Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasining ayrim masalalari


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#133972
1   2   3   4   5
EJAR 0804

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | 
SJIF =
 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 8, August 2023 ISSN 2181-2020 
Page 32 
ko‘rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini 
singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui; 
g‘ayriijtimoiy xulq-atvor – shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va 
qoidalarini buzuvchi turmush tarzi, harakati yoki harakatsizligi; 
huquqbuzarlik
 
– sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda 
tutilgan aybli g‘ayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik); 
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi – jismoniy, ma’naviy yoki mulkiy zarar yetkazilganligi 
oqibatida huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxs; 
huquqbuzarliklar profilaktikasi

huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, 
huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir 
etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish 
maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va 
viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi
huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs - o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori 
xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo‘lgan jismoniy shaxs. 
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi
5
qonunning 6-moddasida profilaktika 
turlari keltirilgan bo‘lib, bu voyaga yetmaganlar huquqbuzarligiga ham bevosita tegishlidir. 
Jumladan, huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi, viktimologik 
profilaktikasi qonunda nazarda tutilgan: 
huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi - huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga 
oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning huquqbuzarliklarning 
oldini olish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-
sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha faoliyati (huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir 
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; aholi 
o‘rtasidagi huquqiy targ‘ibot; huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon 
berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish hamda huquqbuzarliklarning sodir 
etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 
taqdimnomalar kiritish va boshqalar.) 
huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi - huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita 
amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning ayrim turdagi huquqbuzarliklar 
profilaktikasiga, bu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon 
berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga, ayrim toifadagi shaxslarni aniqlash va ularga 
profilaktik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga 
oshirishga doir faoliyat. 
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi shular 
jumlasidandir. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi 
“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni
, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
5
O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni // Oʼzbekiston Respublikasi 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son. 



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə