Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish


Qisman ixtisoslashgan jinoyatchilikning oldini olish subyektlari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

Qisman ixtisoslashgan jinoyatchilikning oldini olish subyektlari 
jumlasiga ijtimoiy xizmat ko`rsatish , ta`lim, sog`liqni saqlash muassasalari, 
shuningdek, tabiatni muxofaza qilish, nazorat-taftish va auditorlik tashkilotlari 
kiradi. Ushbu organlarni qisman ixtisoslashgan oldini olish organlari deb 
nomlashdan maqsad ular va ixtisoslashmagan tuzilmalar o`rtasidagi farqlarni 
ko`rsatishdir. Ixtisoslashmagan tuzilmalar jinoyatchilikning oldini olishga 
ma`lum darajada bog`liqdir, ammo ushbu masalalar jinoyatchilikka qarshi 
izchil kurash olib boruvchi tegishli organlar murojaat qilganidan keyingina 
yoki ishlovchilar muhitida huquq-tartibot va xavfsizlikni ta`minlash 
munosabati bilan vujudga keladi va ular tomonidan hal qilinadi. 
29
Abdurasulova Q. Kriminologiya fanidan ma'ruzalar tezisi. - T.: TDYI. 2005-B.32. 


41 
Huquqni muxofaza qilish organlari jinoyatchilikning oldini olishning 
ixtisoslashgan subyektlari hisoblanadi. Ular jinoyatchi, jinoyatga moyil va 
huquqbuzar o`smirlar bilan to`g`ridan-to`g`ri tarbiyaviy-ogohlantiruv va 
profilaktika ishlari ularning asosiy, ustuvor vazifalari jumlasiga kiradi. Bular 
sud, prokuratura, ichki ishlar, adliya organlari va boshqa muassasalardir. 
Ma`lumki, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga mas`ul 
bo`lganlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

Davlatning vakolatli idoralari; 

Nodavlat-notijorat tashkilotlar; 

Oila. 
Ularning barchasi voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyat sodir etish 
holatlarini oldini olish yuzasidan manfaatdor hisoblanadi. Davlat vakolatli 
idoralari mamlakat xavfsizligi nuqtai nazaridan manfaatdor bo`lsa, nodavlat-
notijorat tashkilotlar jamiyat xavfsizligi yuzasidan, o`z navbatida oila esa, 
o`zining barqarorligi va bardavomligi bilan manfaatordir. 
Shu o`rinda, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga 
mas`ul bo`lgan ayrim idoralar faoliyatiga alohida to`xtalish maqsadga 
muvofiqdir. 
Voyaga 
yetmaganlar 
jinoyatchiligining 
oldini 
olishda 
davlat 
organlarining o`rni o`ziga xos ahamiyat kasb etadi. Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiya va uning xududiy 
organlari bu boradagi ishlarni tashkil etishda birlamchi idora hisoblanadi. 
Voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalarning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-
voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish, ularning nazoratsiz, qarovsiz qolishi hamda ular o`rtasida sodir 
etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqishi sabablari, shart-
sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini amalga oshirish; 
-
davlat idoralari, o`zini o`zi boshqarish organlari va jamoat 
tashkilotlarining 
voyaga 
yetmaganlarning 
nazoratsiz 
qolishi 
va 
huquqbuzarliklarning 
oldini 
olish 
masalalari 
yuzasidan 
faoliyatini 


42 
muvofiqlashtirish; 
-
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligining 
ixtisoslashtirilgan uquv-tarbiya muassasalari va Ichki ishlar vazirligining 
muassasalarida voyaga 
yetmaganlarning saqlanishi, ularni 
o`qitish, 
tarbiyalash shart-sharoitlari ustidan nazoratni tashkil etish; 
- voyaga yetmagan yoshlarning ongini, tafakko`rini shakllantirish, 
yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda huquqiy savodxonligini 
oshirish maqsadida ma`naviyat va ma`rifat ishlarini jonlantirish; 
- jazoni ijro etish joylaridan ozod bo`lib kelgan yoki maxsus o`quv-
tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarni turar joy va ish bilan 
ta`minlashda yordam berish, shuningdek, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy 
himoya qilish bo`yicha qonunda ko`zda tutilgan boshqa vazifalarni amalga 
oshiradi. 
Voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar o`z faoliyatini 
jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar o`rtasida 
nazoratsiz qolishlar va huquqbuzarliklarning oldini olish organi hisoblanadi
30

Komissiya tarkibiga xalq ta`limi, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi, sog`liqni 
saqlash, mehnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish, ichki ishlar, xotin-qizlar 
qo`mitasi, kasaba uyushmalari, nodavlat, notijorat tashkilotlar va boshqa 
muassasalarning vakillari kiritilgan. 
Xududiy komissiyalar ularga yuklatilgan vakolatlardan kelib chiqqan 
xolda o`z faoliyatlarini 2 xil yo`nalish asosida amalga oshiradi: 
Birinchi.
Xalq ta`limi, sog`liqni saqlash, mehnat va axolini ijtimoiy 
muxofaza qilish, madaniyat va sport, ichki ishlar organlari, fuqarolarning o`zini 
o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning bolalar va o`smirlarni tarbiyalash, ularni joylashtirish, 
salomatliklarini mustakhamlash, voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va 
huquqbuzilishlarining oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya 
qilish bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi. 
30
Onalik va bolalikni himoya qilish masalalari bo`yicha qonun hujjatlari to`plami. -T.: “Adolat”. 2014. -B.220. 


43 
Ikkinchi.
O`zbekiston 
Respublikasining 
Ma`muriy 
javobgarlik 
to`g`risidagi kodeksning 247-moddasiga muvofiq komissiyalar vakolatiga 
kiritilgan ma`muriy huquqbuzilishlar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqadi. 
Hozirda mamlakatda hokimliklar huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari 
bo`yicha 216 ta komissiya ishlab turibdi, ularning tarkibida faoliyat 
ko`rsatayotgan mas`ul kotiblarning 193 nafari huquqshunos ma`lumotiga ega, 
jamoatchilik asosida komissiyalar ishiga 3 ming nafardan ziyod malakali 
mutaxassis jalb qilingan
31
.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish ishlarida voyaga 
yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar bevosita mas`ul bo`lgan idora 
hisoblansada, lekin xududiy komissiyalarning faoliyati aksariyat xollarda bir 
qator kamchililar o`rin tutib kelmoqda. 
Xususan, xududiy komissiyalar o`z faoliyatlarini etarli darajada tashkil 
etmaganligi bois 2015-yilda Respublika komissiyasi aralashuvi bilan 
mamlakat bo`yicha 292 nafar ota-ona qaramog`idan maxrum bo`lgan, vasiylik 
va homiylik belgilanmagan bolalar aniqlanib, ularning buzilgan huquqlari 
tiklangan
32
.
Shu bilan bir qatorda, Respublika komissiyaning 20014-yil 25-
fevraldagi yig`ilishida Toshkent shahar komissiyasi quyi komissiyalarga 
tashkiliy-uslubiy jixatdan rahbarlik qilish, ishni tashkil etish va 
rejalashtirishda jiddiy nuqsonlar mavjudligi sababli Chilonzor, Hamza, 
Yakkasaroy, Bektemir, Shayxontoxur, Mirzo Ulug`bek, Mirobod, Sirg`ali 
tuman komissiyalarida rejaviy tadbirlar to`liq bajarilmaganligi qayd etilgan . 
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi bo`yicha ma`muriy ishlarni ko`rib 
chiqishda ham bir qator kamchiliklar o`rin tutib kelmoqda. Xususan, ma`muriy 
ishlarni ko`rish jarayonida belgilangan muddatga rioya qilmaslik, ko`rib 
chiqilgan ma`muriy ish yuzasidan komissiya qarorini chiqarish o`rniga 
bayonnoma asosida ish yuritilishi (masalan tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganni 
31
Voyaga yetmaganlar: qarovsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishning dolzarb muammolari. Ilmiy - amaliy 
konferensiya materiallari. - T.: Qonun himoyasida. 2016. –B.13. 
32
O`zbekiston Respublikasi Bazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha kommissiya qarori 
-T.: 2015 yil 31 may 


44 
profilaktik hisobga olish) va boshqa holatlar o`rin tutib kelmoqda. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə