Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasining ayrim masalalari


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#133972
1   2   3   4   5
EJAR 0804

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | 
SJIF =
 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 8, August 2023 ISSN 2181-2020 
Page 31 
sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish 
samaradorligi mavjud emasligi; 
vakolatli organlarning yetarli darajada tashabbus ko‘rsatmayotganligi, lozim darajadagi 
idoralararo hamkorlikning mavjud emasligi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning o‘zaro 
nomutanosibligi. 
Bu kabi holatlar huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish 
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirishni talab etadi
3

Ba’zi olimlarning o‘rganishlariga ko‘ra
4
, mamlakatimizda voyaga yetmaganlar 
huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish yuzasidan quyidagi ishlarni amalga 
oshirish lozim: 
voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining sabablarini tugatishning tashkiliy 
mexanizmini ishlab chiqish: juda ko‘p holatda huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan 
shug‘ullanuvchi subyektlar huquqbuzarliklarning shart-sharoitlarini bartaraf etishga e’tibor 
qaratadi. 
voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda 
psixologik, sotsiologik va pedagogik bilimlardan kengroq foydalanish: aynan voyaga 
yetmaganlarning huquqbuzarliklari muammolarini o‘rganadigan va hal qiladigan alohida 
kadrlar tayyorlash. 
voyaga yetmaganlar o‘rtasida ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmini 
takomillashtirish: ma’muriy huquqbuzarliklarning kriminologik tahlili, voyaga yetmagan 
huquqbuzar shaxsini, shuningdek, huquqbuzarliklarning ko‘zga ko‘rinmas aslida muhim 
bo‘lgan sabablarini o‘rganishdagi muhim o‘rin tutadi. 
voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda 
hududiy omillarni hisobga olish kerak: hududiy kriminogen omillar, aholi tarkibi, demografik 
vaziyat, migratsiya jarayonlari kabi. 
Demak, sohada yetarli kamchiliklar hamda qilinishi kerak bo‘lgan qator ishlar borligi 
aniq. Shu xususda, hozirgi kunda umuman huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash 
borasidagi ishlar va ularning tahliliga birma-bir to‘xtalib o‘tishimiz lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qaroriga 
asosan, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha 
respublika idoralararo komissiyasi to‘g‘risidagi” va “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha 
idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomlar tasdiqlandi. 
2014-yil 14 mayda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qonuniy ta’rifi berildi: 
ijtimoiy reabilitasiya qilish va ijtimoiy moslashtirish – huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga, 
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir 
etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam 
3
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi 
kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2833-son Qarori // Oʼzbekiston 
Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son. 
4
Ш. Р. Ғофуров. Вояга етмаганлар ўртасида ҳуқуқбузарликлар профилактикасини такомиллаштириш 
масалалари // Ўзбекистон Республикаси ИИВ Aкадемиясининг Aхборотномаси. 2017. № 3 (4). 63-68 б. 



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə