Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………… 
ILOVALAR ………………………………………………………………….. 



KIRISH 
Bitiruv 
malakaviy 
ish 
mavzusining 
dolzarbligi. 
So`ngi 
yillarda 
respublikamizda yoshlar siyosati eng ustuvor vazifa hisoblanib kelmoqda. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
SH.Mirziyoyevning 
“Agar 
farzandlarimizga to`g`ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqa uni yurish-
turishi, kayfiyatidan ogoh bo`lib turmasak, ularni ilm-u hunarga o`rgatmasak, 
munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib quyishimiz hech gap emas”
deya ta`kidlagan fikrlaridan ham yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, 
vatanparvar etib tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir 
etilishining oldini olish dolzarb masalaga aylanganligini hamda bu boradagi 
qarashlarga enidilikda jiddiy yondashuv ostida qarashimizni anglab olsak 
bo`ladi.
Shu o`rinda huquqni muhofaza qiluvchi targ`ibot organlari o`smir yoshlar 
o`rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish emas, balki jinoyatchilikning oldini 
olish, profilaktik chora-tadbirlar ko`rishga e`tiborni kuchaytirdilar. Voyaga 
yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish va ularning sodir etilishiga sharoit 
tug`diruvchi vaziyatlarni bartaraf qilish davlat va jamiyat oldida turgan asosiy 
muammolardan biri sanaladi. Chunki voyaga yetmagan shaxslarning jinoyat sodir 
etishlari kelgusida ularning retsidivist
jinoyatchi bo`lish ehtimolini oshiradi 
hamda bu holat mamlakatning kelajakdagi taraqqiyotiga o`zining salbiy ta`sirini 
o`tkazadi. Umumiy jinoyatchilikdan farqli ravishda voyaga yetmaganlar 
jinoyatchiligi mamlakatning kelgusidagi taqdiri bilan bog`langan bo`lib, ushbu 
muammoga bugungi kunda alohida e`tibor bilan yondoshilmasa uning millat 
kelajagiga salbiy ta`siri ortib ketishi mumkin. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtimizda o‘tgan davr mobaynida 185 nafar voyaga 
yetmagan shaxsga nisbatan 125 ta jinoyat ishi ko'rib chiqilgan. Shundan 48 nafari 
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 59 nafari uncha og‘ir bo‘lmagan, 67 nafari og‘ir 
va 11 nafari o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishgan. Ularning 182 nafari qasddan, 3 
nafari esa ehtiyotsizlik oqibatida jinoyatga qo‘l urganlikda ayblanmoqda. Olib 
borilayotgan profilaktik tadbirlarning ta’siri yetarli dajarada emasligini - 



jinoyatlarning 17 tasi muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgani bilan 
izohlash mumkin. 
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish borasidagi tajriba shuni 
ko`rsatadiki, ushbu ijtimoiy salbiy illatga qarshi kurashning ilmiy asoslangan, 
puxta ishlangan va samarali choralarini qo`llamasdan turib, unga qarshi kurashda 
muvaffaqiyatga erishib bo`lmaydi. 
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlar xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, 
Fransiya, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Yaponiya kabi davlatlar tomonidan 
ham voyaga yetmagan yoshlar masalasiga chuquqr e`tibor qaratilib, ularning 
xaq-huquqlari birinchi ustuvor vazifasida belgilanmoqda. Jumladan, 
AQShdagi ko`plab 
bolalar jam`armalari va tashkilotlari o`z faoliyatlarini 
voyaga yetmagan huquqbuzarliklarni kamaytirish va yo`q qilishga bag`ishlab, 
ushbu tashkilotlarning aksariyati voyaga yetmagan huquqbuzarlikning 
sabablari uchun vaqtini va pullarini mazkur turdagi ishlarni nazorat qilish 
uchun sarflaydi. Yaponiya tajribasida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir 
etilayotgan jinoyatlarga nisbatan chora-tadbirlar tizimini urushdan keyingi va 
hozirgi kungacha bo`lgan davrni 4 bosqichga bo`lib amalga oshirgan. Natijada 
har bir bosqichdan keyin voyaga yetmaganlar jinoyatlar soni yildan-yilga
kamayib borib, so`ngi 10 yillikda dunyo bo`yicha aholi soni nisbatidan kelib 
chiqib Yaponiya voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etishning eng 
past ko`rsatkichi bo`yicha birinchilikni qo`lga kiritgan. 
Respublikamizda 
voyaga yetmaganlar va yoshlar tarbiyasi, ularning ma`naviyatini yuksaltirish 
borasidagi islohotlarni tizimli bosqichma-bosqich amalga oshirish strategiyasi 
belgilab olindi. Mazkur islohotlarning asosiy maqsadi voyaga yetmaganlar va 
yoshlarni kamol toptirish, iqtidorini to`la-to`kis ro`yobga chiqarish uchun 
ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda 
ularni kafolatlashdan iboratdir. Bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha 
bo`lgan yoshlar aholining taxminan 45 foizini tashkil etadi. Shuni alohida 
ta`kidlash joizki, bu yoshda insonning ongi, axloqi, ma`naviy qiyofasi 
shakllanadi. 
Shu 
bois 
mamlakatimizda 
bunday 
yoshlarga 
e`tibor 



kuchaytirilgan. Konstitutsiyamizning 45-moddasida voyaga yetmaganlar 
huquqlari davlat himoyasida ekani belgilab qo`yilgan. Asosiy qonunning 64-
moddasida esa ota-onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish 
va tarbiyalashga majbur ekani, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalari 
vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni 
ta`minlashi bolalarga yo`naltirilgan hayriya faoliyatini rag`batlantirishi qayd 
etilgan. Bu boradagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 
Dastlabki bosqich 1991-2000-yillarni o`z ichiga olib, mazkur bosqichda 
voyaga yetmaganlar va yoshlarni yagona mafkura asosida tarbiyalashga 
xizmat qiluvchi eski ma`muriy buyruqbozlik tizimi va uning huquqiy asoslari 
tugatilib, ularni tarbiyalash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilishning demokratik asoslari yaratildi. Ikkinchi bosqich 2001-2007-yillarni 
o`z ichiga olib, mazkur bosqichda voyaga yetmaganlar o`rtasidagi tarbiyaviy 
ishlarni kuchaytirish, buning uchun mas`ul davlat idoralari, jamoat 
tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar 
faoliyatini takomillashtirishga, shuningdek, jamiyatimizning ijtimoiy -
ma`naviy va iqtisodiy yangilanish jarayonida yoshlarning o`z o`rnini topishga 
ko`maklashish, ish bilan ta`minlash, sport bilan shug`ullanishga sharoit 
yaratish hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga e`tibor qaratildi. 
Ushbu davrda voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilishning 
huquqiy mexanizmlarini yaratish maqsadida “voyaga yetmagan bolalarni 
farzandlikka va bolalarni oila tarbiyasiga olish (patronat) to`g`risida”gi 
Nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi (2007), shuningdek 
“O`zbekistonda bolalar farovonligini ta`minlash bo`yicha Harakat dasturi” 
(2007) tasdiqlandi. Birinchi Prezidentimizning 2006-yil 10-oktabrdagi 
qaroriga asosan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga asos solindi. Umuman 
olganda, mamlakatimiz milliy mustaqilligi qo`lga kiritilgan ilk kunlardanoq 
kelajak avlodga g`amxo`rlik ko`rsatish masalasi davlat siyosatining ustuvor 
yo`nalishi qilib belgilandi. Xususan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 
tashabbusi asosida voyaga yetmaganlar ishlar bo`yicha komissiyalar hamda 



boshqa mutasaddi idoralarning voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini 
olish ishlari bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda tashkil etish vazifasi 
quyildi. Mazkur holat Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə