Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

Xulosa va tavsiyalar 
Bola tarbiyasi oiladan, bolalar bog`chasidan boshlanadi. Ularning ongiga 
milliy axloq-odob, yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat tuyg`ularini singdirishni 
aynan shu davrdan boshlash kerak. Bu jarayon maktab, o`rta maxsus va oliy 
ta`lim muassasalarida davom ettirilib, shu yo`l bilan takomillashtirib boriladi. 
Voyaga yetmaganlar o`rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan 
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bunga mas`ul davlat idoralari 
hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar faoliyatini 
muvofiqlashtirish maqsadida 2000-yil 21 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha 
komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida» 360-sonli qaror qabul 
qilindi. Mazkur qaror voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya 
qilishni yangi bosqichga ko`tarishga hamda mutasaddi idoralarning 
tashabbuskorlik bilan faoliyat ko`rsatishiga huquqiy zamin yaratdi. Yurtimizda 
voyaga yetmaganlarni ommaviy sportga jalb qilish borasida ham aniq tizim 
yaratildi. 
Jumladan
keyingi 
to`rt-yilda 
244 
ta 
zamonaviy 
sportsog`lomlashtirish majmuasi bunyod etilib, ularga 113 ming nafarga yaqin 
o`g`il qiz jalb qilindi. Bugungi kunda voyaga yetmaganlarning ma`naviy 
saviyasini yuksaltirishda zamonaviy imkoniyatlardan unumli foydalanish 
masalasiga jiddiy e`tibor berilmoqda. Jumladan, komissiya sa`y-harakatlari 
bilan o`quv muassasalarida axloqiy mavzudagi telefilmlar namoyishi yo`lga 
qo`yildi. Shuningdek, komissiya tashabbusi bilan o`smirlar huquqbuzarligi va 
jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan hujjatli filmlar yaratilib, o`quv 
muassasalariga tarqatilmoqda. Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini 
himoya qilishga qaratilgan qonunlarga rioya etilishini ta`minlash yuzasidan 
hududiy komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda onalik va bolalikni muhofaza 
etish, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish 
tizimi samaradorligini oshirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va ijtimoiy 
qo`llab-quvvatlashga muhtoj guruhlarga kiradigan bolalarni aniqlab, ularning 


71 
tarbiyasi bilan band bo`lishga alohida e`tibor qaratildi. Bu borada o`tkazilgan 
tadbirlar natijasida o`tgan-yili voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik va 
o`z joniga qasd qilish kabi holatlarda sezilarli pasayish yuzberdi. «Yoshlar-
yili» Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishning huquqiy 
mexanizmini yanada takomillashtirish, voyaga yetmaganlarning manfaatlarini 
himoya qilish maqsadida jinoyat va ma`muriy javobgarlik to`g`risida qonun 
hujjatlariga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Hududiy komissiyalar 
tomonidan ham bu borada ko`plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Toshkent 
shahar komissiyasi va prokuraturasi tashabbusi bilan joriy-yilning 9-10 iyo`l 
kunlari Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida o`rta maxsus, 
kasbhunar ta`limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish maqsadida 
«Yoshlar mehnat yarmarkasi» tashkil qilindi. Mazkur mehnat yarmarkasiga 21 
mingdan ziyod yoshlar jalb qilinib, ularning 3 ming nafari ishga joylashtirildi. 
Bunday tadbirlar Toshkent, Jizzax, Samarqand, Farg`ona, Surxondaryo 
viloyatlarida ham o`tkazildi. Farg`ona shahar prokuraturasi va voyaga 
yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyasi tashabbusi bilan 1 iyun-Xalqaro 
bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan kam ta`minlangan oilalar va 
profilaktika hisobida turgan tarbiyasi og`ir bolalar o`rtasida «Biz tinchliksevar 
yurt farzandlarimiz» shiori ostida sport anjumanlari o`tkazildi. Namangan 
viloyati Kosonsoy tumanida 40 nafar profilaktika hisobida turgan voyaga 
yetmaganlar uchun «Umid» harbiy-sport sog`lomlashtirish oromgohi tashkil 
qilinib, hozirda u samarali faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Joriy-yilda 
Qoraqalpog`iston Respublikasi komissiyasi tashabbusi bilan 18 nafar, 
Qashqadaryo viloyatida 30 nafar, Xorazm viloyatida 140 nafar, Navoiy 
viloyatida 150 nafar, Namangan viloyatida 660 nafar, Sirdaryo viloyatida 950 
nafardan ziyod kam ta`minlangan oila farzandlari va nog`iron bolalar 
respublikamizning so`lim go`shalarida maroqli hordiq chiqarishdi. Ushbu 
takliflarning asosiylaridan biri, bu jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilgan 
bolalarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilishdan ko`ra muqobil jazo yoki 


72 
boshqa tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish choralarini qo`llash amaliyotiga ko`proq 
e`tibor berilmoqda. Shuningdek, hududiy komissiyalar tomonidan ijtimoiy va 
huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar haqidagi ma`lumotlar 
banki yaratilgani mazkur toifadagi bolalarni sog`lomlashtirish, ularga ta`lim-
tarbiya berish, moddiy va psixologik yordam ko`rsatish dasturlarini amalga 
oshirishga 
ko`maklashmoqda. 
Bundan 
tashqari, 
maxsuslashtirilgan 
markazlarni zamonaviy jihozlash, hujjatlarni qayd etish tizimini joriy qilish va 
ta`lim dasturlari sifatini oshirish orqali bolalarni saqlash sharoitlari yaxshilandi. 
Jumladan, Buxoro, Nukus, Toshkent, Guliston va Samarqand shaharlaridagi 
voyaga yetmaganlarga ijtimoiyhuquqiy yordam ko`rsatish markazlari kapital 
ta`mirlanib, ularda ijtimoiy reabilitatsiya jihozlari o`rnatildi. Voyaga 
yetmaganlarni balog`at yoshiga etgunga qadar tarbiyalash bilan birgalikda ilm-
fan va kasb-hunarga qiziqtirib borish zarur. Yosh avlodning jismonan sog`lom, 
aqlan etuk va ma`nan barkamol bo`lib voyaga etishishi jamiyatda ular 
huquqlarining qay darajada muhofaza qilinishiga ham bog`liq. Zero, ular 
tarbiyasi, faoliyatiga beriladigan e`tibor yurtimizning yangidan-yangi 
yutuqlariga omil bo`ladi. Ushbu xulosaga asoslanib quyidagi tavsiyalarni 
ishlab chiqdik:-ota-onalar yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslarni 
pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish zarur;-voyaga 
yetmaganlarning axloqiy va huquqiy tarbiyasida muammolarni bilish shart;-
voyaga yetmaganlar tarbiyasidagi kamchiliklarni o`z vaqtida o`rganib, oldini 
olish;-o`smirni noo`rin yoki bilib-bilmasdan jazolanishini oldini olish kerak;-
bolalarni ijtimoiy foydali mehnat bilan shu`ullanishiga sharoit yaratib berish 
lozim;-bolani ortiqcha erkalatib yuborish (aytgani aytgan va degani degan 
holga kelib qolishi) ni oldini olish zarur;-oilaviy muammolarning mavjudligi 
(oilaviy muhitning yaxshi emasligi, ishsizlik, ajralishlar, ko`chib yurish, yangi 
sharoitga o`smirni moslasha olmasligi, kasallik va iqtisodiy nochorlik kabilar) 
va bu muammolarni oqilona hal etish zarur;-voyaga yetmagan shaxsning 
himoyasizligi, ya`ni uni eshitmaslik yoki tushinishni istamaslik, muammolar 


73 
echimiga qaratilgan to`g`ri yo`lni ko`rsatmaslik va yordam bermaslik kabi 
holatlarni oldini olish zarur;-voyaga yetmagan shaxsni tengqurlari tomonidan 
kamsitilishi, tahqirlanishi, jismoniy choralar ko`rilishi va bunday muammoli 
holatlarni bartaraf etish zarur;-oila, o`quv muassasasi va mahalla 
hamkorligining pedagogik-psixologik talablar darajasiga olib chiqish zarur;-
bolani ortiqcha tergash, nasihatgo`ylik qilish, har xil og`ir jismoniy ishlarga 
jalb qilish oqibatida mehnatdan bezdirish, bolani yosh, jins va individualruhiy 
xususiyatlarini inobatga olish zarur;-nazoratsizlik oqibatida voyaga yetmagan 
lani jinoyatni o`tab qaytganlar yoki jinoiy tajribaga ega bo`lganlar muhitiga 
tushib qolishini oldini olish zarur;-tarbiyasi qiyin o`smirlarning sinf jamoasi 
bilan bo`ladigan munosabatlarini sog`lomlashtirish voyaga yetmaganlar 
o`rtasida jinoyatchilik xulqining oldini olishda muhim omil sifatida o`rin tutadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə