Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish


 Voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

1.3. Voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsi 
 
Voyaga yetmaganlar shaxsiyati hali to`liq shakllanib bo`lmaganligi bilan 
ajralib turadi. U o`zi sodir etgan noqonuniy qilmishning mohiyatini ko`p hollarda 
to`liq anglab yetmaydi ham. Bundan tashqari, yoshga bog`liq bo`lgan qiziqqonlik, 
o`zini tuta olmaslik kabi boshqa xususiyatlar tufayli ham o`spirin noqonuniy 
harakatga katta yoshli insonga nisbatan tezroq qo`l urishi mumkin. Shu bilan 
birga, voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo maqsadlariga davlat tomonidan 
qo`llanadigan qat`iy choralarni qo`llamay turib ham erishish mumkin. Shuning 
uchun, teng sharoitda voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsiga xuddi ana shu 
jinoyatga qo`l urgan katta yoshli shaxsga nisbatan birmuncha yengilroq tarzda 
kriminologik holatini maqsadga muvofiqdir. 
Shaxsning alohida ijtimoiy tipini ajratish uchun asos bo`ladigan shaxsiy 
xususiyatlar mavjudligi to`g`risidagi masala qizg`in bahslarga sabab bo`lib 
kelmoqda. Ayrim mualliflar fikriga ko`ra, jinoyatchi shaxs sifatida boshqa 
odamlardan ajralib turadi
25
, ayrim mualliflar esa, asosan jinoyat sodir etish 
paytida shaxsning shart-sharoit bilan o`zaro ta`siriga ishora qiladi
26
.
Jinoyat sodir etuvchi voyaga yetmagan shaxsining tipini aniqlashda ayrim 
metodologik va metodik qoidalarni e`tiborga olish lozim: 
birinchidan, 
bu erda tipning ijtimoiy tabiati to`g`risida so`z yuritiladi, shu 
bois aynan insonning “shaxsi, ijtimoiy qiyofasi” uning oktogenozi jarayonida 
o`rganiladi; 
ikkinchi,
ko`rib chiqilayotgan shaxs tipi u o`ziga xos bo`lgan odamlarning 
barqaror ijtimoiy belgilangan xususiyatlarining mavjudligini ifodalagan 
taqdirdagina ahamiyat kasb etadi. Bu xususiyatlar jinoiy xulq-atvor fakti bilan 
emas, balki uning imkoniyati bilan belgilanadi. Mazkur imkoniyat faqat muhit 
bilan o`zaro aloqada yuzaga chiqadi. Shu bois mazkur shaxs tipining tarqalganlik 
darajasi jinoyat sodir etuvchi shaxslarning tarqalganlik darajasiga mos kelmasligi 
mumkin. U qonunda belgilangan tartibda jinoyat sodir etishda aybdor deb 
25
Лейкина Н.С. Личность преступника и уголовная ответственность. – Л., 1968. – 9-б. 
26
Saxarov.A.B. “Voyaga yetmaganlar ishlariga doir amaliy-ilmiy maqolalar” Tarjima, Toshkent.: – 111-b. 


30 
topilgan barcha shaxslarni qamrab olmaydi. Shu sababli deyarli barcha 
tadqiqotchilar asosan shart-sharoit ta`sirida jinoyat sodir etuvchi 
“tasodifiy 
jinoyatchi”
tipini farqlaydi. 
Binobarin, kriminogen shaxs tushunchasi boshqa shaxs tiplari bilan 
taqqoslaganda tegishli shart-sharoitda jinoiy xulq-atvor yuz berish ehtimoli katta 
bo`lgan muayyan ijtimoiy tipni ifodalashi mumkin. Bunday ehtimol faqat ijtimoiy 
muhit bilan o`zaro ta`sirga kirishish natijasida ro`yobga chiqadi va shundan keyin, 
ya`ni jinoyat sodir etilganidan so`nggina kriminogen shaxsning ijtimoiy tipini 
ifodalovchi shaxs jinoyatchiga aylanadi. Shaxs kriminogen xususiyatga ega 
ekanligini aniqlash uning ijtimoiy muhitini sog`lomlashtirish, shaxsga zarur 
ijtimoiy yordam ko`rsatish, unga nisbatan tarbiyaviy-profilaktik ta`sirni 
kuchaytirish uchun asos bo`ladi. Tayinlanadigan jazo sodir etilgan qilmishning 
xususiyatiga mos kelishi lozim.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə