Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasining ayrim masalalari


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#133972
1   2   3   4   5
EJAR 0804

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | 
SJIF =
 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 8, August 2023 ISSN 2181-2020 
Page 34 
bartaraf etish maqsadida jahon Internet axborot tarmog‘ida veb-saytlar, bloglar, chatlar 
tashkil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasining zamonaviy usullari to‘g‘risida elektron 
adabiyotlarni tarqatish hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z 
ichiga olishi mumkin. 
Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini amalga oshirishning alohida turini tashkil 
etuvchi voyaga yetmaganlar huquqbuzarligini oldini olish, alohida qonun asosida tartibga 
solinadi. 
“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi 
to‘g‘risida”gi
6
Qonun 2010-yil 29-sentyabrda qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonunni alohida 
e’tirof etish lozim. 
Mazkur qonun voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning 
profilaktikasiga doir asosiy qoidalari, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va 
huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar va 
ularning vakolatlari, yakka tartibdagi profilaktika ishini tashkil etish, voyaga yetmaganni 
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish tartibi, voyaga yetmaganni 
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tartibi va boshqa qoidalar tartibga 
solindi. 
Shuningdek, mazkur qonun voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular 
tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining 
oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf 
etish, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya 
qilinishini ta’minlash, voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish, 
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalarni ijtimoiy-pedagogik 
reabilitatsiya qilish, voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-
harakatlarni sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berish maqsadlarini 
ko‘zlaydi. 
6
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi 
to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 
03/19/567/3737-son. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə