Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasining ayrim masalalari


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#133972
1   2   3   4   5
EJAR 0804

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | 
SJIF =
 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 8, August 2023 ISSN 2181-2020 
Page 33 
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi deganda, huquqbuzarliklar 
profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning g‘ayriijtimoiy xulq-
atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni 
aniqlash, ularning hisobini yuritish va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga doir faoliyat. 
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari deganda, profilaktika 
suhbati, rasmiy ogohlantirish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon 
berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida xabardor qilish, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy 
moslashtirish, profilaktik hisobga olish, majburiy davolanishga yuborish, ma’muriy nazorat 
hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. 
Lekin, voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini amalga 
oshirishda ham ma’lum muammolar borki, bu boradagi ishlarning samaradorligiga ta’sir 
etmasdan qolmaydi. Masalan, voyaga yetmagan shaxsni profilaktik hisobga olish, ya’ni bunda 
voyaga yetmagan ichki ishlar organlariga keltiriladi va unga xuddi jinoyatchidek munosabat 
yo‘lga qo‘yilishi o‘smirning ruhiyatiga jiddiy ta’sir qilmasdan qolmaydi. Shunki, huquqbuzar 
shaxsini o‘rganishdan bizga ma’lumki, voyaga yetmagan shaxsning huquqbuzarlik sodir etishi 
uning motiv va maqsadlariga ko‘ra voyaga yetganlar huquqbuzarligidan keskin farq qiladi, 
ba’zan ular o‘zi sodir etgan qilmishning ijtimoiy xavfliligini to‘la anglamaydi. Bundan tashqari, 
voyaga yetmaganni ijtimoiy moslashuvini ham qiyinlashtiradi. Bunda ularga nisbatan o‘ziga 
xos munosabatda bo‘lishni taqazo etadi. 
Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi esa, huquqbuzarliklar profilaktikasini 
bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan 
jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini 
qo‘llashga doir faoliyatni nazarda tutadi. 
Aytish lozimki, voyaga yetmaganlar huquqbuzarligini oldini olishda, ushbu turdagi 
huquqbuzarliklarning viktimlarini o‘rganish ham alohida kasb etadi. 
Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari deganda, qonun 
chiqaruvchi huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning individual va ijtimoiy-
psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda profilaktika tadbirlarini o‘tkazish, aholiga, shu 
jumladan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar o‘rtasidagi nizolarni hal etish 
usullarini o‘rgatish, huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va himoya qilish bo‘yicha 
chora-tadbirlarni ko‘rish, huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi 
ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etish, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy 
va psixologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish va amalga oshirish, uni qonunda nazarda tutilgan o‘zini o‘zi mudofaa qilish usullari va 
vositalari to‘g‘risida xabardor qilish, g‘ayriijtimoiy xulq-atvor nisbatan tez-tez kuzatiladigan 
yoki huquqbuzarliklar tez-tez sodir bo‘lib turadigan joylarni (hududlarni) muntazam ravishda 
nazorat qilish, hujum qilingan taqdirda zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat haqidagi 
ma’lumotlarni keng tarqatish yo‘li bilan aholiga huquqiy tarbiya va ta’lim berish, g‘ayriijtimoiy 
xulq-atvor, tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida 
axborot olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ 
yoki muassasa huzurida ishonch, tezkor aloqa telefonlarini, qutqaruv xizmatlarini tashkil 
etish, profilaktika dasturlari va tadbirlari loyihalarining ommaviy muhokamalarini tashkil 
etish, ularni amalga oshirish jarayonida muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda 



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə