Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish


bir vaqtda  mavjud bo`ladigan hodisa va voqealar, joy va vaqtning  umumiy fondini tashkil qiladi;  2) zaruriy-



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#129734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
JINOYAT SODIR ETISHGA MOYIL

bir vaqtda 
mavjud bo`ladigan hodisa va voqealar, joy va vaqtning 
umumiy fondini tashkil qiladi; 
2)
zaruriy-
bunday shart-sharoitlarsiz voqeaning ro`y berishi mumkin 
emas; 
3)
yetarli-
zarur bo`lgan barcha shart-sharoitlarning yig`indisi. 
Jinoyatchilikning sharoiti bilan sabablari o`rtasida bevosita 
aloqadorlik 
bo`lib, 
bular 
yuqorida 
ta`kidlanganidek 
kriminogen 
determinantlar hisoblanadi. Sharoit o`z-o`zidan jinoyat va jinoyatchilikni 
keltirib chiqara olmaydi, ammo sharoitsiz jinoyatchilikning sabablari o`z 
mazmuniga ko`ra ijtimoiy-ruhiy xususiyat bo`lib qoladi. Ya`ni, jinoyatni sodir 
etish uchun mavjud sharoit bo`lmasa jinoyatchilikning sabablari faqatgina 
shaxsning ichki istak-xohishi bo`lib qolaveradi. Sharoit sababni, sabab esa 
o`zining oqibati sifatida jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Har bir sodir etilgan 
jinoyatning sabablarini o`rganish va umumlashtirish orqali jinoyatchilikning 
sabablari o`rganiladi. Jinoyatchilikning sabablarini o`rganishni osonlashtirish 
maqsadida ularni tasniflash lozim bo`ladi. Kriminologik adabiyotlarda 
tasniflashning quyidagi usullaridan foydalaniladi
16
:
a) amal qilish darajasiga ko`ra (subordinatsiyasiga ko`ra); 
b) jinoyatchilikning sabab va sharoitlarning mazmuniga ko`ra; 
v) tabiatiga va boshqa mezonlarga ko`ra tasniflash. 
Jinoyatchilik 
sabablari 
va 
shart-sharoitlari 
bo`yicha 
yuridik 
adabiyotlarda bir qancha ta`limotlar keltirilgan. Xususan Q.Abdurasulova, 
S.Niyozovalarning “Jinoyatchilik va jinoyatchi shaxsi muammolari” o`quv 
qo`llanmalarida jinoyatchilikning sabablari sifatida quyidagi nazariyalar 
e`tirof etilgan
17
:
XVIII asr o`rtalarida ishlab chiqilgan “omillar nazariyasi” 
jinoyatchilik sabablari va unga qarshi kurash chora-tadbirlari to`g`risidagi har 
xil ta`limotlar uchun eng rivojlangan, xatto klassik metodologik negiz bo `lib 
16
Usmonaliev M., Karaketov Y. Kriminologiya. -T.: Yangi asr avlodi. 2002. -B.94. 
17
Abdurasulova Q., Nizova S. Jinoyatchilik va jinoyatchi shaxsi muammolari. - T.: TDYI. 2006. - B.23 - 41. 


22 
xizmat qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot omillar nazariyasining asoschisi sifatida 
Sharl Monteske tan olingan. O`zining “Qonunlar ruhi” (1748) asarida u inson 
xulq-atvoriga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan omillar qatorida quyidagilarni 
qayd etadi: davlat boshqaruv shakli, qonunchilik, mamlakatning geografik 
xossalari, iqlimi, tuprog`ining sifati, o`rni va katta-kichikligi, xalqning 
turmush tarzi (dehqonlar, ovchilar, cho`ponlar), erkinlik darajasi, dini, 
axolining moyilliklari va soni, boyligi, savdo-sotiq, urf- odatlari va udumlari. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə