Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

s
ostiologik yondashuvlar
 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu ta`limotlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular avvalo ekzogen 
omillarga va ularning ko`pligiga e`tibor beradi. 
XVI asrdayoq Tomas Mor o`zining “Utopiya” asarida ingliz jamiyatida 
jinoiy xulq-atvor ayrim shaxslarning qashshoqligi va ayrim shaxslarning 
parazitik turmush tarzi bilan birligidan kelib chiqqanligi ta`kidlangan. 
Kampanella (XVII asr) “Quyosh shahri” asarida jinoyatchilik ko`pchilik 
odamlarning qashshoqligi 
bilan bog`liqligini, jamiyatni odillik va jamiyat 
a`zolarining tengligi prinsplarida qayta qurish zarurligini ta`kidlaydi. 
J.P.Marat (1743-1793), A.N.Radishchev (1749-1802) asarlarida 
jinoyatchilik bir odamning boshqa odamga 
zulm o`tkazishi, jamiyatdagi 
zo`ravonlik, adolatsizlik 
bilan bog`lanadi. 
Golland kriminologi Van-Gamel (1842-1917) sostiologik maktab 
doirasida ijtimoiy omillarga, ular orasida esa-iqtisodiy shart-sharoitga 
(ayniqsa, boyish ishtiyoqiga) alohida e`tibor berdi. 


24 
Nemis kriminalisti List (1851-1919) jinoyatchilikka nafaqat jamiyatning 
iqtisodiy sharoitlari, balki urush, alkogolizm, ba`zi bir urf-odatlar va udumlar, 
tarbiyadagi qusurlar va prostitutsiya ham ta`sir ko`rsatishini ta`kidladi. 
Belgiyalik kriminolog Bonger (1876-1940) jinoyatchilikni avvalo 
ijtimoiy tuzum mahsuli deb tavsifladi. Bundan tashqari, u bolalar mehnati,
 
uzun ish kuni, iqtisodiy tangliklar, ro`zg`ordagi kamchiliklar kabi ijtimoiy 
omillarni ham keltirgan. 
N.F.Kuznetsova fikriga ko`ra, salbiy iqtisodiy, mafkuraviy, madaniy, 
tarbiyaviy, tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy-psixologik omillar majmui 
jinoyatchilikka sabab bo`ladi. 
L.I.Spiridonovning fikricha, jinoyatchilikning alohida sabablari mavjud 
emas: ayni bir maxsus hodisalar har xil sharoitda turli ijobiy yoki salbiy 
oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. A.A.Piontkovskiy jinoyatchilik 
sabablarining asosiy mazmuni jamiyat a`zolarining muttasil o`sib boruvchi 
ehtiyojlari bilan ularni qondirish moddiy vositalari o`rtasidagi qarama- 
qarshilikdan iboratdir, deb ta`kidlaydi. S.A.Domaxin esa, aksincha, ijtimoiy 
munosabatlar g`ayriijtimoiy qarashlar va jinoyatlarga sabab bo`lishi mumkin 
emas, degan fikrni ilgari suradi
20

Jinoyatchilik iqtisodiy nazariyasi bo`yicha Vestfaliya universiteti 
kriminologiya institutining rahbari Gans Ioaxim Shnayder jinoyatchilik 
sabablarining uch iqtisodiy nazariyasini qayd etadi: 
1)
depressiya 
nazariyasi-kon`yunktura 
yuqori 
bo`lgan 
davrda 
jinoyatchilik kamayadi, iqtisodiy depressiya davrida esa-ko`chayadi; 
2)
ekspansiya nazariyasi-iqtisodiyot o`sishi bilan jinoyatchilik ham 
o`sib boradi, iqtisodiy o`sish pasayishi bilan esa-pasayadi; 
3)
depressiya va ekspansiyaning uyg`unlik nazariyasi-iqtisodiyot 
yuksalgan va pasaygan paytlarda jinoyatchilikning o`sishi ro`y beradi
21

Professor V.S.Volkov g`ayriijtimoiy xulq-atvor deformastiyasining 
o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda, jinoyatchilik sabablari va 
20
Sattorova M. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish. - T.: TDYI. 2006.
21
Abdurasulova Q., Nizova S. Jinoyatchilik va jinoyatchi shaxsi muammolari. - T.: TDYI. 2006.


25 
shartlarini uch guruh (kompleks)ga ajratishni taklif qiladi: 
a) jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari 
bilan bog`liq sabablar va shartlar; 
b) shaxsning jamiyatga integrastiyalashuvi, uning ijtimoiy-psixologik 
o`ziga xosliklari bilan bog`liq sabablar va shartlar; 
v) ijtimoiy munosabatlarni ijtimoiy-huquqiy tartibga solish va huquqiy 
tartibotdagi, huquqbuzarliklarning oldini olishdagi kamchiliklar bilan bog`liq 
sabablar va shartlar. 
O`z navbatida, mamlakatimiz huquqshunos olimlarining fikriga ko`ra 
voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik sabab va shart-sharoitlari 
quyidagicha tasniflagan
22
: (
-ilova

Voyaga yetmaganlar jinoyatchilining kelib chiqish sabab va shart-
sharoitlarini aniqlashda o`smirlar o`rtasida o`tkaziladigan sostiologik 
tadqiqotlar ham muhim o`rin egallaydi. Xususan, tadqiqotchi M.Xodjaev 
tomonidan ushbu muammo bo`yicha o`tkazilgan sostiologik tadqiqot 
natijalarida diqqatga sazovor holatlar aniqlangan
23
.
Jumladan, tarbiya koloniyasida g`araz maqsaddagi jinoyatlari uchun 
jazoni o`tayotgan 
o`smirlarga: “Siz hayotda erishishni istayotgan 
muvaffaqiyatlardan eng muhimi qaysi?”, deb berilgan savolga respondentlar 
tomonidan moddiy ta`minlanganlik, boylik-14,0 foiz, yuqori ma`lumotlilik, 
madaniyatlilik, bilimdonlik-4,0 foiz, mashxurlik, shon-shuxrat, xurmat-1,0 
foiz, atrofdagilarning xurmatiga sazovor bo`lish-12,0 foiz, obro`li oshna – 
og`aynilar orttirish-7,0 foiz, katta xaq to`lanadigan ish topish- 15,0 foiz, hech 
narsaga muhtojlik sezmasdan erkin yashash- 17,0 foiz, va boshqa javoblar- 2,0 
foiz ekanligi ma`lum bo`lgan. 
Bu ma`lumotlar voyaga yetmaganlar asosan, moddiy boyliklarga 
erishishga intilishlarini ko`rsatadi. Olingan javoblarni muayyan tartibda 
joylashtiradigan bo`lsak, yaxshi oilaga ega bo`lishga intilishdan tashqari, 
22
Abdurasulova Q. Kriminologiya (albom sxemalar). - T.: TDYI. 2004. -B.Sh-18. 
23
Xodjaev M. Voyaga yetmaganlar jinoiy guruh ishtirokchilari. -T.: Hayot va qonun. 2005. -B.75 


26 
dastlabki uch o`rinni moddiy farovonlik, to`kinlik bilan bog`liq hayotiy 
muvaffaqiyatlar egallaydi. Yuqori ma`lumot olish, madaniyatli bo`lish, 
bilimdonlik hayotiy muvaffaqiyat sifatida oxirgi o`rinni egallaydi. 
O`quvchi-yoshlar orasida olib borilgan sostiologik tadqiqotlar 
respondentlarning 80 foizi moddiy farovonlikni ta`minlashni o`z hayotining 
asosiy maqsadi deb hisoblashini ko`rsatdi. So`ralganlarning 40 foizi 
“qayg`usiz, maishatda yashash” imkoniyatini hayotdagi ideali, deb qayd 
etishgan. Moddiy ne`matlar egasi bo`lishga intilish sodir etilgan jinoyatning 
motivida bevosita namoyon bo`ladi. Jinoyat ishlarini o`rganish, jazoni 
o`tayotgan shaxslar orasida o`tkazilgan so`rovlar jinoyatlarning quyidagi 
motivlarini aniqlash imkonini berdi: pul, boylik to`plash-7,0 foiz, qimmatbaxo 
buyumlar sotib olish-10,0 foiz, zaruriy hayotiy ehtiyojlarini qondirish-42,0 
foiz, o`z oilasiga yordam berish-17,0 foiz, spirtli ichimliklar, giyohvand 
vositalar iste`mol qilish bilan bog`liq motivlar-13,0 foizni tashkil etadi. Bu 
raqamlardan ko`rish mumkinki, g`araz niyatdagi jinoyatlar asosan moddiy 
boylikni harid qilish uchun pulni egallash bilan bog`liq. Spirtli ichimliklar, 
giyohvandlik vositalarini iste`mol qilish bilan bog`liq motivlarning ulushi ham 
ancha katta. 
So`rovnomaning: «jinoyat sodir etgandan keyin nimani xis qildingiz?» 
degan savolga jazoni utayotgan o`smirlar berishgan javoblar quyidagicha: 
qoniqishni-3,0 foiz, sodir etgan qilmishi uchun jazodan qurqishni-24,0 foiz, 
oshna-ogaynilarning qoralashidan qurqishni-6,0 foiz, uyat xissini, o`z 
qilmishini qoralash kabi ijobiy tuygularni xis etishgani qayd etilgan. 
O`smirlarning atigi 14,0 foizi jinoyat sodir etgani uchun ota-onasi urishishidan 
qo`rqqan. Bu bejiz emas, chunki jami holatlarning 24,0 foizida aybdorlarning 
oila a`zolari sodir etilayotgan jinoyatlardan xabardorlar, ayrim holatlarda esa, 
jinoiy faoliyatni qo`llab-quvvatlaganlar. Bu ma`lumotlar “o`z oilasiga yordam 
berish” motivi hamda aybdorning o`g`irlangan moldan qanday foydalangani 
bilan bog`lanadi. “O`g`irlangan molni nima qilgansiz”, degan savolga jinoyat 
ishtirokchilari shunday javob berishgan: oilamga berdim-24,0 foiz, o`zimga 
ishlatdim-35,0 foiz, oshna – og`aynilarimga berdim-12,0 foiz, sotdik, pulini 


27 
bo`lishib oldik-10,0 foiz, birgalikda sovurdik-8,0 foiz, foydalanishga 
ulgurmadik, chunki uni ichki ishlar xodimlari olib quydi-11,0 foiz. 
Yuqoridagilarga ko’ra, ota-onalarning to`rtdan bir qismi o`z 
farzandining jinoiy qilmishidan xabardor bo`libgina qolmasdan, balki 
o`g`irlikdagi mol-mulkdan birgalikda foydalangan va shu tariqa o`smirni 
yangi jinoyat sodir etishga rag`batlantirgan. 
Yuqoridagi 
fikrlardan 
xulosa 
qilib, 
voyaga 
yetmaganlar 
jinoyatchiligining sabablari va ularni keltirib chiqarayotgan shart -sharoitlarni 
quyidagi shaklda klassifikastiya qilish mumkin: 
1.
Latent jinoyatchilik, ya`ni voyaga yetmaganlar tomonidan sodir 
etilgan jinoyatlar turli sabablarga ko`ra huquqni muxofaza qilish idoralari 
tomonidan ro`yxatga olinmasligi ularning kelgusida og`irroq jinoyatlar sodir 
etishlari uchun zamin yaratmoqda. 
2.
Voyaga yetmaganlarning hech bir qiyinchiliksiz moddiy ne`matga 
ega bo`lishga intilishlari turli jinoyatlar sodir etishiga olib keladi. 
3.
Tarbiyasi og`ir va muqaddam sudlangan voyaga yetmaganlar bilan 
ichki ishlar idoralari voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarni oldini 
olish guruhi nozirlari tomonidan profilaktika ishlari O`zbekiston Respublikasi 
IIVning talabi asosida olib borilmasligi ham turtki bo`lmoqda. 
4.
Voyaga yetmaganlar bo`sh vaqtlarini unumli tashkil etishda yo`l 
quyilayotgan kamchiliklar, ya`ni yoshlarni darsdan bo`sh vaqtlarida turli 
to`garaklarga jalb etish ishlarida tegishli tashkilot va muassasalarida 
tashabbuskorlikning etishmasligi o`rin tutib kelmoqda. 
5.
Voyaga yetmaganlarning bandligini ta`minlashda yo`l quyilayotgan 
kamchiliklar, ya`ni voyaga yetmaganlarni ish bilan ta`minlash hamda mehnat 
qonunida belgilangan rag`batlarni yetarli darajada ta`minlanmasligi ham 
o`zining ta`sirini o`tkazmoqda. Bunda joylardagi o`qimasdan-ishlamasdan 
yurgan voyaga yetmaganlar sonini aniqlash bo`yicha ma`lumotlar muntazam 
monitoring yo`lga quyilmaganligi va amalga oshirilayotgan ishlar talab 
darajasida tashkil etilmayotganligi oqibati deb hisoblash mumkin. 
1.
Katta yoshdagi jinoyatchilar tomonidan voyaga yetmaganlarni 


28 
huquqbuzishlarga yoki turli g`ayriijtimoiy harakatlarga jalb qilinishi hamda 
ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan muqaddam sudlanganlar bilan 
tarbiyaviy ishlarini tashkil etishda yo`l quyilayotgan kamchiliklarning ham 
o`rni beqiyosdir. 
2.
Ta`lim muassasalari o`qituvchilarning jinoyat sodir etib shaxsiy 
o`rnak ko`rsatishlari ham yoshlarga o`zining ta`sirini o`tkazmoqda. 
3.
Ota-onalarning o`zaro noma`qul munosabatlari, ya`ni muntazam 
spirtli ichimlikka ruju quygan ota-onalarning farzandlari taqdiriga befarqlik 
munosabati yoki ota-onalarning ajralib ketishi holatlariningyildan-yilga 
ko`payib borayotganligi hamda ota-onalarning farzandlari tarbiyasi ustidan 
nazoratni susaytirib yuborganligi, shuningdek, farzandlari tomonidan sodir 
etilayotgan huquqbuzarlik yoki jinoyatga nisbatan qarshi keskin choralar 
ko`rilmasligini qayd etish zarur. 2012-yilda respublika miqyosida deyarli 20 
mingta oila barbod bo`lgan
24
.
4.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan 
qonun normalarini qo`llash bilan bog`liq holatlar ham bevosita o`zining 
ta`sirini o`tkazmoqda. Masalan, komissiyalarning huquqbuzar voyaga 
yetmaganlarga jazo tayinlash jarayonida yo`l quygan xato va kamchiliklari, 
ularning kelgusida jinoyat sodir etishlari uchun zamin yaratadi. 
24
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha kommissiya qarori 
-T.: 2012-yil 11-aprel. 


29 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə