Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Geografik tarqalishi. 
Yeryong‘oqning vatani Janubiy Amerika.
Yeryong‘oqning tik o ‘suvchi navi Sobiq Ittifoq janubiy 
hududlarida: Krasnodar oTkasida, Ukraina janubida, Ozarbayjon, 
Gruziya va 0 ‘rta Osiyo respublikalarida ekiladi.
Kimyoviy tarkibi. Yeryong‘oq urugT tarkibida 40,2-60,7% 
moy, 20-33,7% oqsil moddalar boTadi.
Yeryong‘oq moyi och sariq rangdagi tiniq suyuqlik boTib, o ‘ziga 
xos hid va mazaga ega. Bu moy qurimaydigan yogTarga kiradi, 
tarkibida 70% olein, 13-19% linolen va 15% tuyingan kislotalaming 
glitseridlari boTadi.
DF IX bo‘yicha moyning solishtirma og‘irligi 0,916-0,921, 
refraksiya soni 1,468-1,472 qotish harorati 3°C, sovunlanish soni 
188-195 va yod soni 85-103, kislota soni 2 dan oshmasligi lozim.
IshlatiHshi. 
Tibbiyotda yeryong‘oq moyi surtma dorilar, 
uchuvchan surtmalar 
(Linimentum volatile) 
va mingdevona moyi - 
Oleum Hyoscyanii 
tayyorlashda ishlatiladi.
Texnikada samolyotlar vintini moylashda, oziq-ovqat sanoatida 
esa margarin tayyorlashda koTlaniladi. Shuningdek, yeryong‘oq 
moyidan sovun ham tayyorlanadi.
Yeryong‘oq magzi konfet va xolva tayyorlashda ishlatiladi.
Yeryong‘oqni o‘stirish texnologiyasi
Yeryong‘oqning vatani Braziliya boTib, Xitoy, 
Yaponiya, 
Birma, AQSh, Itaiiya va Afrika mamlakatlarida katta maydonlarda
168


ekilib kelinadi. 0 ‘zbekiston Respublikasining barclia viloyatlarida 
etishtirsa bo‘ladi. Yeryong‘oq faqat sug‘oriladigan bo‘z tuproqiarda 
ekilsa yuqori hosil yetishtirish mumkin. Og‘ir qumoq, sho‘r va 
botqoq tuproqlarga yeryong‘oq ekish tavsiya qilinmaydi. Almashlab 
ekishda bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, kartoshka va ildizmeva ekilgan 
maydonlar yeryong‘oq uchun eng m o“ tadil yerlar hisoblanadi. 
U azot to ‘plovchi o ‘simliklar turiga kiradi va ko‘plab tuganaklar 
hosil qiladi, ya’ni tuproqni azot bilan boyitadi va undan bo‘shagan 
yerlarga boshoqli va makkajo‘xori ekilsa maqsadga muvofiq 
bo‘ladi, Yeryong'oq ekiladigan yerlami kuzda gektariga 15-20 
tonna chirigan va 40 kg superfosfat solib 25-28 sm chuqurlikda 
haydab qo‘yiladi. Erta bahorda yerlami borona, mola mexanizmlari 
bilan tekislanadi va begona o ‘tlar qoldiqlari tozalanib tashlanadi. 
Yer>'ong‘oq issiq, yorug‘ va namsevar о‘simlik. Tuproq harorati 
14-15 darajaga etganda (10-20 aprel) makkajo‘xori ekadigan yoki 
moslangan seyalkalarda gektariga 70-100 kg urug‘ni 90 x 20 x 1, 
70 x 15 x 2 sxemada, 5-6 sm chuqurlikda ekiladi.
Yeryong‘oq bir yillik o ‘t о ‘simlik, ildiz tizimi baquvvat, o‘q 
ildiz ikki metrgacha chuqurga etib boradi. Uning urug‘i ekilgandan 
keyin 7-8 kunda unib chiqadi va unga ishlov berishni boshlash 
mumkin. Yeryong‘oqni yaxshi o ‘sishi va rivojlanishi, undan yuqori 
hosil yetishtirish uchun qator oralarini ishlash va begona o ‘tlardan 
tozalashni tavsiya qilinadi. 0 ‘simlikda 3-4 ta chin barg chiqarganda 
gektar hisobiga 30 kg dan azot va fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. 
Mineral o ‘g‘itlar (NRK) 1 : 2 : 0,5 nisbatda, ya’ni vegetatsiya 
davomida gektar hisobiga 90 kg azot, 80 kg fosfor va 45 kg kaliy 
o ‘g‘iti bilan oziqlantiriladi.
Yeryong‘oqning gullash va meva tugish davrida qolgan azot 
va kaliy o ‘g ‘itlarini berib oziqlantirish to ‘xtatiladi. Yeryong‘oqni 
oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Vegetatsiya 
davrida sizot suvning chuqur yoki yuza joylashishi va tuproqning 
mexanik tarkibini hisobga olgan holda 6-8 marta sug‘orishni tavsiya 
qilinadi. Yeryong‘oqni о ‘suv davrida uning yon tomonida hosil 
guganagi paydo qiluvchi o‘simtalar (soqol) mavjud bo ‘lib, o‘simtalar 
uziuksiz ravishda texnika yoki qo‘l kuchi yordamida tuproq bilan
169


ko‘mib turilsa yuqori hosi! taminlanadi. Yeryong‘oqnmg vegetatsiya 
davri o ‘rgacha 140-150 kun.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə