Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish


Birinchi shakl, ya’ni “Ko’pchilikni qamrab oluvchi dastur”



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

Birinchi shakl, ya’ni “Ko’pchilikni qamrab oluvchi dastur”
6 oy 
davomiylikka ega bo’lib, 8 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan 
shaxslar ishtiroki ta’minlanishini nazarda tutadi. Biroq, voyaga yetmagan shaxs 
51
A. Ross, K. Duckworth, D. J. Smith, G. Wyness and Ingrid Schoon Prevention and Reduction: A review of 
strategies for intervening early to prevent or reduce youth crime and anti-social behavior // Research Report DFE-
RR111, ISBN: 978-1-84775-906-1 Institute for Fiscal Studies May 2011. 


67 
mazkur dastur mashg’ulotlarini davom ettirishga xohish bildirsa, bu dasturda 
ko’proq vaqt davomida ham qatnashishi mumkin bo’ladi
52

Ikkinchi shakl, ya’ni “Yoshlarni jalb qilish va qo’llab-quvvatlash paneli”
8 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi 
kurashishni nazarda tutadi. Mazkur panel asosida amalga oshiriladigan tadbirlar 
mahalliy yoshlar jamoasi yoki jamoat inspektorlari tomonidan olib boriladi. 
Bunda voyaga yetmagan shaxs maktab mashg’ulotlarini o’zlashtirishda 
qo’shimcha mashg’ulotlar olishi, jismoniy yoki ruhiy jihatdan sog’ligini tiklash 
yuzasidan davolanishi va boshqa mahalliy xizmatlardan foydalanishda yordam 
olishi mumkin bo’ladi. 
Mazkur dasturning e’tiborga molik tomonlaridan biri – unda mentorlik 
dasturlarining mavjudligi hisoblanadi.
Mentoring bu – 
o’qitish, turli ko’rinishdagi mashg’ulotlarga jalb etilgan 
voyaga yetmaganlarga ko’ngilli (ixtiyoriy) asosda ta’lim beruvchi shaxs. Bunda 
mentor voyaga yetmaganlarga maktab mashg’ulotlarini o’zlashtirishga 
ko’maklashish, zo’ravon xulq-atvorga qarshi kurashish, foydali mehnat yoki 
kollej ta’limini davom ettirishga yordam beradi. Shuningdek, voyaga yetmagan 
shaxslarga maslahat berishni ham nazarda tutadi
53
.
Buyuk Britaniyada mentorlar ko’ngilli asosda mashg’ulotlarni tashkil 
etishda qatnashib, ular politsiya xizmati yoki voyaga yetmagan shaxsning ta’lim 
muassasasi bilan bog’liq bo’lmagan shaxslar hisoblanadi.
Hukumatning “Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi 
kurashish” dasturi voyagan yetmagan shaxslarning ota-onalari va oila 
a’zolarining ishtirokini alohida e’tirof etgan holda, ularning voyaga yetmagan 
shaxs dars mashg’ulotlarida qatnashib turishini, farzandlari bilan to’g’ri 
muloqotni yo’lga qo’yish masalalarini ham qamrab oladi. 
52
Youth preventing crime programmes. // 
www.gov.uk/youth-crime-prevention-programmes/what-these-
programmes-are-and-how-they-work
  
53
Youth preventing crime programmes. // 
www.gov.uk/youth-crime-prevention-programmes/mentoring
  


68 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə