Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

1.2.
 
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabab va shart-sharoitlari 
 
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sodir etilishiga olib keladigan 
sabab va shart-sharoitlarni o`rganmasdan turib jinoyatchilik muammosini 
atroflicha tahlil qilib bo`lmaydi. Chunki ushbu muammoni keltirib 
chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlar davlat va jamiyat hayotida o`rin tutib 
kelayotgan mavjud muammolar bilan bevosita aloqador bo`ladi. 
Jinoyatchilikning sharoit va sabablari tushunchalari aniq tushunchalar 
hisoblanadi. “Sharoit” va “sabab” tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog`lanib 
ketganligi sababli ularning mazmunini yetarli darajada aniqlamasdan turib, 
ajratish qiyin bo`ladi. 
Xususan, jinoyatchilikning sabablari, jamiyatda jinoyatchilikni ijtimoiy 
hodisa sifatida muayyan jinoyatni sodir etilishi uchun sharoit yaratuvchi 
ijtimoiy hodisalar va jarayonlar yig`indisidir. Masalan, voyaga yetmaganlar 
bezoriligining sababi ichkilikbozlik va nazoratsizlik deb hisoblansada, yuzaki 
qaraganda o`smirning alohida bir jinoyat sodir etishining sababi bo`lishi 
mumkin, lekin ular jinoyatning sababi bo`la olmaydi, balki sharoit yaratadi
xolos
13
.
Jinoyatchilikni sharoiti deb, o`z-o`zidan jinoyat va jinoyatchilikni 
keltirib chiqarmaydigan, ammo jinoyat sodir bo`lish sababini tug`diruvchi 
g`ayriijtimoiy hodisaga aytiladi. Masalan, mulkni qo`riqlashdagi, ularni 
hisobga olish, maqsadga muvofiq foydalanishdagi kamchiliklar talon -taroj 
qilish soxasidagi jinoyatchilikning sodir bo`lishiga sharoit yaratsa, transport 
harakati xavfsizligini ta`minlashdagi kamchiliklar: yo`llarning yaroqsizligi, 
yo`lning transport harakatlanadigan qismiga turli narsalarni to`kib quyganlik, 
xatto yo`l belgilarining noto`g`ri joylarga quyilganligi ham transport 
halokatlarining sodir bo`lishiga sharoit yaratishi mumkin
14
.
Jinoyatchilik shart-sharoitlari uchta asosiy guruhga bo`linadi
15
:
13
Usmonaliev M., Karaketov Y. Kriminologiya. -T.: Yangi asr avlodi. 2002. -B.282. 
14
Fayzullayev A. Jamiyatda jinoyatchilikning o`sishi ijtimoiy xavfsizlikka taxdid sifatida - T .: Oliy maktab. 2007 y. 
-B.46. 
15
Abdurasulova Q. Kriminologiya fanidan ma'ruzalar tezisi. - T.: TDYI. 2005.B.15. 


21 
1)

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə