Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

uchinchi, 
u yerda aynan tip nazarda tutiladi, shu bois jinoyat sodir etuvchi 
shaxslarda kriminogen shaxs tipining jihatlari har xil darajada mujassamlashishi 
mumkin.
to`rtinchi, 
Bu yerda jinoiy xulq-atvor bilan bevosita bog`liq bo`lgan 
xususiyatlar to`g`risida so`z yuritilishi lozim. Kriminogen shaxsning jinoyatchi 
bo`lmagan shaxsdan farqi aynan jinoiy xulq-atvor bilan bog`liq.
beshinchi.
Voyaga yetmagan kriminogen shaxs o`ziga xos kriminologik 
ahamiyatga ega bo`lgan xususiyatlar majmuini o`zida mujassamlashtirgan 
alohida hodisa. Odamlar xulq-atvori, faoliyati pirovard natijada shaxsning barcha 
o`ziga xos xususiyatlari “ishi”ning yakuni hisoblanadi. Jinoyatchi shaxsi faqat bir 
o`ziga xos xususiyatga ega bo`ladi, deb o`ylash to`g`ri bo`lmaydi.
Voyaga yetmagan shaxs mikromuhitining tavsifini, uning jinoyat sodir 
etishdan oldingi xulq-atvori haqidagi ma`lumotlarni, ongning mazmun tomoni 
xususiyatlarini hisobga oluvchi kompleks mezonga asoslanib, qasddan jinoyat 
sodir etuvchi o`smirlarning uch tipi: 
izchil kriminogen, situativ kriminogen va 
situativ tiplari 
qayd etilgan.
Izchil kriminogen tip. 
Ushbu tip vakillarining jinoiy xulq-atvori odatdagi 
xulq-atvor tarzidan kelib chiqadi va subyektning qarashlari, ijtimoiy mo`ljallari 


31 
va moyilliklari bilan belgilanadi. Odatda, mazkur shaxs jinoyat sodir etish 
vaziyatidan nafaqat foydalanadi, balki uni faol yaratadi. Ushbu tip vakillari zarur 
holda muayyan muhitni o`zlariga “moslashtirish”ga qodirlar. Ularning jinoiy 
xulq-atvori izchil kriminogenlik shakllangan bosqichdan boshlab nisbatan erkin 
xususiyat kasb etadi. 
Vaziyatga bog`liq kriminogen tip.
Ziddiyatli mikromuhit da shakllanadi va 
faoliyat olib boradi; jinoyat ko`p jihatdan uni sodir etishning ma`naviy va huquqiy 
nuqtai nazardan salbiy holati bilan belgilanadi. Ayni holda shaxs va ijtimoiy 
muhitning o`zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu shaxsni jinoyatga u 
qo`shilgan mikromuhit, uning oldingi turmush tarzi olib keladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə