Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasining ayrim masalalari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#133972
  1   2   3   4   5
EJAR 0804



EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | 
SJIF =
 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 8, August 2023 ISSN 2181-2020 
Page 30 
 
VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIGI 
PROFILAKTIKASINING AYRIM MASALALARI 
Kalandarov Djalaladdin Davronovich
Xorazm viloyati prokurorining katta yerdamchisi
https://www.doi.org/10.5281/zenodo.8232635
 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Received: 03
th 
August 2023 
Accepted: 09
th 
August 2023 
Online: 10
th 
August 2023
 
 
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi 
profilaktikasining ayrim masalalari tahlil etilgan. 
Shuningdek, maqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida 
nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir 
masalalar tahlil etish jarayonida “Voyaga yetmaganlar 
o‘rtasida 
nazoratsizlik 
va 
huquqbuzarliklarning 
profilaktikasi 
to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni ma’zmun va mohiyati ham ochib 
berilgan. 
KEY WORDS 
Ayb, voyaga yetmagan, jinoyat, 
javobgarlik, 
jazo, 
huquqbuzarlik, 
ijtimoiy 
xavflilik, 
xulq-atvor, 
profilaktika. 
Bizga ma’lumki, kriminologiyada jinoyatlarning oldini olish deganda, jinoyat va boshqa 
huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi sabablar va omillarni bartaraf etish 
yoki ularni neytrallashtirishga qaratilgan davlat va jamiyat chora-tadbirlari majmuini 
tushunishni nazarda tutadi
1

Ko‘pgina kriminologlar jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarning umumiy va maxsus 
profilaktikasini farqlaydilar, shuningdek kriminologik profilaktikaning turli vazifalari va 
darajalarini qayd etadilar
2

Mustaqillik yillarida respublikada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka 
qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatda huquq-
tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada 
yaxshilashga erishildi. 
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ayrim kamchiliklardan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Xususan, 
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat organlarining ish shakli va 
uslublari, eng avvalo axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan yetarli darajada 
foydalanilmayotganligi; 
davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga lozim 
darajada e’tibor qaratmayotgani; 
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-
tadbirlarning aniq manzilga yo‘naltirilmaganligi va ularga kompleks yondashilmayotganligi, 
shuningdek huquqbuzarliklarning tizimli ravishda sodir etilishiga doir sabab va shart-
1
Криминология. – М., 1996. – 203-204-б. 
2
Игошев К.Е. Социальный контроль и профилактика преступлений. – Горький, 1976. – 39-40-б. 



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə