Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

Prokuratura organlari 
voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi 
ustidan nazorat amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar o`rtasida sodir 
etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va shart-
sharoitlarini o`rganish hamda uni bartaraf etilishi yuzasidan zaruriy choralar 
ko`rish yo`li bilan amalga oshiradi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Bosh 
Prokurorining 2011-yil 14-iyundagi “Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar 
ijrosi ustidan prokurorlik nazoratini yanada kuchaytirish to`g`risida”gi 27-
sonli buyrug`ida ularning vazifalari qat`iy belgilab berilgan.
Voyaga yetmaganlar to`g`risidagi qonunlar ijrosi ustidan prokuror 
nazorati voyaga yetmaganlarni ijtimoiy va huquqiy muxofaza qilish, ularni 
tarbiyalash, ta`lim berish uchun mas`ul bo`lgan organlar tomonidan qonun 
talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat
33
. Ushbu 
soxada, ya`ni voyaga yetmaganlar to`g`risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan 
prokuror nazoratining predmeti bo`lib, vazirliklar, idoralar, davlat qo`mitalari, 
korxona, muassasa, tashkilotlar, hokimliklar, fuqarolarning o`zini o`zi 
boshqarish organlari tomonidan voyaga yetmaganlar to`g`risidagi qonun 
hujjatlarining ijro etilishi, voyaga yetmaganlarni tarbiyasi, ularni ijtimoiy 
himoyasi bilan shug`ullanuvchi davlat idoralarining, shuningdek voyaga 
yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, 
profilaktika 
bilan 
shug`ullanuvchi 
davlat 
organlari, 
shuningdek 
jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi organlar tomonidan voyaga 
yetmaganlarning huquq va manfaatlarining rioya etilishi kabi masalalar 
hisoblanadi.
34
Prokuratura o`zining jinoyatchilikning oldini olish borasidagi bevosita 
funksiyalarini bajarish bilan birga, davlat va mahalliy hokimiyat organlari, 
jamoat tashkilotlari, boshqa nodavlat tashkilotlarining jinoyatchilikning oldini 
olish faoliyatini tartibga soluvchi qonun talablarining bajarilishini ham 
nazorat qiladi. Profilaktik funksiyalar surishtiruv va dastlabki tergov organlari 
33
Madaliev O.M. Prokuror nazorati.(Maxsus qism.) Oliy o`quv yurtlari uchun darslik -T.: “TDYI”. 2012. -B.227 
34
Madaliev O.M. prokuror nazorati.(Maxsus qism.) Oliy o`quv yurtlari uchun darslik -T.: “TDYI”. 2012. -B.230 


45 
tomonidan qonunlarning bajarilishini nazorat qilish jarayonida ham amalga 
oshiriladi. 
Ozodlikdan maxrum qilish joylari, jinoiy jazo va uning o`rniga 
tayinlangan choralarni ijro etuvchi boshqa organlar, shuningdek jazoni 
o`tayotgan yoki o`tab bo`lgan shaxslarni nazorat qilish va ularga ijtimoiy 
yordam ko`rsatish bilan shug`ullanuvchi organlarda qonunlarning bajarilishi 
ustidan nazorat ham restidiv jinoyatchilikning oldini olishga qaratiladi. 
Prokurorlarning voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilikni oldini 
olish faoliyati uning bu toifdagi ishlarni sudda ko`rilishida ishtirok etishi 
jarayonida ham amalga oshiriladi. 
Jinoyatchilikning oldini olish turli shakllarda va turli aniqlangan usullar 
asosida amalga oshiriladi. Qonunning buzilish holatlari aniqlanganda 
prokurorning munosabati bildiriladigan vositalariga: mansabdor shaxslarning 
qonunga zid hujjatlari yoki qonunga xilof harakatlariga protest berish; 
qonunbuzarliklarni bartaraf etish haqida taqdimnomalar berish; jinoyat ishi, 
intizomiy ish yurituvi yoki ma`muriy huquqbuzarlik haqidagi ish yurituvini 
qo`zg`atish to`g`risida qaror chiqarish kabilar kiradi
35
.
Bugungi kunda prokuratura idoralarida nazorat funksiyasidan tashqari 
voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilikning oldini olishda davlat va 
nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli xil musobaqa va tadbirlarni 
muntazam o`tkazilishi o`zining ijobiy ta`sirini o`tkazmoqda. Bizning 
fikrimizcha, prokuratura idoralari faqatgina nazorat faoliyati bilan 
cheklanmasdan, balki turli xil tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtirokini 
kuchaytirishi zarur. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə