Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish


Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. 
Tadqiqot 
natijalaridan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish borasida 
nazariy qo`llanma sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, voyaga 
yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar, ichki ishlar idoralari voyaga 
yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish nozirliklari hamda voyaga 
yetmaganlar ishlari bilan shug`ullanuvchi boshqa idoralar tomonidan amaliy 
faoliyatda qo`llanma sifatida foydalanishi mumkin. Yoshlar Ittifoqi 
Kengashlarining tegishli amaliy, uslubiy faoliyatida foydalanilishi mumkin.


13 
I BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINIING 
UMUMIY TAVSIFI 
1.1.
 
Voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlikning umumiy asoslari 
Bugungi kunda voyaga yetmaganlar o`rtasidagi jinoyatchilik hodisasi jamiyat va 
davlat oldida turgan dolzarb muammolardan biri ekanligi uni oldini olish ishlari davlat 
siyosati darajasiga ko`tarilganligi hamda hukumat miqyosida e`tibor qaratilayotganligi 
bilan izohlanadi. 
Buning asosiy sababi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi bevosita shaxs, 
jamiyat va davlat manfaatlariga ta`sir ko`rsatuvchi omillardan biri ekanligi bilan 
izohlanadi. Darhaqiqat, yurtboshimiz ta`kidlab o`tganlaridek: “qanchalik qayg`uli 
tuyulmasinki, jinoyatchilik hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda bo`lgan. 
Biroq o`tish davrida uning mazmuni faqat jinoiy qilmish doirasi bilangina 
cheklanib qolmaydi”
3
.
Bizga ma`lumki, Sobiq Ittifoq davrida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini 
oldini olish va unga qarshi kurashishga yetarli darajada e`tibor bo`lsa ham ammo 
jinoyat qonunidagi bunday jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan normalar shu 
vaqtgacha biror marta ham tizimlashtirilgan holda, hozirgi jinoyat kodeksimizdek 
alohida bir bo`limda berilmagan edi. Unga ko`rsatilgan normalar jinoiy 
javobgarlikni umumiy qoidalarini o`z ichiga olish bilan birga, voyaga yetmaganlar 
tomonidan jinoyat sodir etilganda ularga nisbatan jazo turlarining ancha 
takomillashganligi, sud ularga jazo tayinlashda o`smirning ruhiy rivojlanganlik 
darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog`lig`ini, sodir etgan jinoyatining 
sabablarini, katta yoshdagi kishilar va vaziyatning jinoyat sodir etilishdagi o `rnini 
e`tiborga olib, javobgarlik yoki jazodan ozod qilishda unga nisbatan davlatimiz 
tomonidan beriladigan bir qancha yengilliklarda ifodalanadi. 
O`zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini 
olish muammosini hal etish maqsadida kelajak avlodni tarbiyalashga mas`ul 
3
Karimov I.A. '‘O’zbekston XXI asr bo`sag`asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari". -
T.: O’zbekiston, 1997. -B.86. 


14 
bo`lgan 
davlat 
va 
nodavlat 
idoralar 
faoliyati 
hukumat 
tomonidan 
muvofiqlashtirilgan holda tashkil etilgan. Ushbu holat mamlakatimizda voyaga 
yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish ishlari kompleks tarzda tashkil 
etilganligini ko`rsatadi. 
Umuman olganda, mamlakatimizdayildan-yilga yosh avlodni barkamol 
qilib tarbiyalash, ular o`rtasida turli xil salbiy ko`rinishlarni oldini olish ishlari 
mukammalashib borayotganligini ko`rish mumkin. Ya`ni, 2008-yilning “Yoshlar-
yili” deb e`lon qilinishi hamda shu-yilning 7-yanvarida “Bola huquqlarining 
kafolatlari to`g`risida”gi qonuni hamda 2010-yil 29-sentyabrdagi 
“Voyaga 
yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning profilaktikasi 
to‘g‘risida”
gi O‘RQ–262-sonli qonuni qabul qilinishi soxada olib borilayotgan 
ishlarni yanada yaxshilashga xissa qushadi.
Shu o`rinda, jinoyatchilik va voyaga yetmaganlar tushunchalariga, ularning 
o`zaro bog`liqligi kabi masalalarga e`tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 
Yuridik adabiyotlarda qayd etilishicha, jinoyatchilik - kishilik jamiyatida 
mavjud bo`ladigan o`zining qonuniyatlariga, sifat va miqdor tavsifiga ega bo`lgan, 
jamiyat va kishilar uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqaradigan va uning ustidan 
davlat va jamiyatning maxsus nazorat choralari o`rnatishni talab qiladigan salbiy 
ijtimoiy, huquqiy hodisadir
4
.
Yuridik fanlar doktori Q.Abdurasulova jinoyatchilik bo`yicha quyidagi 
ta`riflarni keltirgan
5
:
-
jinoyatchilik g`oyat murakkab ijtimoiy-huquqiy hodisa bo`lib, muayyan 
vaqt mobaynida sodir etilgan barcha turdagi jinoyatlarning yig`indisidan iborat; 
-
jinoyatchilik ma`lum bir davlatda (mintaqada) muayyan bir davr mobaynida 
sodir etilgan barcha jinoyatlarning yig`indisi, tarixan o`zgaruvchan ijtimoiy va 
jinoyat huquqiy hodisadir; 
-
jinoyatchilik-ijtimoiy hodisadir. Chunki uning subyektlari bo`lgan shaxslar-
jamiyatning a`zolari hisoblanadi. Jinoyatchilikni ijtimoiy hodisa ekanligi uning 
4
Usmonaliev M., Karaketov Y. Kriminologiya. - T.: Yangi asr avlodi. 2007. -B.36. 
5
Abdurasulova Q. Kriminologiya fanidan ma'ruzalar tezisi. - T.: TDYI. 2005. -B.8 


15 
asosida ijtimoiy-iqtisodiy qonunlar yotishiga, ishlab chiqarish munosabatlari va 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning xususiyatiga asoslanishida namoyon bo`ladi. 
Jinoyatchilikni ijtimoiy xususiyatga ega bo`lgan sabab va shart-sharoitlar vujudga 
keltiradi; 
-
jinoyatchilik bir qancha jinoyatlarning statistik yig`indisi bo`lmay, balki 
ijtimoiy-huquqiy hodisa hisoblanadi. 
Shuningdek, jinoyatchilik jinoyatlarning yaxlit yig`indisi, tizimidir. U 
ma`lum tizimga oid xususiyatlar, ya`ni yaxlit jinoyatchilikka kiruvchi 
jinoyatlarning barqaror, o`zaro aloqadorligi va boshqa tashqi ijtimoiy hodisalar 
bilan bog`liqdir. Uning elementlari bo`lgan alohida turdagi jinoyatlar va ularning 
guruhlari bir-biri bilan muayyan statistik o`lchamlarda o`zaro aloqador va o`zaro 
harakatda bo`ladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan barcha turdagi 
jinoyatlar ham mazkur asosiy tizimning tarkibiga kiradi. 
Avvalo voyaga yetmagan shaxs tushunchasi va asosiy mazmuniga to`xtalib 
o`tsak, 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə