Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

Birinchidan,
 
ilmiy ishning dolzarbligi BMT tomonidan 1980-yilda 
aynan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish maqsadida qabul qilgan 
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining voyaga yetmaganlar o`rtasida 
jinoyatchilikni oldini olish bo`yicha rahbariy tamoyillari”
nomli normativ-
huquqiy hujjati ham isbotlaydi. BMT tomonidan bu borada alohida normativ-
huquqiy hujjatning qabul qilinishi ushbu masalaning butun dunyoda tashvishli 
masalalardan biri ekanligini isbotlaydi.
Ikkinchidan,
Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy 
an`ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma`naviy yetuk va 
jismonan sog`lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va 
manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilishi 
davomiy tarzda rivojlanmoqda. Mazkur sohadagi faoliyatni tubdan 
takomillashtirish maqsadida 2016-yil 14-sentyabr kuni qabul qilingan 
O`zbekiston Respublikasining 
“Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”
gi 
qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama bark amol
mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas`uliyatni o`z 
zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo`lida bor salohiyatini 
safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va 
ijodiy salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor 
yaratdi. 
Uchinchidan,
2017-2021-yillarda 
O`zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi 
demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi 
islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog`liq bir qator yangi va muhim 
vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz. Jumladan, Harakatlar 
strategiyasining 2-yo`nalishi Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq 
tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishiga bag`ishlanib, 2.4-bandiga 
muvofiq “jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish 



tizimini takomillashtirish” asosiy vazifa qilib belgilab quyilganligi ham mazkur 
soha samaradorligini oshirishga bo`lgan tizim negizini belgilab beradi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə