Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

Vaziyatga bog`liq tip.
Mazkur shaxs ongi va xulq-atvorining, shuningdek 
u qo`shilgan mikromuhitning axloqqa zid unsurlari ahamiyatsizdir. Jinoyat 
mazkur shaxs aybi bilan yuzaga kelmagan, uning uchun ma`lum darajada 
g`ayrioddiy va boshqa subyektlar bilan birgalikda axloq va huquq normalarini 
buzish bilan bog`liq bo`lgan vaziyatning hal qiluvchi ta`siri natijasida sodir 
etiladi. 
Voyaga yetmagan jinoyatchilarning aksariyati aralash tipga mansub, 
ayniqsa, agar ular kriminogen mikromuhitda uzoq vaqt yashagan va 
g`ayrihuquqiy qilmishlar sodir etuvchi shaxslar bilan yaqin aloqa qilgan bo`lsa.
Shuningdek, Voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklarini o`rganishdan 
shu kelib chiqdiki, voyaga yetmaganlar ko`p xollarda katta yoshli shaxslarning 
bosimiga bo`ysunib jinoyat sodir etadilar. Bunday voyaga yetmaganlarning 
ko`pchiligi inkor sifatlarda, ya`ni dangasalik, beboshlik, masuliyatsizlik, 
konforizm, agressivlikda namoyon bo`ladi. O`ziga xosligi bilan ajralib turgan 
voyaga yetmaganlarning shakllantirishda oilaviy sharoitlar, oila a`zolari yoki 
qarindoshlarning alkogolizmga berilib ketishi, ularning axloqsizligi katta ta`sir 
ko`rsatadi. Biroq, kamroq vaziyatlarda voyaga yetmagan shaxslarni jinoyat sodir 
etishda ularni sevgan, jami yaxshiliklarni tilagan shaxslar, pedagogik 
madaniyatga etarli darajada bo`lmagan ota-onalar ham sababchi bo`lishlari 
mukin. 


32 
Tarbiyasi og`ir bo`lgan shaxslar uchun o`qishni inkor etish tabiiy xoldir. 
Ularning ko`pchiligi jamoada o`zlariga nisbatan salbiy munosabatlarda bo`lgan 
insonlar bilan munosabatlarga kirishadilar. Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy 
qarama-qarshilikda yuzaga kelagan axloqiy harakatlari birinchi navbatda tashqi 
ijtimoiy muhitda, shuningdek individual xususiyatlar orqali hayotiy omadsizlikda 
kuzatiladi. 
O`tish davri (11-15 yosh) biologik jixatdan bosh mezon bo`lib hisoblanib 
organizmning boshqa biologik tizimlari shu davr oralig`ida shakllanib boradi. 
O`tish fazasining ijtimoiy davomiyligi-bu birlamchi ijtimoiylashuvning davomiga 
to`g`ri keladi. Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy mavqei bolalik davridan farq 
qiladi. Psixologik jihatdan qaraganda ular qarama-qarshidir. 
O`smir yoshi (14-18 yosh) o`zida 
“uchinchi dunyo”
ni aks ettirib bolalik va 
katta yosh davri oralig`idagi biologik jihatdan jismoniy o`zgarishlarni (ularning 
tug`ullanganlik darajasini) nazarda tutadi. Bu vaqt mobaynida ularning psixik 
rivojlanishi avjiga chiqadi. 
Huquqiy axloq normalarining shakllanishi 14-16 yoshlarda nihoyasiga 
etadi. Bu vaziyat qisman jinoiy ma`suliyatni sezgan yoshdan boshlab (14 yoshda) 
jinoiy javobgarlikni sezish davrigacha etib boradi (16 yoshda).
Tarbiyasi og`ir bolalarning ongi va xatti-harakatiga ikkita muhit katta ta`sir 
ko`rsatadi:

birinchisi-oila, maktab va mehnat faoliyati,

ikkinchisi-ko`cha, xovli, norasmiy tenqurlar guruhi.
Tarbiyasi og`ir bolalar deganda
turli pedagogik faoliyatda mavjud 
bo`lgan qarama-qarshi fikrlar, turli sabablarlarga ko`ra pedagogik va ijtimoiy 
himoya masalalarini hal etish bilan bog`liq bo`lgan muammolar tushuniladi. 
Katta yoshdagi insonlar, ota-onalar va o`qituvchilar orasidagi munosabatlarning 
salbiy oqibatlari balog`at yoshiga 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə