Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

Biologik nazariya. 
Jinoyatchilik sabablari haqidagi har xil biologik 
ta`limotlar jinoyatchilik sabablarini tushuntiruvchi nazariyalar orasida eng 
rivojlanganidir. Italyan shifokori va kriminalisti, Turin universitetining 
anatomiya 
fanlari 
professori 
Chezare 
Lombrozo 
(1830-1909) 
jinoyatchilikning biologik omillari va ularni tasniflash muammosi bilan 
maxsus shug`ullangan birinchi olimdir. U «antropologik maktab»ga asos 
solgan. Uning «Jinoiy odam» (1876) va «Jinoyatchilik, uning sabablari va 
davolash vositalari» (1899) nomli asarlarida ayrim insonlar tug`ma jinoyat 
sodir etishga moyil ekanligi qayd etilgan. Uning fikricha, jinoyatchi, masalan, 
qotil ona qornidan jinoyatchi bo`lib tug`iladi. Bunday shaxs ibtidoiy 
odamlarga xos alohida fizik va ruhiy xususiyatlarga (atavizmga) ega bo`ladi
18

Genetik nazariya. 
Ushbu nazariya tarafdorlari har qanday odam 
hayotida genlar muhim rol o`ynaydi, degan g`oyaga asoslanadilar. Genetiklar 
genlar har xil tiplar, biologik tarkiblarning rivojlanishiga va biologik 
jarayonlar faoliyatiga ta`sir ko`rsatishini nazarda tutgan xolda, “ular ruhiy 
xossalar bog`liq bo`lgan muayyan tarkiblar va funksiyalarga ham ta`sir 
ko`rsatadi, genotiplardagi farqlar xulq-atvordagi farqlarga ham sabab bo`lishi 
mumkin” deb taxmin qiladilar
19

Psixologik nazariyalar. 
Jinoyatchilik omillarining psixologik 
nazariyasi hozirda eng keng tarqalgan va nisbatan izchil nazariyalardan biridir. 
Nemis psixiatri Kurt Shneyder o`zining 
“Psixopatik shaxslar”
asarida 
psixopatlarning 10 tipini qayd etib o`tgan. Uning fikricha, shu tiplardan 
18
Usmonaliev M., Karaketov Y. Kriminologiya. -T.: Yangi asr avlodi. 2002. -B.107.
19
Usmonaliev M., Karaketov Y. Kriminologiya. -T.: Yangi asr avlodi. 2002. -B.108


23 
kamida 7 tasi g`ayriijtimoiy qilmish sodir etishga muayyan darajada moyildir 
(xususan, melanxoliklar va xoleriklar). 
Boshqa 
bir 
nemis 
psixiatri 
Ernest 
Krechmer 
(1899-1964) 
jinoyatchilarning quyidagi tiplarini farqlaydi: piknik tip (katta gavdali, kalta 
oyoqli odamlar); lepotosomik yoki astenik tip (uzun buyli, og`irligi uncha 
katta bo`lmagan odamlar); displastik tip (umumiy rivojlanishda muayyan 
anomaliyalar mavjud odamlar); atletik tip (tanasi proporstional jixatdan yaxshi 
rivojlangan odamlar). Avstriyalik psixiatr Zigmund Freyd (1856-1940) ishlab 
chiqqan psixoanalitik nazariya ham o`zining juda ko`p izdoshlarini topdi (va 
hozir ham topmoqda). Uning “Tushlar ta`biri” deb nomlangan asosiy asari 
1900-yilda e`lon qilindi. O`zining shu va keyingi tadqiqotlarida Z.Freyd shaxs 
ichki dunyosi tuzilishi, uning extiroslari va burch tuyg`usi o`rtasidagi 
to`qnashuvlar, ma`naviy kechinmalarning sabablari, insonning o`zi va o`zini 
qurshagan muhit haqidagi qarashlari bilan bog`liq muhim masalalarni yoritib 
berdi. 
Bundan tashqari, jinoyatchilik sabablariga nisbatan XVI-XVIII asrlar 
oralig`ida shakllangan 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə