Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey


IV. FAN DASTURINING MAQSADI



Yüklə 41,39 Kb.
səhifə3/7
tarix09.05.2023
ölçüsü41,39 Kb.
#109286
1   2   3   4   5   6   7
Moliyaviy savodxonlik asoslari 2022-2023 (2)

IV. FAN DASTURINING MAQSADI

Moliyaviy savodxonlik asoslari fanini oʻqitishning maqsadi oʻquvchilarda matematik bilim va koʻnikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish, jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish, bu borada fikr-mulohaza yuritishga oʻrgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda qoʻllash mahoratini shakllantirishdan iborat.




V. FAN DASTURIDAN KUTILGAN NATIJALAR

Fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari yakunlangach, oʻquvchi:


-moliyaviy savodxonlik fanining predmeti va vazifalari, maqsad hamda mohiyati haqidagi tushunchalarga ega boʻladi;
-xonadon xoʻjaligining mohiyati, umumiy jihatlari va farqlari, funksiyalari, daromadlarining shakllanishi va dinamikasi hakidagi malumotlarni oʻzlashtiradi;
-tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni hamda oilaviy biznesni rivojlantirishni, tadbirkorlik faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazishni qanday amalga oshirish kabi bilimlarni egallaydi;
-tadbirkorning huquq va burchlarini biladi;
-kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan toʻgʻri baholab, maqbul qaror qabul qila oladi;
-firmalarning afzalligini va kamchiliklarini tushuntira oladi;
-korxona mablagʻlari, taʼsis hujjatlari, korxona ustavi, korxona taʼsis shartnomasi, logotip va firma belgisi, tovar belgisi, slogan va ogohlantiruvchi belgilar bilan ishlay oladi;
-biznes loyihalarni ishlab chiqa oladi;
-startapni moliyalashtirish manbalaridan foydalana oladi;
-xususiy korxona va firmalarni boshqara oladi;
-hamkor tashkilotlar bilan aloqa oʻrnata oladi;
-bank faoliyatining paydo boʻlishi, rivojlanishi, bank tizimi va uning tarkibi, tijorat banklarining turlari;
-pulning kelib chiqishi va shakllari, elektron toʻlovlar, bankomat va terminallardan foydalanishni oʻrganadi;
-sugʻurta tushunchasi, sugʻurta xizmatlari va ulardan qanday foydalanish haqidagi bilim hamda koʻnikmalarga ega boʻladi.


Yüklə 41,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə