Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

“Voyaga yetmagan”
tushunchasi bo`yicha, 1989-yil BMTning Bosh 
Assambleyasi tomonidan qabul qilingan 
“Bolalar huquqlari to`g`risida”
gi 
Konvensiyada o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslar voyaga yetmagan deb e`tirof 
etilgan
6
. Shu o`rinda voyaga yetmaganlarni ikki toifaga 13 yoshdan 16 yoshgacha 
va 16 yoshdan 18 yoshgacha bo`lganlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiqdir. 
M.D.Lisov, V.S.Volkov va B.V.Sidirov kabi olimlar olib borgan izlanishlarga 
ko`ra, voyaga yetmaganlar o`rtasida sodir qilinayotgan jinoyatchilikning asosiy 
qismini 16 yoshdan 18 yoshgacha bo`lganlar, ozchilik qismini esa 14 yoshdan 16 
yoshgacha bo`lgan yoshlar sodir qilishar ekan
7
.
O`zbekiston Respublikasida ham voyaga yetmaganlar deganda 18 yoshga 
to`lmagan shaxslar tushuniladi. Yuqorida qayd etilgan Konvensiya va O`zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka 
tortishning minimal muddatini belgilaydi. Lekin qator davlatlarda bu yosh 
chegarasi belgilanganidan ham kam bo`lishi mumkin. Masalan, Irlandiya jinoyat 
6
Rustambayev M. Jinoyat huquqi. (Umumiy qism). -T.: TDYI. 2005. -B.84. 
7
Sattorova M. Voyaga Yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish. - T.: TDYI. 2006. -B.7. 


16 
qonunchiligida jinoiy javobgarlik 7 yosh, Yaponiyada 13 yosh, Niderlandiyada 12 
yosh qilib belgilangan. 1994-yilda qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksimiz 
Maxsus qismining 163 ta normasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiliga 
bag`ishlangan
8
.
Jinoyat kodeksi 17-modasi, 5-qismiga muvofiq o`n sakkiz yoshga to`lgunga 
qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga asosan va Jinoyat 
kodeksining 
oltinchi 
bo`limida 
(Voyaga 
yetmaganlar 
javobgarligining 
xususiyatlari 15-16 bob 81-90 moddalar) nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga 
olingan xolda javobgarlikka tortilishi qayd etilgan. 
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, Jinoyat Kodeksi bo`yicha javobgarlikka tortish 
yoshiga etgan shaxsgina jinoyatning subyekti deb hisoblanadi. O`zbekiston 
Respublikasining jinoyat qonunida birinchi marta jinoiy javobgarlikka tortishiga 
asos bo`lishi uchun yoshning to`rt darajasi belgilangan. 
Jumladan, Jinoyat kodeksining 17-moddasi 1-qismiga ko`ra jinoyat qilgunga 
qadar 16 yoshga to`lgan shaxs javobgarlikka tortilishi qayd etilgan. 
Jinoyat kodeksi 17-moddasi 2-qismiga ko`ra «13 yoshga to`lgan shaxslar 
javobgarlikni og`irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o`ldirganlik (97- modda 
2-qismi) uchungina javobgarlikka tortiladi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksi 97-moddasining 2-qismida belgilangan subyekt yoshi eng past yosh bo`lib, 
Jinoyat kodeksidagi yagona norma hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksi 17- moddasi 3-qismiga ko`ra jinoyat sodir etgunga qadar 14 
yoshga to`lgan shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgar 
bo`ladilar: qasddan odam o`ldirish (97); qasddan badanga og`ir shikast yetkazish 
(104-m); qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast yetkazish (105-m); kuchli ruhiy 
hayajonlanish holatida qasddan badanga og`ir yoki o`rtacha og`ir shikast yetkazish 
(106-m); nomusga tegish (118-m); jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy 
usulda qondirish (119-m); odam o`g`irlash (137-m); bosqinchilik (164-m); 
tovlamachilik (165-m); talonchilik (166-m); o`g`rilik (169-m); mulkni qasddan 
8
Rustambayev M. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). -T.: TDYI. 2011. -B.85 


17 
nobud qilish yoki unga zarar etkazish (173-m, 2-3q); ozodlikdan maxrum qilish 
jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar (220-m); 
ozodlikdan maxrum qilish joylaridan qochish (222-m); o`qotarqurol, o`q-dorilar, 
portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash 
(247-m); radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash (252-m); temir 
yo`l, dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yo`llarini yaroqsiz holatga 
keltirish (263-m); transport vositasini olib qochish (267-m); giyohvandlik vositalari 
yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash (271-m); 
og`irlashtiruvchi holatlarda bezorilik (277-m 2 va 3-q) jinoyatlari kiradi. 
Jinoyat kodeksi 17-moddasi 4-qismida quyidagi jinoyatlar uchun 
javobgarlik yoshi 18 yosh deb belgilangan: voyaga yetmagan yoki mehnatga 
layoqatsiz shaxslarni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash (122-m); ota-onani 
moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash (123-m); voyaga yetmagan shaxsni 
g`ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish (127-m); fuqarolarning murojaatlari 
to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish (144-m); saylov yoki referendum tashkil 
qilish, ularni o`tkazish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish (146-m); ekologiya 
xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish (193-m); atrof tabiiy muhitning 
ifloslanganligi to`g`risidagi ma`lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko`rsatish
(194-m); atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartarafqilish choralarini 
kurmaslik (195-m); hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste`mol qilish (205-m); 
hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206-m); mansabga 
sovuqqonlik bilanq arash (207-m); hokimiyat harakatsizligi (208); mansab 
soxtakorligi (209-m); pora olish (210-m); harbiy yoki muqobil xizmatdan bo`yin 
tovlash (225-m); ma`muriy nazorat qoidalarini buzish (226); aybsiz kishini 
javobgarlikka tortish (230-m); adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror 
chiqarish (231-m); sud qarorini bajarmaslik (232-m);qonunga xilof ravishda ushlab 
turish yoki xibsga olish (234-m) ko`rsatuv berishga majbur qilish (235-m) hamda 
“harbiy xizmatni o`tash tartibiga qarshi jinoyatlar” bo`limida (279-302-m) qayd 
etilgan jinoyatlarni keltirish mumkin. 
Mamlakatimizda jinoiy javobgarlik subyekt yoshiga yetmagan, lekin jinoyat 


18 
sodir etishda aybdor deb topilgan voyaga yetmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka 
tortilmaydi. 
Balki 
ichki 
ishlar 
idoralari 
voyaga 
yetmaganlar 
orasida 
huquqbuzarliklarni oldini olish nozirlari tomonidan tarbiyaviy (profilaktika) 
tadbirlar amalga oshiriladi. 
Shuni alohida takidlash joizki, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi keng 
qamrovli tushunchalardan biri hisoblanib, u salbiy ijtimoiy-huquqiy hodisadir. 
Jamiyat hayotida o`rin tutib kelayotgan ayrim muammolar voyaga yetmaganlar 
jinoyatchiligining dinamikasiga ta`sir o`tkazadi. 
Ana shunday holatlarning oldini olish borasida mamlakatimizda birqancha 
chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov “Oilada, 
maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib borilgan axloqiy tarbiya jamoatchilik 
fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, diin vakillarining obro`-e`tibori 
hamma hammasi odamlarimizda qonun buzilishi bilan bog`liq har qanday xatti-
harakatlarga nisbatan barqaror qarshilikni shakllantirishga qaratilmog`i lozim”
9
ekanligini bildirgan. 
Ta`kidlash joizki, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi davlat xavfsizligiga 
ta`sir ko`rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. 
Voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlarini o`rganish shundan dalolat 
beradiki, ular asosan o`g`irlik, talonchilik, bosqinchilik, bezorilik kabi qilmishlarni 
sodir etadi
10
. Tadqiqotchi A.Fayzullaevning fikriga ko`ra, jinoyatchilikning 
ijtimoiy xavfsizlikka ta`sirini ko`rsatuvchi indikatorlar sifatida bosqinchilik ( JK 
164-modda), tovlamachilik (JK 165-modda), talonchilik (JK 166-modda), 
o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-taroj qilish (JK 167-modda), firibgarlik 
(JK 168-modda), o`g`rilik (JK 169-modda), aldash yoki ishonchni suiste`mol qilish 
yo`li bilan mulkiy zarar yetkazish (JK 170- modda), mulkni qasddan nobud qilish 
yoki unga zarar yetkazish (JK173-modda), haridor yoki buyurtmachilarni aldash 
(JK 187-modda) jinoyatlarini ko`rsatish mumkin
11

9
Rustambayev M. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). -T.: TDYI. 2011. -B.86 
10
Rustambayev M. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). -T.: TDYI. 2011. -B.86 
11
Fayzullayev A. Jamiyatda jinoyatchilikning o`sishi ijtimoiy xavfsizlikka taxdid sifatida - T .: Oliy maktab. 2007-y. -
B.46. 


19 
Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda respublikamizda 14 mln. 692 
ming 500 nafar
voyaga yetmagan mavjud bo`lib, mamlakatimizda har mingta 
voyaga yetmagandan bittasi jinoyat sodir etayotganligini ko`rish mumkin. Ya`ni, 
umumiy voyaga yetmaganlarning o`rtacha miqdori 32 foizi jinoyat subyekt 
yoshidagi voyaga yetmaganlarni tashkil qilib, hisobotlarda jinoyatlarda ishtirok 
etayotgan voyaga yetmaganlarning o`rtacha miqdori 3.5 mingtani tashkil etadi
12

Agar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish ishlari kelgusida bugungi 
kundagidek olib borilmasa, davlat xavfsizligiga ta`sir etuvchi omillar qatorida 
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining o`rni ham ko`tarilib ketishi mumkin. 
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, voyaga 
yetmaganlar jinoyatchiligi davlat xavfsizligiga ta`sir etuvchi omillardan biri 
hisoblanadi. Uning ta`sir doirasi shaxs va jamiyat xavfsizligiga taxdidi orqali 
yuzaga keladi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish mamlaka tni 
kelgusida iqtisodiy rivojlanishi, siyosiy barqarorligi, va xalqimizning farovon 
turmushi uchun zamin yaratadi. Mamlakat kelajagi tushunchalari yosh avlod bilan 
ajralmas darajada bog`langan, o`smirlarning nechog`li barkamol bo`lib voyaga 
yetishi hamda davlat manfaatlarini himoya qila olishi xavfsizlikni barqaror va uzoq 
vaqt bardavom bo`lishi uchun sharoit yaratadi. 
12
O’zbekston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining hisoboti. -T.: to`plam. -B.1. 


20 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə