ni qo‘llab-quvvatlaydi, davlat tomonidan beriladigan yordamga qarshi chiqadi, iqtisodiyotni to‘g‘ri pul siyosati bilan (davlat kam aralashadi) tartibga solish tarafdori. Bu oqim g‘oyalari Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotida qo‘llanilmoqda.
«Marshall xochi» - talab va taklif egri chiziqlarining kesishganligini ko‘rsatadi; kesishgan nuqta ularning muvozanatini hamda turg‘un bahoni ko‘rsatadi.
Fridman Milton (1912, Nyu York) - iste’mol: pulning tarixi va nazariyasi sohalaridagi tadqiqotlari uchun 1976 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Uning pul to‘g‘risidagi g‘oyalari (monetarizm) AQShda R.Reygan, Buyuk Britaniyada M.Tetcher iqtisodiy siyosatida qo‘llanilgan.
Samuelson Pol (1915, AQSH) -ko‘p marta qayta nashr etilgan «Ekonomiks» (1948) darsligini yaratdi (rus tiliga ham ag‘darilgan), 1970 yilda iqtisodiyot fanlarida ilmiy tahlil darajasini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun Nobel mukofotini olgan. Iqtisodiyotning barcha sohalariga oid ilmiy ishlari bor. «Aralash iqtisodiyot»ning nazariyotchisi. Neoklassik tahlil bo‘ycha, taraqqiyotning «to‘rt g‘ildiragi» asoschisi.
Neoliberalizm - neoklassikaning bir oqimi, klassik iqtisodiy maktabni va keynschilikni birga qo‘llash tarafdori, bunda davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi taklif etiladi. Asosiy vakillari L. fon Mizes (1881-1973), F. fon Xayek (1899-1992) bo‘lib, bu oqim Avstriya maktabi deb ham yuritiladi. Sotsialistik (imperativ) rejalashtirishga qat’iy qarshi, chunki bu rejalangan tartibsizlikka olib keladi, mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv sivilizatsiyaning mutlaq asosi deb sanaladi. Xayek 1974 yilda Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan. Neoliberalizm g‘oyalari asosida «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti» yuzaga keladi, uning asoschilari - nemis olimlari V.Rebke (1899-1966), V.Oyken (1891-1950), L.Erhard (1897-1977)lardir. Bu konsepsiya GFR va Shvesiyada yaxshi natija berdi, uning asosiy g‘oyalari mustaqil O‘zbekiston iqtisodiyotida qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining asosiy qoidalari: erkin baholarning zarurligi; erkin raqobat; talab va taklifning muvozanati; iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo‘jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo‘naltirilgan rivojini ta’minlash. N. nafaqat ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan, balki kapitalizmning erkin raqobatlarga asoslangan davridan ham qat’iyan farqqiladi. Mustaqil O‘zbekistonda undan ijobiy foydalanilmoqda.
Lukas R.I. - neoliberalizmning tarafdori, «Ratsional kutilmalar» nazariyasi uchun 1995 yilda Nobel mukofoti sovrindori. Ijtimoiy-institutsional yo‘nalish evolyutsiyasi industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial (neoindustrial) jamiyat sari boradigan konvergensiya nazariyalarida (Gelbreyt, P.Sorokin - AQSH, Raymon, Aron - Fransiya, Tinbergen - Niderlandiya) kapitalizm va sotsializmning ilg‘or tomonlarini olish va amalda qo‘llash taklif etiladi.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə